A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini o‘rganishning portfel tahlili


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

3.2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini o‘rganishning portfel tahlili
va uni amalga oshirish yo‘llari
Portfel yordamida umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini (bir sumka
ichidagi voqea va hodisalar) batafsil o‘rganib chiqish (tahlil qilish) yo‘llari
(usullari) odatda, bir vaqtning o‘zida bir qancha kelajak qurilishi (strategik)
yo‘nalishlarida (kelgusidagi mo‘ljallangan (strategik) tadbirkorlik hududlarida)
faoliyat yurituvchi va mustaqil (alohida) tarkibiy bo‘linmalarga ega bo‘lgan yirik
umumiy o‘rta ta’lim maktablarini batafsil o‘rganib chiqish (tahlil qilish) da tadbiq
etiladi. Portfel tahlili o‘z navbatida, umumiy o‘rta ta’lim maktabining hayotiy


56
holatini obyektiv baholash va rivojlanishning eng istiqbolli va unchalik samarali
bo‘lmagan yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi.
Masalan, portfelli tahlil qilish usullariga asoslangan Boston maslahat guruhi
matritsasi umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan shakllantirilgan muayyan
iqtidorli o‘quvchilarni tayyorlashning va ularni OTM larga yo‘naltirishning
samaradorligi va maqsadga muvofiqligini aniqlash imkonini beradi
8
. Umumiy o‘rta
ta’lim maktabi faoliyatini batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) natijalariga ko‘ra, ular
o‘z faoliyatida, masalan, ta’lim muassasasi faoliyatida (jumladan ishlab
chiqarishda qaysi mahsulotlardan) qaysidir poydevor bo‘lib xizmat qilmaydigan
fanlardan voz kechish yoki aksincha qaysi fan tukumlariga tayanish bo‘yicha
strategik dasturlarni ishlab chiqadilar va o‘z navbatida, mazkur dastur asosida
OTM ga qamrovni oshiradilar.
Mazkur batafsil o‘rganib chiqish (tahlil qilish) ni qurilmaviy matritsa
vositasida amalga oshirish mumkin. Ya’ni, o‘sib boruvchi (tik holatdagi)
hamkorlikning muvaffaqiyatlari (ishlab chiqarishda yoki xizmat ko‘rsatishda
o‘sish sur’atlari) (“past” va “yuqori”) yoki mazkur ko‘rsatkichlar qaysi faoliyat
yo‘nalishi evaziga ekanligini va asosiy qurilmasi nimalardan iborat bo‘lishi
bo‘yicha monitoring o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Yotiq holat (gorizontal) - ushbu
umumiy o‘rta ta’lim maktabining, masalan, ta’lim muassasasi o‘quvchilarining,
ya’ni bitiruvchilarining umumiy OTM ga qamrovdagi foiz bo‘yicha egallagan
ulushidan iborat bo‘ladi (ishlab chiqarish subyektida mahsuloti egallagan bozor
ulushi) (odatda, mazkur jarayon sarhisobi ortga hisoblash o‘ngdan chapga o‘tadi).
Ushbu koordinatalar tizimida to‘rtta to‘rtburchak o‘z aksini topadi (3-rasm).
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan OTM ga yo‘inaltirilgan barcha
o‘quvchilar (ishlab chiqarish subyekti uchun ishlab chiqarilgan va sotiladigan
barcha tovarlar) ushbu matritsadan o‘rin olgan. Tegishli ko‘rsatkichlar o‘z
xususiyati bo‘yicha tasniflangan, ularning segmentlari umumiy o‘rta ta’lim
8
Дойль П. Маркетинг, менеджмент и стратегии - СПб.: Питер, 2007 – 544 с.


57
maktabi tomonidan OTM ga yo‘naltirilgan barcha o‘quvchilarning (ishlab
chiqarish subyektida uchun ishlab chiqarilgan ushbu mahsulotning umumiy
bozordagi ulushini) umumiy qabul kvotasidagi ulushini aks ettiradi. Natijada, har
bir bitiruvchi (mahsulot) to‘rtta to‘rtburchakning biridan o‘rin oladi va tegishli
tegishli maqomni qo‘lga kiritadi: ular,
- “yulduzlar” - yetakchi o‘rinni egallagan o‘quvchilar tez rivojlanayotgan
ta’lim segmentida, “yulduzlar” qo‘lga kiritgan nufuz, asosan, ushbu o‘quvchilar
tayyorlanib, ular OTM ga talaba sifatida qabul qilingandan keyin ham ta’lim
muassasasiga qo‘shimcha ravishda mavqe,obro‘ keltiradi, chunki ta’limga bo‘lgan
ehtiyoj o‘sib bormoqda va shuning uchun undan ko‘proq ulushga ega bo‘lish
uchun vaqtdan foydalanish kerak. Bu, o‘z navbatida, ta’limga oid foydali sa’y-
harakatlarni kengaytirish va marketing harakatlarini faollashtirish uchun alohida
o‘zgacha yonashuvlarni talab qiladi;
- “Sog‘in sigirlar” - hali ham nisbatan barqaror yoki allaqachon pasayib
borayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida yetakchi o‘rinni egallagan iqtidorli deb
topilgan o‘quvchilar.O‘quvchilar yutug‘idan qo‘lga kiritilgan olqish, ya’ni moddiy
tarzdagi mukofot (ishlab chiqarish subyektida daromad) qisman “yulduzlarni”
tarannum etishga va “yovvoyi mushuklar”ni kelajakda OTM ga tayyorlash yoki
kasb-hunarga yo‘naltirish (ishlab chiqarish subyekti uchun mahsulotini bozorga
chiqarish) bo‘yicha chora-tadbirlarni yaratish (moliyalashtirish) ga mo‘ljallanadi;
- “yovvoyi mushuklar” (“yechimi murakkab bo‘lgan voqea va hodisalar”,
“mavhumlik (savol) belgisi”) - tez rivojlanayotgan umumiy o‘rta ta’lim
maktablaridagi o‘quvchilar, lekin bu ta’lim segmentida umumiy o‘rta ta’lim
maktabining ulushi ahamiyatsiz va istiqbollari vaqtincha noaniqlikdan iborat
bo‘ladi. Ushbu bosqichda ular umumiy o‘rta ta’lim maktabiga deyarli hech qanday
naf keltirmaydi va shuning bilan birgalikda ko‘proq hurmat, e’tibor talab qiladi.
Biroq, tez rivojlanayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘lgani bois, bunga
bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarning muvaffaqiyatli uyg‘unlashuvi va umumiy o‘rta


58
ta’lim maktablari faoliyatining muvaffaqiyati
bilan “yovvoyi mushuklar”
“yulduzlar” toifasiga, ya’ni ular tarafiga o‘tishi mumkin;

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling