A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
negizidagi tahdidlarning qudratini (ko‘lamini) aniqlash. Qudrat deganda ma’lum
bir imkoniyat yoki tahdidning umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatiga ta’sir qilish ko‘lami, ya’ni qodirlik darajasi tushuniladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) ko‘plab omillar ichidan eng muhimlarini, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktabini sezilarli darajada kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin bo‘lgan, yoki uning hayot faoliyatini jiddiy ravishda yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni va xafv-xatar negizidagi tahdidlarni aniqlaydi. Misol uchun, agar umumiy o‘rta ta’lim maktabi OTM ga kvotaning juda kam darajada (3-5% dan ko‘p bo‘lmagan) qismini tasarruv eta oladigan va shu bilan birga muntazam raqobatchilar yengilayotgan (ishlab chiqaruvchilar va xizmar ko‘rsatuvchilar uchun yetkazib beruvchidan) negiz faoliyat subyektidan zaruriy boshqariladigan obyekt (ishlab chiqaruvchilar va xizmar ko‘rsatuvchilar uchun ashyolarni sotib olish), uning (ishlab chiqaruvchilar va xizmar ko‘rsatuvchilar uchun bozor) negiz faoliyat subyektini faoliyatdan chiqishiga majbur qiladi. Ammo bu (ishlab chiqaruvchilar uchun xaridorlar) talabgorlar (talabgorlar o‘rnida faoliyat xususiyatiga qarab xaridorlar, mijozlar va ta’lim muassasalari uchun o‘quvchilar ishlatiladi) uchun fojia bo‘lmaydi, chunki boshqa ishlab chiqaruvchilarning yoli boshqa faoliyat subyektlarining aynan shu boradagi hamkorlik natijalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi. Agar umumiy o‘rta 7 Aynakulov M.A., Kuchimov A.X., Menejment. O‘quv qo‘llanma. J:. JizPI tipografiyasi nashriyoti, 2019-392 b. 49 ta’lim maktabi joylashgan mintaqada (ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rstuvchilar uchun bitta yetkazib beruvchi) bitta negiz faoliyat subyekti bo‘lsa va boshqa mintaqalardan negiz faoliyat subyekti (yetkazib beruvchilar) ning hamkorligi (xizmatlari) dan masofa uzoqligi sababli foydalanish imkoni bo‘lmasa, bunday holatda butunlay boshqacha qudratli xavf-xatar tahdidi yuzaga keladi. Albatta ko‘rinib turibdiki, bu kabi hamkorlik aloqalariga, jarayonga yuqori transport xarajatlari o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bunday (ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rstuvchilar uchun yetkazib beruvchi) negiz faoliyat subyektining hamkorlik qilishdan bosh tortishi esa umumiy o‘rta ta’lim maktabini faoliyat yuritishini falokat (bankrotlik) yoqasiga keltirib qo‘yishi mumkin. 3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun muayyan imkoniyatlar yoki xavf- xatar negizidagi tahdidlarning paydo bo‘lish ehtimolini baholash. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari oldida o‘zi tasavvur etolmaydigan shunday imkoniyatlar mavjud bo‘ladiki, bularning maktab uchun qanday taqdim qiladigan ulushini taxmin qilish yoki imkoniyatning salbiy ko‘rinishdagi aksi bo‘lgan xavf-xatar negizidagi tahdidlar esa faqat nisbatan bo‘lishi mumkin (ularni bartaraf etish shaxsning o‘ziga bog‘liq). Xo‘sh o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatning beradigan qudratini yoki kelishi mavhumroq faqat nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf- xatar negizidagi tahdidlarni qanday payqash mumkin? Albatta, bunday holatda avvalobor, ilmiy asoslarga, shuningdek, asoslangan ilmiy bashoratlarga ishonish va tajribadan va mahoratdan kelib chiqadigan sezgiga tayanish tavsiya etiladi. Aslida, aksariyat hollarda umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlar yoki xavf-xatar negizidagi tahdidlarning yuzaga chiqishi umumiy o‘rta ta’lim maktabining keng jamoatchiligiga ma’lum bo‘lgan boshqa faoliyat yurituvchi subyekrlar hayoti bilan uyg‘un bo‘lgan juda hayotiy, haqqoniy voqea va hodisalar bilan chambarchas bo‘g‘langan holda bo‘ladi. Masalan, qishloqga sanoatni olib kirish, qishloq (qo‘rg‘on) hududi orqali temir yo‘l uchun temir relslarni yotqizish yoki avtomobil magistral yo‘li uchun asfalt yotqizish, boshqa hududlardagi yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan foydali hamkorlik 50 kelishuvlarini tuzish va hokazolar, bu vaziyatni imkoniyat sifatida xolisona o‘zgartirib yuborishi mumkin. Xolbuki, bunday imkoniyat o‘z navbatida diversifikatsiyon faoliyat sifatida umumiy o‘rta ta’lim maktabining tadbirkorlik faoliyati uchun yangi shart-sharoitlar yaratishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun muayyan imkoniyatlar yoki xavf- xatar negizidagi tahdidlarni tasniflash ikki o‘lchovli matritsa vositasida bajariladi. Kuch-qudrat yoki omilning qudrati tik holatda chiziladi, ya’ni o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlar yoki xavf-xatar negizidagi tahdidlar esa yotiq holatda tasvirlanadiki, bunday holatda har doim ham xavf-xatar hujumi kutiladi. Bunday tasvirlarda koordinatalar, maktabning o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlar va xavf-xatarlar (tahdidlari) maydoni to‘rtta to‘g‘ri burchakga bo‘linadi. Xulosa qilib ta’kidlash mumkinki, o‘zi tasavvur etolmaydigan iimkoniyatlar uchun alohida va xavf-xatar negizidagi tahdidlar uchun alohida amalga oshiriladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling