A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi muhit
Tayanch iboralar
Strategiya, strategik menejment, byudjetlashtirish, uzoq muddatli rejalashtirish, strategik rejalashtirish, axborot mazmuni. 31 II-BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING TASHQI VA ICHKI MUHITINI TAHLIL QILISH 2.1. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining tashqi muhitini tahlil qilish Har qanday boshqaruv qarorini qabul qilishdan oldin zarur ma’lumotlarni to‘plash va keyinchalik qayta ishlash amalga oshiriladi. Bizning holatda, bu mustaqil alohida yoki har tomonlama tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining tashqi va ichki muhiti haqidagi ma’lumotlardir. Shuning uchun rivojlanish strategiyasini tanlashni tashqi muhit omillarini aniqlash, o‘rganish va baholashdan boshlash va keyin ularning ta’sirini umumiy o‘rta ta’lim maktabining ichki imkoniyatlari bilan o‘lchash tavsiya etiladi. O‘z navbatida, ushbu tahlil natijalari keyingi faoliyat uchun asos bo‘ladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatining tashqi muhitini tahlil qilish strategik tahlil tizimida birinchi o‘rinda turishi bejiz emas. Ma’lumki, har qanday xo‘jalik faoliyati ochiq turdagi faoliyat yuritish bo‘lib, tashqi muhitsiz mavjud bo‘lolmaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi tashqi muhitdan resurslarni (xom ashyo, energiya va boshqalar) oladi va tashqi muhitda (xususan, OTM lardan) u o‘z o‘quvchilarining potentsial iste’molchilarini qidiradi. Mazkur o‘zaro uyg‘unlashgan juft muammolarni a’lo darajada amalga oshirish (moddiy va qobiliyatli iqtidorli mehnat resurslarini izlash va o‘quvchilar va ta’lim xizmatlari realizatsiyasi) xo‘jalik yuritish yazaga kelishining tub negizini, uning faoliyat ko‘lamini va faoliyat yuritishini belgilab beradi. Shuning uchun tahlilni tashqi faoliyat muhitini o‘rganishdan boshlash va umumiy o‘rta ta’lim maktabining tashqi tomondan keladigan imkoniyatlari va atrofning tahdidlarini baholagandan so‘ng, resurs salohiyatini va shunga mos ravishda ehtiyojlarni qondirish uchun faoliyat istiqbollarini ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Tashqi muhitni o‘rganishning ahamiyati uning imkoniyatlari cheksiz emasligi bilan ham izohlanadi. XX asr oxiri - XXI asr boshlarida tez iqtisodiy o‘sish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari sonining sezilarli 32 darajada ko‘payishiga, ta’lim segmentida sezilarli darajada tugaydigan resurslar uchun ham, uning iste’molchisi uchun ham raqobatning kuchayishiga olib keldi. Tashqi muhit - bu umumiy o‘rta ta’lim maktabidan tashqarida bo‘lgan va uning faoliyati va rivojlanishining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan omillar to‘plamidir. Ushbu omillar guruhi asosan umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbariyatining nazorati ostida emasligi bilan odatda, qabul qilinadi. Ularni hisobga olish va ularga moslashish tavsiya etiladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi xo‘jalik faoliyatining barcha o‘zini o‘rab turgan atrofidan tashqarida bo‘lgan tashqi muhit omillarini shartli ravishda ikkiga ajralgan juft holdagi katta qasmga ajratish mumkin, xususan ular, majmuaviy yoki uzoq o‘rab turuvchi atrof-muhit omillari va yaqin atrof-muhit omillaridir, odatda, ularni bevosita muhit, ya’ni tashqi muhit omillari va bilvosita muhit, ya’ni ichki muhit omillari deb ham yuritamiz. Umumiy yoki uzoq muhit omillari asosan umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatiga bilvosita ta’sir qiladi va o‘z navbatida, ular shartli ravishda bir nechta guruhlarga bo‘linadi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling