A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Tayanch iboralar:
tashqi muhit, siyosiy muhitning ta’sir etuvchi omillari, umumiy iqtisodiy
ta’sir omillari, ijtimoiy-madaniy omillar, ilmiy-texnik ta’sir omillar, atrof muhit
omillari.


46
III BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI FAOLIYATINI
STRATEGIK TAHLIL QILISHNING MAJMUAVIY USULLARI
3.1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini o‘rganishning SWOT tahlili
va uni amalga oshirish yo‘llari
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini o‘rganishning SWOT tahlili –
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kelajagini batafsil o‘rganib chiqish uchun eng
keng miqyosda qo‘llaniladigan rasmiy tarzdagi tahliliy uslub sanaladi. SWOT
degan so‘zning kengaytirilishini inglizcha so‘zlarning birinchi harflaridan
quyidagicha keltirib chiqarilgan: kuch – qudratli tomonlar (strength), zaiflik –
qudratsiz tomonlar (weaknees), imkoniyat – imkoniyatlar (opportuni-ties-ynitis),
xavf-xatarlar– tashqi tahdidlar (threats). Ikkinchi taraflama mazkur jarayonga ta’rif
beradigan bo‘lsak, umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini batafsil o‘rganib
chiqish natijasida umumiy o‘rta ta’lim maktabining mazkur qudratni samarali
ishlatgan holda qanday qilib olg‘a qarab siljish jihatlari aniqlanadi. Shu bilan birga,
umumiy o‘rta ta’lim maktabining qudratsiz, ya’ni kuchsiz jihatlari va ushbu
kuchsiz jihatlari bilan chambarchas bo‘lgan paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xafv-
xatarlar negizidagi tahdidlar o‘rganib chiqiladi , bu umumiy o‘rta ta’lim maktabiga
kuchsiz jihatlarni qanday kuchaytirish va xafv-xatarlar negizidagi tahdidlarga
qarshi keng qamrovli choralarni amalga oshirish, bu dastavval, umumiy o‘rta
ta’lim maktabiga o‘z qudratidan va imkoniyatlaridan samarali foydalanish
bo‘yicha qaror qabul qilishga zamin yaratadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi
faoliyatini o‘rganib chiqish (tahlil) ning o‘zi o‘zaro juft bo‘lgan ketma-ketlikda
bajariladi.
Ketma-ketlikda birinchisi tashqi atrof muhitdan kutiladigan imkoniyatlar va
xafv-xatar negizidagi tahdidlarni baholash bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim
maktabining majmuaviy muhiti (tahlil) ni o‘rganib chiqishni o‘zichiga oladi.
Yuqorida qayd etilganlarni ro‘yobga chiqarish uchun yagona andozaviy uslubiyat


47
yaratilmagan, ammo tadqiqotchilar (mualliflar) tomonidan ishlab chiqilgan quyida
keltirilgan ketma-ketlik bo‘yicha bajarish ko‘rsatib o‘tiladi.
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan atrofdagi tashqi
omillarni keng qamrovli holda o‘rganib chiqish va ularning har biri uchun faoliyat
imkoniyatlarini va xavf-xatar negizidagi tahdidlarni aniqlash. Faoliyat yuritishdan
asosiy maqsad nufuzga ega bo‘lish (foyda olish) bois, o‘rab turgan atrofdagi tashqi
muhit omillarini o‘rganishda, avvalombor, nufuzga ega bo‘lish (foyda) ga sezilarli
darajada o‘z ta’sirini o‘tkazishga qodir bo‘lgan jihatlarga e’tiborni qaratish darkor.
O‘z navbatida, nufuzga ega bo‘lish (foyda), bir tomondan, sizga hamkorlarning
(xaridor) ishtiyoqmandligi va moliyaviy tomondan baquvvatliligiga, boshqa
tomondan, umumiy o‘rta ta’lim maktabining amalga oshirayotgan faoliyatining
sa’y-harakatlari bilan (tannarxi) bog‘liq. Xulosa shundaki, umumiy o‘rta ta’lim
maktabi, avval o‘zining hamkor (mijoz) lari ko‘lamini va moliyaviy tomondan
baquvvatliligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan barcha komponentlarni, ya’ni har
tomondan o‘sish yoki aksincha, aholining qiziqish tafakkuridan chiqib ketishi, xalq
ahvoli (demografik vaziyat) ning o‘zgarish dinamikasi, unga har jihatdan hamkor
bo‘lgan yirik faoliyat yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyatining sinishi
(bankrotligi) yoki aksincha, hamkorlik bo‘yicha takliflar (foydali buyurtmalar) ni
qabul qilish bilan bog‘liq holda ularning hayotiy holatlarini mustahkamlash
kabilarni batafsil o‘rganib chiqish lozim.
a) Yuqorida qayd etilgan omillarning pirovardi hamkor (mijoz) lar
ko‘lamining oshishi yoki ularning moliyaviy ahvoli (xarid qobiliyati) ning
yaxshilanishi hisobiga o‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirish uchun ta’lim
segmentlarining (bozor) geografik doirasi (radiusi) ni kengaytirish yoki faoliyati
avj olgan hududiy ta’lim segmentlarida yangi shaxobchalarni ochish orqali
majmuaviy rivojlanish bo‘lib ko‘rinishi mumkin.
b) Faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan
foydalaniladigan boshlang‘ich negiz subyektida raqobatning avji, ya’ni kuchayishi
sezilarli tarzda unga sarflanadigan sa’y-harakatni va unga mutanosib bo‘lgan har


48
bir ta’lim muassasasining o‘z xususiyatiga ko‘ra yaratadigan qilinayotgan sa’y-
harakatlarni (ta’limda o‘quvchilar uchun sarf xarajatlar) pasayishiga va (ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun foydaning oshishiga) sa’y-
harakatlarning tejalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayonlar nafaqat ijobiy,
balki salbiy tomonga ham ega bo‘lishi mumkin. Bunday holda, gap imkoniyatlar
haqida emas, balki umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qilinadigan xafv-xatar
negizidagi tahdidlar haqida boradi
7
.
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari mavjud imkoniyatlarining va xafv-xatar

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling