A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Tashqi xususiyatlar
1.Intensiv (jadalli )
o‘sish
2 Integratsiya
(yirik xo‘jalik subyektlari bilan)
3 Diversifikatsiya
4. Xo‘jalikni tugatish
Ichki kuch / ichki zaiflik
3.2-rasm. Korrelyatsiya SWOT tahlil matritsasi
Ikkinchi to‘rtburchak umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zi tasavvur
etolmaydigan rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot beradi, lekin bu
yo‘nalishda umumiy o‘rta ta’lim maktabi unchalik kuch-qudratga ega emas va


55
shuning uchun ularning sa’y-harakatlarini (integratsiya,hamkorlik, qo‘shma
korxonalar yaratish) ushbu faoliyatda tegishli salohiyatga ega bo‘lgan va shu bilan
birga ularning manfaatlarini bajaradigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan
o‘zaro faoliyat asosida birlashish imkoniyatini, shuningdek, o‘rganilayotgan
faoliyat yurituvchi subyektning manfaatlariga zid bo‘lmasligini ko‘rib chiqishi
lozim.
Uchinchi to‘rtburchak umumiy o‘rta ta’lim maktabiga xavf-xatar negizidagi
tahdidlar haqidagi ma’lumotlarni berib turadi, u ancha qudratli (kuchli) bo‘lgan
faoliyat sohalarida o‘zini ko‘rsatadi. Asosiy yo‘nalishdagi faoliyatni davom ettirish
yo‘qolgan taqdirda chekinish yo‘llariga ega bo‘lish uchun bir vaqtning o‘zida
yangi yo‘nalishlarni izlash va asosiy faoliyatga mutlaqo begona bo‘lgan strategik
tusdagi ishlab chiqishni yoki xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadigan
diversifikatsiyadan foydalanish maqbul deb tan olinishi kerak.
To‘rtinchi to‘rtburchak eng muammoli hisoblanadi, ya’ni umumiy o‘rta
ta’lim maktabi salohiyat jihatidan kuchsiz (zaif) bo‘lgan sohalarda yuzaga
keladigan xavf-xatar negizidagi tahdidlar haqida ma’lumotlar o‘z aksini topgan.
Ushbu sohalardagi faoliyatni tugatish va bo‘shatilgan resurslardan umumiy o‘rta
ta’lim maktabi uchun, uning kelajak strategiyasi uchun yanada istiqbolli sohalarda
foydalanish eng oqilona hisoblanadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling