A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Tayanch iboralar:
barcha tashqi omillar, muayyan imkoniyatlar, tahdidlarning yuzaga kelish
ehtimolini baholash, muayyan imkoniyatlar yoki tahdidlarni tasniflash,
tashkilotning resurs salohiyati, yulduzlar, sog‘in sigirlar, yovvoyi mushuklar.


65
IV BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI RIVOJLANISHINING
UMUMIY YO‘NALISHINI ANIQLASH
4.1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kompetensiyaviy g‘oyalari
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari rivojlanishining umumiy yo‘nalishini
aniqlash o‘zaro bog‘liq ikkita vazifani hal qilishni o‘z ichiga oladi. a) umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining kompetensiyaviy g‘oyalarini ishlab chiqish; b) ishlab
chiqilgan kompetensiyaviy g‘oyalari asosida uni rivojlantirish maqsadlarini
belgilash.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kompetensiyaviy g‘oyalari mahalliy
iqtisod fanlari tomonidan eng kam o‘rganilganlaridan biridir, chunki bizning
mamlakatimizda kompetensiyaviy g‘oyalarni ishlab chiqish bozor yo‘nalishlariga
egiluvchan, moslashuvchan bo‘lgan kichik va hatto, o‘rta toifadagi faoliyat
subyektlari uchun go‘yoki unchalik ahamiyatli emasdek tuyuladi. Ushbu
muammoni muvaffaqiyatli hal qilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari
o‘z
kompetentsiyasini biladi, ammo, afsuski, kelajak strategiyasi uchun, unga asos
bo‘ladigan qarorlar ishlab chiqish va qabul qilishga yetarli darajada qudratga ega
emas. Shundan kelib chiqqan holda o‘z navbatida ta’kidlash joizki, yirik G‘arb
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining faoliyat yuritish amaliyotini o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki,
kompetensiyaviy
g‘oyalarni
to‘g‘ri
ta’riflamasdan
turib,
muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kompetensiyaviy g‘oyalarini keng va tor
ma’noda izohlash mumkin.
Keng ma’noda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kompetensiyaviy
g‘oyalarini hayot falsafasining bir turi sifatida, shunigdek, umumiy o‘rta ta’lim
maktabi o‘z faoliyatini amalga oshirishga asos bo‘ladigan milliy qadriyatlar,
e’tiqodlar, udumlar, urf-odatlar va tamoyillar sifatida tushunish mumkin.Chunki
har qanday faoliyat negizida milliy g‘oya, mustaqillik g‘oyasi yotadi.
Tor ma’noda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
kompetensiyaviy
g‘oyalarini bu umumiy o‘rta ta’lim maktabi nima uchun mavjudligini va boshqa


66
o‘rta ta’lim muassasalaridan qaysi jihati bilan farq qilishiga aniqlik kiritib
beradigan aniq shakllantirilgan bayonot sifatida qarash mumkin.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kompetensiyaviy g‘oyalarini ro‘yobga
chiqarish muammosini hal qilishda umumiy qabul qilingan yagona yondashuvlar
mavjud emas. Ammo, quyida eng keng tarqalgan yondashuvlardan ba’zilarini
ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
vazifaviy kompetensiyalari,
shuningdek, burchlari qisqa, ravon, jozibali shior yoki vizual va og‘zaki usullar
orqali madaniyatli tarzda e’lon qilinadi.
Masalan, ta’lim muassasasi sanalgan qaysidir umumiy o‘rta ta’lim maktabi
OTM ga yo‘naltirishda yetakchi bo‘lishga da’vogar yetuk ta’lim muassasalaridan
biri o‘z kompetensiyaviy burchini shunday e’lon qiladi: “Biz Yangi O‘bekistonni
bilimdon ziyoli yoshlar bilan birgalikda quramiz. Biz yangilanish yo‘lida doimo
oldinga boramiz va davlatimizni o‘z bilimimiz, kuchimiz va qudratimiz bilan
jahonga tarannum etamiz”. O‘z ta’lim sohasida yetakchilikka intilayotgan yirik
ishlab chiqarish subyekti o‘z kompetensiyaviy burchini “Biz bunyod qilayotgan
mahsulotlar o‘z brendimiz bilan dunyo xalqlariga xizmat qiladi!” degan qisqa shior
tarzida tantanavor, jarangdor ravishda tarannum etadi.
Kompetensiyaviy g‘oyaning kichik matni umumiy o‘rta ta’lim maktablari
tarkiblarining peshtaxtalariga ko‘zga tashlanadigan qilib joylashtiriladi,
shuningdek,ommaviy axborot vosilari sanalgan televideniya, radio va boshqa
davriy nashrlarda reklama sifatida berib boriladi. Germaniyaning yirik xo‘jalik
yurituvchi subyektlaridan birining temir beton buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha
kompetensiyaviy burchining matnida shunday yozilgan: “Korxonamizning
mulkchilik shakli aksiyadorlik jamiyati shaklidadir, maqsadimiz mijozlarimiz va
xodimlarimizning a’lo darajadagi turmush tarzini shakllantishdan iborat.Shuning
uchun ham raqobatda hamisha g‘olibmiz. Mijozlarimiz har doim bizning
mahsulotlarimini xarid etishadi. Jamoamiz a’zolari korxonamiz muvaffaqiyati


67
bilan g‘ururlanadilar! Korxona har doim harakatda bo‘lib kelgan va har doim
harakatda bo‘ladi!”
Ta’lim muassasasi raxbarining bayram munosabati bilan jamoa yig‘ilishida
so‘zlagan nutqida, masalan, o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan
o‘quvchi va talabalarga, ota-onalarga, shuningdek, ta’lim muassasasi pedagogika
jamoasiga yo‘llagan murojaati kompetensiyaviy g‘oyaning keng jamoatchilikka
balandparvoz tarzda yetkazishning juda mazmundor ravon, yorqin usullaridan biri
sanaladi.Odatda, murojaatda ta’lim muassasasi rahbarining jamoatchilikka
murojaati munosabati bilan erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot beruvchi albatta
kirish qismi mavjud, so‘ngra ta’lim muassasasining rivojlanish strategik
yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tiladi va uning hozirgi holati ta’lim muassasasi uchun
ijobiy, foydali nuqtayi nazardan tavsiflanadi. Murojaat yakunida ta’lim
muassasasining ta’lim sohasida yanada olg‘a qarab intilishiga ishonch bildiriladi
va u pedagogika jamoasining bu jabhada hormay-tolmay mehnat qilishlarida
sog‘liq salomatlik tilash izhori bilan o‘z yakunini topadi.
Kompetensiyaviy g‘oyaning matnida quyidagi tarkiblar bo‘lishi maqsadga
muvofiq hisoblanadi:
-
Ta’lim muassasasining faoliyat doirasi va ko‘lami, u yaratayotgan
mahsulotlar (xizmatlar yoki ishlar), u faoliyat yuritadigan mintaqaviy hududlar;
-
faoliyat yuritishning o‘zidan tashqaridagi uni atrofdan o‘rab turgan
tashqi muhitini va faoliyat yuritishning shart-sharoitlarini baholash;
-
umumiy o‘rta ta’lim maktab jamoasidagi sog‘lom ruhiy muhit,
mijozlar va hamkorlar bilan munosabatlar.
Kompetensiyaviy g‘oyaning ushbu tarkibiy jihatlarini mujassamlashtirish
uchun avvalo, bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlikda bo‘lgan uchta savolga javob berish
kerak, ular quyidagilardir:
Birinchidan, trofning, shu jumladan xalqning eng dolzarb ehtiyojlari tarkibi
qanday?


68
Ikkinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktabi xalq ehtiyojlariga qanday javob
bera oladi va ularning zaruratini qay darajada amalga oshiradi?
Uchinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbariyati xalqning ishonchiga
sazovor bo‘lishi uchun qanday strategik dasturlarni amalga oshirishga tayyor?
Umumiy o‘rta ta’lim maktabining kompetensiyaviy g‘oyasini aniqlash va
ro‘yobga chiqarish o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan oddiy jarayon emas, balki bu xalq
dardidir, uning xohish istaklarining mahsulidir. Niyat asosida shakllangan
faoliyatning natijasi albatta o‘ziga yarasha ijobiy, shuning bilan birgalikda,
jozibador qiyofa shaklantirishi kerak.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun qulay jozibador qiyofa quyidagi
xususiyatlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir:
-
o‘ziga xoslik va moslik - shakllanayotgan jozibador qiyofa subyekt
faoliyatiga va kompetentsiyaviy g‘oyasiga mos kelishi kerak;
-
o‘ziga xoslik - umumiy o‘rta ta’lim maktabi taniqli, o‘ziga o‘xshash
boshqa ko‘plab ta’lim muassasalari orasida hurmat e’tiborga ega bo‘lishi kerak;
-
qayishqoqlik, egiluvchanlik, ya’ni atrofdagi o‘zgarishlarga tezda javob
berish va o‘zining qazongan obro‘ e’tiborini doimo saqlab qolish qobiliyati albatta
bo‘lishi lozim.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling