A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
- Bu sahifa navigatsiya:
- . McKinsey matritsasi
O‘sish sur’atlari
yuqori “Yulduzlar” “Yovvoyi mushuklar” past “Sog‘iladigan sigirlar” “Kuchuklar” yuqori past 3.3-rasm. Boston guruhi matritsasi - “kuchuklar” – talabga javob bermaydigan yoki talab pasayib borayotgan va shunga mos ravishda istiqbolsiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shakllanadigan o‘quvchilar bilan faoliyat yuritadi. Bu hollatda faoliyatining muvaffaqiyati uchun, shuningdek, ta’lim segmentini tark etmaslik uchun aniq vaziyatga mos strategiya yaratishi lozim. Asosiy olqish (daromad) ni birinchi ikkita toifa – “yulduzlar” va “sog‘in sigirlar” qo‘lga kiritadi, ammo, ko‘rib turganimizdek, qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatning taqsimlanishi (topilgan mablag‘larning sarflanishi) tubdan farq qiladi. Agar mazkur matritsa tizimli ravishda yaratilsa, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktabining ta’lim segmentida (faoliyatda) o‘z o‘rnini mustahkam egallash jarayoniga aniqlik kiritilsa, unda oddiy siljish ko‘rsatkichi “yovvoyi mushuklar” ning “yulduzlar” tarafiga og‘ishi, keyin esa “sog‘in sigirlar” ga va eng oxirida “kuchuklar” tarafiga og‘ishidan iborat bo‘lgan mavhumlik yechiladi. General Electric matritsasi yoki McKinsey matritsasi (3.4-rasm) dastavval McKinsey maslahat guruhi tomonidan General Electric (GE) buyurtmalarini 59 bajarish mobaynida qo‘llanilgan. Boshida Boston maslahat guruhi matritsasini qo‘llashga harakat qilindi, ammo u o‘z kamchiliklariga ega ekanligi, shuningdek, mavhumlikdan holi bo‘lmaganligi bois, ish jarayonida u yana qaytadan modernizatsiya qilindi. Tik holatda past, o‘rta va yuqori darajalarda belgilangan ta’lim segmentining jozibadorligi va yotiq holatda bir xil sathdagi raqobatbardoshligi jihatidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari past, o‘rta va baland toifalarga bo‘linadi. Pirovardida, butun maydon to‘qqizta to‘rtburchakga ajratiladi. Matritsani to‘ldirishda ta’lim segmentining har jihatdan ko‘rkini va umumiy o‘rta ta’lim maktabining raqobatbardoshligi jihatlarini mantiqan baholash o‘ta dolzarb hisoblanadi. Raqobatbardoshlikni mantiqan baholash jihati har bir ta’lim segmenti mintaqaviy va tarmoq xususiyatlari va turli xil sharoitlar ta’sirida bo‘lganligi, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi bois,aniqlikni tan olmaydi, mazkur jarayonni obyektiv baholash faqatgina mahoratli mutaxassis tomonidangina amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) ning muvaffaqiyati har tomonlama mahoratli mutaxassisning, ya’ni tahlilchining tajribasi va har jihatdan, ya’ni, boshqaruv jihatidan egallagan bilimiga bog‘liq. Bu borada quyida o‘z aksini topgan omillarga e’tibor qaratish lozim. Birinchidan, ta’lim segmentining ko‘rkini baholash omillari: a) ta’lim segmenti ko‘lami, bu quyidagilarni batafsil o‘rganib chiqishni va baholashni o‘z ichiga oladi: - ta’lim segmentining hududiy ko‘lami va uning geografik o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar; - ziyoli toifasidagi ota-onalar soni va ularning OTM ga yo‘naltirish nuqtayi nazaridan, jihatidan shayligi, umumiy o‘rta ta’lim maktabining mijozlari (hamkorlari) (maqbul narx, tovar va xizmatlar sifati va hokazo.); - ta’lim segmentining samaradorligi (rentabelligi); - ta’lim segmentining o‘sish istiqbollari (bashorati); 60 Yuqori 1 2 3 Bozorning O‘rta 4 5 6 jozibadorligi Past 7 8 9 Raqobatbardoshlik Past O‘rta Yuqori 3.4-rasm. McKinsey matritsasi b) ta’lim segmentiga kirish imkoniyati, bu quyidagilarni batafsil o‘rganib chiqishni va baholashni o‘z ichiga oladi: - ta’lim segmentiga kirishda institutsional mexanizmlarning to‘siq bo‘lmasligi; `- yetarli, shuning bilan birgalikda, qanoatlantiriladigan bilimlarni shakllantirish yo‘llari bilan iqtidorli o‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirish imkoniyati va boshqalar. Ikkinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktabining raqobatbardoshligini batafsil o‘rganib chiqish va baholash omillari: - umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan ma’naviy jihatdan yangi (ilg‘or) texnologiyalarni olib kirish va iqtidorli o‘quvchilarni shakllantirish darajasi; - raqobatchi umumiy o‘rta ta’lim maktablari shakllantirayotgan iqtidorli o‘quvchilar sifatiga qaraganda, o‘zi tomonidan shakllantirayotgan iqtidorli o‘quvchilarning sifatiylik darajasi; - umumiy o‘rta ta’lim maktabining brendi va uning raqobatdosh ta’lim muassasalari brendlari bilan qayoslaganda o‘ziga rom qilish jihatlari; - shakllantirayotgan iqtidorli o‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirish usullari va vosutalari, kanallari va boshqalar. 61 Oxir oqibat har bir shakllantirayotgan iqtidorli o‘quvchilar va ularga ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlari ushbu omillar sifatida baholanadi va matritsaning to‘qqizta to‘rtburchagining biridan o‘z joyini topadi. E’tiborni tortadigani bu uchinchi to‘rtburchakga joylashadigan o‘quvchilar va ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlaridir, chunki ushbu o‘quvchilar va ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlari eng jozibali va umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘z iqtidorli o‘quvchilarini shakllantirish va ularni OTM larga yo‘naltirish sohasida ancha raqobatbardoshligini ko‘rsatadi. Mazkur yo‘nalishda “tajovuzkor o‘sish” strategiyasini amalga oshirish tavsiya etiladi 9 . Birinchi va ikkinchi to‘rtburchaklarda umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘z iqtidorli o‘quvchilarini shakllantirish va ularni OTM larga yo‘naltirishni kengaytirishni o‘z ichiga oladi.Ammo, lekin bu o‘sish tufayli o‘rtacha darajadagi umumiy o‘rta ta’lim maktabining raqobatbardoshligi sezilarli darajada past bo‘ladi. Chunki raqobatda hamisha o‘zidan kuchli raqibdan qo‘rquv mujassamdir. Shu kabi munosabat jihatidan o‘xshashliklar oltinchi to‘rtburchakdan iqtidorli o‘quvchilar va ta’lim xizmatlarini talab qiladi, bu yerda ta’lim segmentining o‘rtacha jozibadorligi ushbu sohadagi umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuchli pozitsiyasi bilan qoplanadi. yettinchi, sakkizinchi va to‘qizinchi to‘rtburchaklardan olingan o‘quvchilar va ta’lim xizmatlarni OTM larga yo‘naltirishdan qo‘lga kiritilgan nufuzni yanada kelajagi, ertasi mavjud hududlarga yo‘naltirish va bu o‘quvchilar va ta’lim xizmatlarini o‘z navbati bilan asta-sekin yaratishni bosqichma-bosqich qisqartirish zarur va boshqa diversifikatsion faoliyatga o‘tmoq darkor, chunki mazkur jarayonda bu ta’lim segmentlari ushbu turdagi o‘quvchilarni tayyorlash va ularga ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan to‘yingan. To‘rtinchi to‘rtburchakdagi o‘quvchilarni tayyorlash va ularga ta’lim xizmatlari ko‘rsatishning ham kelajagi, ertasi yo‘q. 9 Ricky W.Griffin. Fundamental of menejment. 8 th Edition. 2015.-510 p 62 Beshinchi to‘rtburchakdan o‘rin olgan o‘quvchilarni tayyorlash va ularga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish guruhida ham OTM ga yo‘naltirish jihatidan jarayon juda avjida emas. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tayyorlash va ularga ta’lim xizmatlari ko‘rsatishning o‘rtacha ko‘rkamligi ushbu sohadagi ta’lim muassasalarining o‘rtacha raqobatbardoshligiga mos keladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi hayotiy tarzini batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) natijasi uning ta’lim segmentidagi o‘rni va uning rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida juda batafsil ma’lumotlarni taqdim qiladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling