v) mashqlami miqdorlash va ulaming ketma-ketligi;
g) konspektning tashkiliy-metodik korsatmalan bolimida: darsni tashkil etish, otkazish metodikasi, sharoitlari boyicha qanday ko'rsatmalar berilgan, ulaming togriligi, maqsadga muvofiqligi, ifodalanishi va hokazo misollar bilan tasdiqlanadi.
Dars otkazish joyi, oquv qurollan va anjomlarining tayyorligi va ulaming sanitariya-gigiena holati.
0qituvchi va oquvchilaming tashqi korinishi.
Navbatchi va gumh boshliqlarining oldindan tayyorgarliklari.
Darslardan ozod qilingan yoki yuklama miqdorlab beriladigan (kasalligi boyicha) oquvchilarga darsdan oldin beriladigan korsatmalar.
Darsni tashkil etish
Kuzatuvchi bu bolimda quyidagilarga e'tibor berishi kerak:
Darsning oz vaqtida boshlanishi va tugallanishi; dars qismlari, ayrim asboblarda ish bajarish va mashq turlari uchun taqsimlangan vaqtning maqsadga muvofiqligi.
Mashgulot joyi, bor asbob-anjomlardan foydalanish, oquvchilami joylashtirish, saflantirish va qayta saflanishlaming maqsadga muvofiqligi, ulaming tarbiyaviy qiymati.
Dars qismlarida oquvchilar faoliyatini tashkil etish usullarining qollanishi, maqsadga muvofiqligi, ulaming dars mazmuniga va vazifalariga, oquvchilarning yoshiga mosligi, dars yuklamasi va zichligiga ta'siri misollar bilan tasdiqlanadi.
Dars qismlarida oquvchilaming harakat faolliklarini oshirish uchun qanday metodik usullardan foydalanilgani, ulaming dars vazifalarini hal etishdagi samaradorligi misollar bilan tasdiqlanadi.
Darsda oquvchilardan yordamchilar sifatida foydalanishning samaradorligi, ulaming oz. vazifalarini bajarishga tayyorgarliklari, jismoniy tarbiya jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari. Pedagogning oz yordamchilari ishlarini nazorat qilishi va baholashi.
Darsda qo'llaniladigan vositalarga tavsif
Darsning tayyorgarlik qismidagi vositalar bilan uning bajaradigan funksiyasi orasidagi muvofiqlik (maxsus tayyorlovchi va yondashtiruvchi, oquvchilami darsgajalb etuvchi mashqlaming mavjudligi va yuklamaning yetarli bolishi).
Darsning asosiy qismi uchun mashqlami tanlash, shugullanuvchilaming imkoniyatlarini hisobga olish, ozlashtirilayotgan materialning ketma-ketligi, mashqlami bajarish uchun yengillashtirilgan sharoitlar yaratish, konikma va malakalami hisobga olish kerak.
Darsning yakunlovchi qismi uchun vositalar tanlashda asosiy qismda bajarilgan ishlaming xususiyatlari e'tiborga olingani, organizmning tiklanishi qanchalik ta'minlanganiga e'tibor berish kerak.
Uyga vazifalari, ulaming togriligi va xususiyatlari, qollanishiga bo'lgan asosiy talablarga rioya qilingani, oldingi dars topshiriqlarini tekshirish qanday amalga oshirilgani nazorat qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |