A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika unversiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 37.27 Kb.
bet2/3
Sana17.12.2022
Hajmi37.27 Kb.
#1025176
1   2   3
Bog'liq
kurs ishi

Kurs ishning maqsadi - jismoniy tarbiya darslarida oʻquvchilarda tezkorlik jismoniy sifatini rivojlantiruvchi mashqlardan foydalanish ilmiy-nazariy asoslarini yoritib berishdan iborat. Shu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
Kurs ishning vazifalari
-Jismoniy tarbiya darslarida oʻquvchilarda tezkorlik sifatini rivojlantiruvchi mashqlarning ahamiyatini ilmiy-nazariy tahlil qilish;
- Jismoniy tarbiyada jismoniy sifatlarni ilmiy-nazariy asoslarini yoritib berish;

1.1. Jismoniy mashqlarning pedagogik turkumlari

Jismoniy mashqlarning turkumlarga bo’linishi – bu ularning eng muhim belgilariga muvofiq bir-biriga bog’langan guruhlarga taqsimlanishidir. O’qituvchi turkumlar yordamida jismoniy mashqlarning xususiyatini aniqlay oladi, binobarin, mashqlarni tanlashni engillashtiradi, bu pedagogik vazifa talablariga javob beradi.
Modomiki, jismoniy tarbiya fani rivojlanib borar ekan, yangi ma’lumotlar bilan uzluksiz boyib turadi, turkumlash esa doim bir xilda bo’lib qolmaydi. Har qaysi jismoniy mashq bitta emas, balki bir necha o’ziga xos belgilarga ega. Shuning uchun aynan bir xil mashq har xil turkumlarda ifodalangan bo’lishi mumkin. Masalan, tortilish anatomik belgilar bo’yicha (qo’llar va mushaklar uchun mashq) turkumlarda ham, asosan, harakat sifatlarining (ko’proq kuchning) rivojlanishini aks ettiruvchi turkumlarda ham namoyon bo’ladi. Binobarin, har qanday holat uchun yaroqli yagona turkum yaratilgan bo’lishi mumkin emas; turkumda pedagogik vazifalarni echish uchun eng ahamiyatli belgilarni hisobga olish kerak.
Jismoniy tarbiya tizimlari tarixan tarkib topgan belgilari bo’yicha jismoniy mashqlar turkumlariga (gimnastika, o’yin, turizm, sport) bo’linadi. Bu turkumlar bo’yicha jismoniy mashqlar besh guruhga taqsimlanadi.
Sun’iy yaratilgan faoliyatlarda harakatlar xilma-xilligini tavsiflovchi gimnastika mashqlari, ularning samaradorligi organizmga, uning tuzilishiga ta’sir o’tkazadi, shuningdek, barcha harakatlar koordinastion murakkabligi va uyg’unligi bilan belgilanadi.
Harakatlarning sog’lomlashtiruvchi turlaridan tarkib topgan o’yin mashqlari (yugurish, uloqtirish va h.k.) o’zgaruvchan o’yin vaziyatlari bilan muvofiqlikda turli xil variantlarda bajariladi va umuman organizmga ta’sir qilish samaradorligi bo’yicha va harakatning pirovard natijasi bo’yicha baholanadi.
Sayohatdagi jismoniy mashqlarga yurish, yugurish, sakrash, to’siqlarni engish, chang’ida yurish, velosipedda yurish, qayiqda suzish va boshqalar kiradi. Sog’lomlashtiruvchi sharoitlarda yurish, yugurish, sakrash, to’siqlarni engib o’tish, chang’ida yurish, velosipedda yurish, qayiqni eshkak bilan eshish qo’shilib, sayohatchi uchun jismoniy mashqlarni tashkil etadi. Ularning samaradorligi organizmga majmuali ta’sir o’tkazish, joylardagi to’siqlar va masofani engish natijasi bilan baholanadi.
Sportdagi mashqlar maksimal sport natijalariga erishish uchun ixtisoslashtirish predmetidir va yagona sport turkumlari bilan muvofiqlikda sun’iy standartlashtirilgan oxirgi guruhga, agar ularga qayd qilingan belgilar tegishli bo’lsa, birinchi uchala guruh kiritilishi mumkin bo’ladi (sport gimnastika mashqi, sport o’yin mashqi, sport sayohatchi mashqi).


1.2. Jismoniy sifatlar to’g’risida tushuncha
Shaxsning jismoniy madaniyatini shakllantirish jarayonida shug’ullanuvchilar harakatlarni va ular bilan bog’liq bilimlarni o’zlashtiribgina qolmay, o’z jismoniy qobiliyatlarini ham rivoj-lantiradilar. Hozirgi vaqtda insonning harakat imkoniyatlarini tavsif-lash uchun “jismoniy qobiliyatlar” va “jismoniy sifatlar” atama-laridan foydalaniladi. Bu tushunchalar ma’lum ma’noda o’xshash bo’lsalarda, lekin bir xil emaslar.
Afsuski, adabiyotlarda mazkur tushunchalarning ta’rifi va o’zaro aloqasi haqida birmuncha qarama – qarshi fikrlarni uchratish mumkin. Masalan, bir holatda jismoniy qobiliyatlar organizmning harakat faoliyatida ishtirok etayotgan hamda uning ta’sirini belgilaydigan funkstional tizimlar layoqatining namoyon bo’lish shakllari sifatida tushuniladi (G.G.Natalov,1977), boshqasida hayotda, ayniqsa, harakat faoliyatida amalga oshiriladigan va asosini jismoniy sifatlar tashkil etadigan insonga xos imko-niyatlar nazarda tutiladi (A.P.Matveev, 1991); uchinchisida qobi-liyatlar deganda, organizmning ruhiy – fiziologik va morfoligik xususiyatlariga asoslanuvchi rivojlangan tug’ma qobiliyat nishona-lari tushuniladi (E.P.Ilin, B.V.Evstafev, 1987).
Jismoniy qobiliyatlar – insonning u yoki bu mushak faoliyati talablariga javob beradigan va uning samarali bajarilishini ta’minlaydigan ruhiy – fiziologik hamda morfo-logik xususiyatlari majmuasidir. Inson harakat imkoniyatlarining alohida jihatlarini ifo-dalash uchun uzoq vaqt “jismoniy (harakatlantiruvchi) sifatlar” degan atama qo’llanilgan. Hozir ayrim mualliflar uni “jismoniy sifatlar” tushunchasining sodda formalastik mazmuni tufay-li ilmiy muomaladan chiqarib yuborishni va ularning o’rniga faqat “jismoniy qobiliyatlar” atamasini qo’llashni taklif qilmoq-dalar. Shunga qaramay, kundalik nutqda va ilmiy – usuliy adabiyolarda mazkur atama ancha keng tarqalgan.
Shuning uchun, ehtimol, bu ikki tushuncha orasidagi o’xshash va farqli tomonlarni aniqlash, ulardan foydalanish vaziyatlarini belgilab olish o’rinlidir. Eng avvalo, qayd etib o’tish kerakki, “sifat” tushunchasi har doim biron–bir narsaga nisbatan qo’llanilib, uning boshqa nar-salardan farqlab turadigan, mohiyatiga xos belgisini ifodalay-di, xususan, buyum, xom ashyo, oziq – ovqat mahsuloti, hayot sifat-lari, shaxsning, bilimning sifati va hokazo haqida shunday gapi-riladi. Jismoniy tarbiya sohasida ham bu atamadan xuddi shu ma’noda foydalanish lozim.
Demak, insonning jismoniy sifatlarini uning harakat imkoniyatlariga xos ba’zi xususiyatlar singari jismoniy qobiliyatlar namoyon bo’ladigan u yoki bu shakllarga nisbatan koʼplab tekshirish, ya’ni ular to’g’risida amalga oshirib bo’lingan qobiliyatlar asosida fikr yuritish mumkin. Inson sifat jihatidan bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman qobiliyatlar egasi bo’lishi mumkin. Aynan shu turli jismoniy qobiliyatlarning sifatiy o’ziga xosligi uning jismoniy sifatlari to’g’risida guvohlik beradi.
Turmushda, jismoniy tarbiya va sportda inson qobiliyatlarining sifatiga xos xususiyatlar “kuchli”, “tezkor”, “chaqqon”, “egiluvchan”degan iboralarda o’z aksini topgan. Bu sifatlarning hayotdagi ahamiyati ularni ayirib ko’rsatish mezoni hisoblangan. Aslida, jismoniy sifatlar alohida jismoniy qobiliyatlarning erishilgan darajasi, ularning aniqligi, o’ziga xosligi, ahamiyati ifodasi sanaladi. Masalan, insonning kuch qobiliyatlarini olaylik. Ular mushaklarning zo’riqish darajasi yuqori, qisqarish tezligi esa nisbatan uncha katta bo’lma-gan kuch mashqlarida namoyon bo’ladi. Asli kuch qobiliyatlari “sust kuch”, “siquvchi kuch”, “statik kuch” kabi kuch sifatlarini tavsiflaydi.
Tezlik – kuch qobiliyatlari mushaklarning jiddiy zo’riqishi va ularning yuqori qisqarish tezligini talab etuvchi mashqlarda yuzaga chiqadi. Tezlik – kuch qobiliyatlarining rivojlanishi, eng avvalo “portlovchi” kuch deb ataladigan sifatda aks etadi.
Yuqorida tilga olingan kuch sifatlari insonning kuch qobi-liyatlarini yaxlit tarzda aniqlash va farqlashga imkon beradi. Xuddi shunday boshqa jismoniy qobiliyatlarning ham sifat tafo-vutlarini ifodalash mumkin. Jismoniy qobiliyatlar va sifatlar orasida ko’p ma’noli bog’liqlik bor. Bir xil qobiliyat turli jis-moniy sifatlarni namoyon qilishi, turli qobiliyatlar esa ulardan faqat bittasini tavsiflashi mumkin. Masalan, «epchil» sifati asosida ko’pgina qobiliyatlar: muvofiqlash, tezkorlik , kuch va bosh-qalar yotadi.
Tezlik – kuch qobiliyatlari faqat «kuch» emas, «tezkorlik» sifatida ham o’z aksini topadi. Shunday qilib, insonning jismoniy sifatlari jismoniy qobiliyatlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, turli harakatlar chog’ida ularning namoyon bo’lish xususiyatlari bilan belgilanadi, jis-moniy qobiliyatlarning rivojlanish va namoyon bo’lish darajasiga bir tomondan atrof – muhit omillari (turmushning ijtimoiy –maishiy sharoitlari, iqlimiy va geografik sharoit mashg’ulot o’tkaziladigan joylarning moddiy ta’daqlanganligi, ularni rivojlantirish usuliyati va h.k.), ikkinchi tomondan esa organizm-ning turli tas’irlarga o’ziga xos reakstiyasi bilan bog’liq bo’lgan irsiy omillar («motor» qobiliyat nishonalari) ta’sir o’tkazadi, jismoniy qobiliyat nishonalari sifatida inson organizdaqing anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlari yuzaga chiqadi. Biror-bir faoliyatni bajarish jarayonida “motor nishonalar” organizm-ning moslashish o’zgarishlari asosida takomillashib, tegishli jis-moniy qobiliyatlarga aylanadi.
Ta’kidlash zarurki, “motor nishonalar” ko’p funkstiyali bo’-lib, mushak faoliyati sharoitlariga qarab u yoki bu yo’nalishda rivojlanishi va u yoki bu shakldagi jismoniy qobiliyatlar rivo-jini ta’minlashi mumkin. Professor Yu.V. Verxoshanskiyning fikricha, bunday shakllar harakat faoliyati turlari qancha bo’lsa, shuncha ko’p bo’lishi mumkin, chunki ularning har biriga o’ziga xos tuzilish, harakatlarning maqsadli yo’naltirilganligi, mushaklar muvofiqlashi, organizm faoliyati rejimi hamda uning quvvat bilan tabaqalanishi kabi xususiyatlar xosdir. Shu sababli ham organizmdan chidamlilik yoki harakatlar tezkorligini rivojlan-tirishga javobgar bo’lgan qandaydir alohida mexanizmlarni izlash befoyda. Ularning takomillashuvi asosida inson organizdaqing morfofunkstional ixtisoslashuviga olib keladigan moslashti-ruvchi ta’sir, butun bir adaptiv reakstiya yotadi. Morfofunkstio-nal qayta qurishlar organizmni to’laligicha qamrab oladi. Biroq bu eng ko’p darajada va birinchi navbatda asosiy ish yuklamasiniko’taradigan mushak guruhlari hamda ularning ish qobiliyatini ta’minlovchi fiziologik tizimlarga taalluqlidir. Funkstional ixtisoslashuvning bunday tanlash xususiyati, asosan, organizmning ma’lum faoliyat sharoitidagi ish rejimiga, uning yaqqol namoyon bo’lish darajasi esa jismoniy yuklamalarning shiddati va hajmiga bog’liq.
Hozirgi vaqtda jismoniy qobiliyatlarni besh asosiy turga ajiratish qabul qilingan: kuch, tezkorlik va muvofiqlash qobiliyatlari, chidamkorlik va egiluvchanlik. Ularning har biri harakat faoliyatining har xil turlarida xilma xil shakllarda namoyon bo’ladi.


1.3. Umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasini o’tkazish.
Gimnastika umumrivojlantiruvchi mashqlar (U.R.M) deb sog’lomlashtirish jismoniy sifatlarni tarbiyalash organizmning funksional holatini yaxshilash maqsadida bajariladigan, tana va uning qismlaridan shug’ullanuvchilar uchun qulay, texnik jixatdan unga murakkab bo’lmagan oddiy xarakatlariga aytiladi. Qulayligi tufayli bu mashqlar salomatlik guruhlarida o’tkaziladigan mashg’ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya darslarida bolalar, maktab, kasb-xunar kollejlari, oliy o’quv yurtlarida keng qo’llaniladi.
U.R.M majmualaridan ertalabki badan tarbiyada (radio va televideniya orqali beriladigan mashqlar shu jumlaga kiradi), asosiy, ritmik va ishlab chiqarish gimnastikasi mashg’ulotlarini o’tkazishda foydalaniladi. Sportning xamma turlari U.R.M ni o’z trenirovkalari tarkibiga oyoq, qo’l chigalini yozish va muayyan jismoniy xususiyatlarni rivojlantirish vositasi sifatida kiritiladilar. U.R.M miqdorining ko’pligini quyidagicha tushuntirish mumkin tana va uning aloxida qismlari amalga oshira oladigan xarakatlardan xilma-xil tarzda uyg’unlashib, mushaklarni zo’riqish darajasi, xarakat tezligi, amplitudasi va yo’nalishini turlicha o’zgartirgan xolda foydalaniladi. Dastlabki va oxirgi xolatlarni o’zgarishi xar xil predmetlarning, og’ir buyumlar va moslamalarni qo’llanilishi xam mazkur mashqlardan foydalanish chegaralarini ancha kengaytiradi. Nisbatan osonlik va tobora murakkablashtirib borish imkoniyati U.R.M ni xar qanday xildagi va tayyorgarlik turlicha bo’lgan shug’ullanuvchilar uchun qulay qilib qo’yadi. U.R.M ni egallash harakat tayyorgarlik maktab hisoblanadi. Oddiy bo’g’in harakatlardan boshlab shug’ullanuvchilar izchil ravishda tobora murakkab mashqlarga o’tadilar. Sportda boshlang’ich tayyorgarlik bosqichi U.R.M ning ko’p bajarilishi bilan ajralib turadi.
Mazkur mashqlar o’lchamini (dozasini) belgilash oson, muayyan mushak guruhlariga yo’naltirib va saylab ta’sir qilish imkonini beradi. U.R.M ga qomatni to’g’ri shakllantirish vositasi sifatida katta axamiyat beriladi. Shubhasiz jismoniy tarbiya o’qituvchisi faoliyatida U.R.M dek universal vositalardan foydalanish bilan bog’liq bilim, ko’nikma malakalar aloxida o’rin tutishi kerak. Turli kontingentlarning mashg’ulotlarida U.R.M ni oqilona qo’llash quyidagilarni nazarda tutadi:
muayyan mashqlarning katta miqdori egallanganligi (ko’rsatishni bilish, atamalarni atay olish):
Xar bir mashqning xususiyati, uning yo’nalishini bilish:
Vazifalardan kelib chiqib, mashqlar majmualarini tuza olishni:
- Xar xil usullar bilan (aytib, ko’rsatib berish topshiriq bo’yicha o’yin usuli bilan va x.k)
- U.R.M ga o’rgatish xamda mashg’ulotlarni o’tkaza olish:
- U.R.M mashg’ulotlarni tashkil etish usullarini bilishni:
Xal etilayotgan vazifalar va shug’ullanuvchilarning ahvolidan kelib chiqib, nagruzka o’lchamini belgilay bilishni umumrivojlantiruvchi mashqlarni anatomik belgisiga qarab mashqlarni tananing turli qismlari uchun guruhlab tasniflash qabul qilingan .
1 Qo’l va yelka qismlari uchun mashqlar:
2 Bo’yin mashqlari:
3 Oyoq va tos qismlari uchun mashqlar:
4 Gavda uchun mashqlar:
5 Butun tana uchun mashqlar.
Xar bir guruxda yana ham chegaralangan a’zolar uchun mashqlar qatorini ajratish mumkin. Masalan: “Qo’l va yelka qismi uchun mashqlar mavjud guruhida barmoqlar, panja bloklar va yelka qismi uchun mashqlar mavjud ” Oyoqlar va tos qismi uchun mashqlar guruhida oyoq kafti to’liq, sonlar uchun belgilangan mashqlar bor. Gavda mashqlari guruhida gavdaning oldingi mushaklari uchun mashqlar ajratiladi va x.k .
Mashqlarni anatomik belgilariga qarab tasniflash ularning fiziologik ta’siri xususiyatlariga qarab tasniflash ularning fiziologik ta’siri xususiyatlariga ko’rsatma bilan to’ldiriladi. Bunda xarakat sifatlari, kuch, tezlik, egiluvchanlik, chidamlilik, chaqqonlik kabilarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarning asosiy ta’siri nazarda tutilmoqda. U.R.M shaklini bo’g’imlardagi asosiy harakatlar: bukilish, to’g’rilanish, qo’llarni yozish, yig’ish, aylanma harakatlar burilishlar belgilaydi. Mashqlarning xususiyati ko’p jixatdan mashqlarning zo’riqish va bo’shashtirish darajasiga bog’liq. SHunga ko’ra quyida keltirilgan misollarda tananing turli xil qisimlari uchun mashqlar u yoki bu sifatlarni rivojlantirishga ko’proq ta’sir qilish xususiyatiga qarab, guruhlarga ajratilgan. Shaklan bir xil bo’lgan mashqlarning (masalan, o’tirib turishlarning) organizmga ta’siri, ularni bajarish xususiyatiga (sekin yoki tez o’tirib- turish, yuklar bilan yoki yuklarsiz va x.k).
Mashqlarning tanlashda xatoga yo’l qo’ymaslik uchun harakat qobiliyatlari, jismoniy sifatlar: kuch, chidamlilik va egiluvchanlikning namoyon bo’lish to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi lozim. Kuch sifatlarini ya’ni tashqi qarshilikni U.R.M ni uch usulda qo’llash yo’li bilan rivojlantirish tavsiya etiladi.
1. Uncha og’ir bo’lmagan yukni ko’p marta (8-12 martagacha) ko’tarish yoki o’z tanasi og’irligini yengish (yotib qo’llarga tayangan xolda ularni bukib yurish yozish, o’tirgan holatdan turish tortilish va x.k). SHunga o’xshash mashqlarning toliqishgacha bajarish kuch chidamlilikni rivojlantiradi. Mushak massasining o’sishiga yordam beradi. 8-12 marta takrorlash qiyinchilik tug’dirmasa, yuk og’irligini ko’paytirish yoki dastlabki holatni o’zgartirish (masalan, qo’llarga tayanib, ularni bukish- yozishda oyoq tayanchini balandroq qo’yish) zarur.
2. Imkoniyat chegarasiga yaqin yukni ko’tarish (1-3 marta). Mazkur mashqlar mushaklarning kuchini eng yuqori darajaga rivojlantiradi.
Ularning masalasi ham oshadi. Izometrik mashqlar (tana qismlarining ko’rish mumkin bo’lgan harakatsiz tashqi qarshilikni yengish uchun mushaklarning imkon chegarasiga yaqin zo’riqish) xam mukammal kuchni rivojlantiradi.
3. Harakatlarni maksimal tezlik bilan bajarish. Mashqlarning tezlik kuch sifatlari, epchillik rivojlanadi.
Chidamlilik mushaklarning qattiq zo’r berishni talab qiladigan uzoq muddatli ishlashi davomida toliqishga qarshi turish qobiliyatidir.
U.R.M dan foydalanib, aloxida tana qismlari va umumiy chidamlilikni rivojlantirish mumkin. Mushaklarning chegaralangan miqdori qatnashuvi mashqlarni imkon boricha ko’p marta bajarish orqali aloxida ahzolar chidamliligi rivojlantiradi. Mushaklarning ko’p guruxlari uzoq muddat davomida ishtirok etadigan va shunga ko’ra yurak – qon tomir xamda nafas olish tizimlari yuqori nagruzka bilan ishlaydigan mashqlar umumiy chidamlilikni rivojlantiradi.

1.4 Tezkorlik va uni tarbiyalashning uslub hamda vositalari
Muhim jismoniy sifatlar qatoriga tezkorlik ham tegishlidir. Tezkorlik insoiming muayyan sharoitda minimal vaqt sarflash bilan harakat faoliyatini bajarish qobiliyatidir.
Tezkorlik namoyon boTishining asosiy shakllari quyidagilar:
harakatlantiruvchi ta'siming latent (yashirin) vaqti;
ayrim harakatlar tezhgi (tashqi qarshilik kichik boTganda);
harakatlar sur'ati.
Tezkorlikning namoyon boTish shakllari bir-biriga nisbatan bogTiq emas. Bu, ayniqsa, harakat reaksiyasi tezligi korsatkichlariga kopincha aloqador bolmaydigan vaqt korsatkichlariga taalluqlidir. Korsatib oTilgan uchta shaklning birgaiikda kelishi tezkorlik namoyon bolishining barcha hollarim belgilaydi. Masalan, sprint yugurishdagi natija start olishdagi reaksiya vaqtiga, ayrim harakatlar (depsinish, sonni oldinga otkazish va boshqalar) tezligiga va qadamlar sur'atiga bogliq. Amalda esa tezkorlik namoyon bolishining aytib otilgan asosiy shakllari emas, balki yaxlit harakatlaming (yugurish, suzish va b.) tezligi katta ahamiyatga ega. Biroq murakkab koordinatsion yaxlit harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasi bilangina emas, balki boshqa sabablar bilan ham aloqadordir. Masalan, yugurishda ilgarilab ketish tezligi qadam uzunligiga, qadam uzunligi esa, oz navbatida, oyoqning uzunligi va depsinish kuchiga bogliq. Har xil toifadagi sportchilaming harakat reaksiyasi turli xil boʻladi.
Tezkorlikni aniqlash uchun eng qulay model yugurishdir. Uni bajarish vaqtida barcha uchta tarkibiy qism namoyon boladi.
Reaksiyaning yashirin vaqti beshta tarkibiy qismdan iborat:l) retseptorda qozgalishning paydo bolishi; 2) qozgalishni markaziy asab tizimiga uzatish; 3) qozgalishning asab yoTlari boylab otib borishi va effektor signalning hosil boTishi; 4) signalning markaziy asab tizimidan mushakka otkazilishi; 5) mushakning qozgalishi va unda mexanik faollik paydo bolishi. Aytib otilgan fazalardan uchinchisiga eng kop vaqt sarflanadi.
Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar fiziologik xarakteristikalariga kora sekinroq harakatlardan farq qiladilar.
Bular orasidagi cng muhim farq shimdan iboratki, harakatlami maksimal tezlikda bajarish davomida sensor bogMamshlaming hosil bolishi qiyinlashadi: reflektor yoy impulslami tashib ulgurolmaydi. Tezlik juda katta boTganida harakatlami yetarlicha aniqliq bilan bajarish qiyinligi mana shu bilan izohlanadi.
Maksimal kuchlanish uslubidan foydalanish vaqtida ogirlashtirish miqdori 1-3 tm atrofida tebranib turadi. Harakatlarda tezlik darajasi yuqori emas, tezlik sekindan to motadilgacha, mashqlar va yondashuvlar ortasidagi dam olish tanaffusi kamida 2 daqiqa.
Oxirgi kuchlanish bolalaming asabiy-ruhiy imkoniyatlariga katta talablar qoyadi. Shuning uchun bolalar bilan bu uslubdan foydalanish vaqtida katta ehtiyotkorlik kerak va haftada kopi bilan
2 marta qoʼllash lozim.
Takroriy kuchlanish uslubi taxminan tort va undan ortiq marta takrorlashlar bilan kuch mashqilarining bajarilishidan iboratdir.
Izokinetik taranglashish uslubi. Izometrik taranglashishning bir yondashuvdagi muddati 6-8 s, bu mashqlarda kuchlanish darajasi 70-100% atroflda tebranib turishi mumkin.
Kuch yuklamalarining ayrim seriyalari ortasiga dam olish oraliqlari kiritiladi, ular yurak qisqarishlari pasayishi 110-120 zarbaga yetguncha davom etishi kerak. Tezkorlik yuklamalarini bajarish vaqtida dam olish oraliqlari davomiyligi 1,5-3 daqiqagacha tebranib turadi.
Maksimal tezkorlikning rivojlanishi vaqtida mushak massalarining o'sishi hisobidan 15-30 s lik nisbatan qisqa dam olish tanaffuslaridan foydalaniladi. Mahalliy va umumiy xususiyatli mashqlarda ham - 40-60 s.
Yolgiz harakat, masalan, 5 marta sakrash, 5 marta chonqayib otirib-turish yoki bosh ustida 5 marta qarsak chalish (yoki maksimal tezlikdagi murakkab boTmagan har qanday harakatlar) ning bajarilish vaqtini aniqlash mumkin. 5 ta mashqning bajarilish vaqti royxatga olinadi. Songra esa yolgiz harakatlaming bajarilish vaqti hisoblab chiqiladi. Ular qancha kam boTsa, tezlikning rivojlanish darajasi shunchalik yuqori boTadi.
Panjalar harakati tezligini 5 yoki 10 s ichida qogozga qalam bilan mumkin qadar kop miqdordagi nuqtalami belgilab
aniqlash mumkin. Sport bilan shug'ullanmaydigan maktab oquvchilari togrisidagi ma'lumotlar 4-jadvalda keltirilgan.
Yosh va tezlikning ozgarishi bilan kichik maktab yoshidagilarda yuqori sinf oquvchilariga qaraganda tezlik koproq jadal rivojlanadi. Tezlik, mushak kuchi, texnika, bukilish, jadallashtirish darajasiga layoqatlilik, iroda zor berishning darajasi bilan mustahkam bogTangan.
Oddiy va murakkab harakatlantiruvchi reaksiyaning tezligini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
Harakatlantiruvchi reaksiya tezligi ta'sirga javob berishning yashirin vaqti bilan belgilanadi. Reaksiyalar oddiy va murakkab boTadi. Oddiy reaksiya oldindan ma'lum boTgan (tosatdan paydo boTadigan) signalga ilgaridan ma'lum boTgan harakat bilan javob berishdir. Bunda yugurishdagi start olish, suzishda topponchadan otib start berish va boshqalar misol boTa oladi. Reaksiyalaming qolgan barcha tiplari miuakkab reaksiyalardir.

Sport bilan shugullaiunmaydigan maktab o'quvchilarida
Murakkab harakatlantiruvchi reaksiyaning namoyon boTishi vaqtida oquvchi ta'sir qiluvchiga qanday javob berishni bilmaydi - murakkab vazifaning oldida turib qoladi. Masalan: gandbolchi darvozaga hujum qilayotib, koptokni ong va chap, yuqori va quyi burchagiga tashlashi mumkin. Darvozabon koptok qaysi burchakka, qanday tezlik bilan va qaysi masofadan tashlanishini aniqlashi kerak; bulaming hammasini hisobga olgan holda u harakatning optimal rejasini tanlaydi.
Oddiy va murakkab harakatlantiruvchi ta'siming yuqori darajasi sport oyinlarida va yakkama-yakka kurashlarda yuksak natijalarga erishishning muhim shartlaridan biridir.
Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalashda bir necha uslublardan foydalaniladi. Bulardan eng kop tarqalgani tosatdan paydo boladigan signalga yoki tevarak-atrofdagi vaziyatning ozgarishiga javoban mumkin qadar tezroq reaksiya korsatish uslubidir. Misollar: yugurishda past start olishni qayta bajarish, oqituvchining signaliga binoan harakat yonalishini ozgartirish, boksda raqibining awaldan ma'lum bolgan hujum zarbiga javoban himoyalanish va hokazo. Bu uslub yangi shugullanuvchilar bilan otkaziladigan mashgulotlarda tez orada ijobiy natijalar korsatadi.
Qisqa muddatli harakatlami yuqori darajada bajarish layoqatini (berilgan vaqtda kim kop takrorlaydi) tarbiyalashning samarali vositalari oqituvchining ovozli signallari (qarsaklar, xushtaklar va boshqalar) bilan, ritmik musiqa ostida bajariladigan umumrivojlantiruvchi va ixtisoslashtirilgan mashqlardir.
- 5-10-15 sekund (bosh ustida qollar bilan qarsak chalish, qollarni aylantirish, joyida yugurish vaqtida qadamlar soni, topshirilgan balandlikka joyidan sakrash, argamchi bilan sakrashlar, chonqayib otirib-turish, navbat bilan yoki bir vaqtning ozida, qadoq toshlar, gantellar kotarish) davomida harakatlami bajarish mumkin;
qisqa masofaga yugurish (10-80 m);
qisqa vaqtda nishonga toldirma top, granatalar, tennis koptoklarini tashlash;
Harakat tarbiyasini amalga oshirishda maxsus mashqlardan foydalaniladi, unda oquvchilar signalga imkon boricha tezroq javob berishga intiladilar. Bunday mashqlarga quyidagilar misol bolishi mumkin:
aylana boyicha yugurish, yurish, tosatdan berilgan signalga (hushtak, qarsak) biror bir mashqni (chonqayib otirib- turishlar, aylanishlar, qollar bilan qarsaklar va h.k.) maksimal tezlikda bajarish. Har qaysi harakat tezlikda 2-3 martadan bajariladi;
signal boyicha tezlikka, nishonga koptoklarni tashlashlar;
signal boyicha predmetlar bilan va predmetsiz (gavdani engashtirish va aylantirish, chonqayib otirib-turish) oyoq va qollar harakati.
Umumrivojlantiruvchi mashqlami bajarish.
Jadal harakatlaming oxirgisini bajarish vaqtida (maksimal imkoniyatning 95-100% i darajasida) tezlikni muvaffaqqiyatli tarbiyalash mumkin.
Kreatinfosfat energiya manbai orqali tezkorlikni rivojlantirish va yonalish boyicha takomillashtirish.
Maksimal jismoniy aerob va anaerob yuklamada jarayonlaming energiya bilan ta'minlanishi togrisida ma'lumot 5-jadvalda keltirilgan.
Har xil davom etadigan maksimal jismoniy yuklamada aerob va anaerob jarayonlaming energiya bilan ta'minlash

Yugurishda qadamlar uzunligi va kislorod qabul qilishning bog'liqligi togrisida ma'lumotlar 17- chizmada keltirilgan
Trenbandda yugurishni qabul qilish togrisidagi ma'lumotlar
18-chizmada keltirilgan.
Shu bilan birga, chegaraviy va chegaraga yaqin tezlik bilan bajariladigan mashqlariga berihb ketish kerak emas, chunki bu tezlik tosigideb ataladigan holatning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Bunda natijalaming osishi toxtaydi va oquvchilar bunday yuklamalami qanchalik kop va tez-tez bajarsalar, shunchalik kop dinamik stereotip barqarorlashadi. Bunday holda tezlik tosigini buzish maqsadida tezlik bilan bajariladigan xilma-xil maxsus mashqlardan foydalaniladi. Bunday mashqlar sirasiga masalan: shatak bilan tog ustida yugmish, yengiUashtirilgar. snaryadlami uloqtirish va boshqalami kiritish mumkin.
Tezkorlik mashqlarida oquvchilaming tezlikni kamaytirmasdan yuklamalami bajarish qobiliyati aniqlanadi.
Murakkab reaksiya tezkorligini tarbiyalash. Murakkab reaksiyaning ikki xili, ya'ni harakatdagi ob'ektga boladigan reaksiya va tanlash reaksiyasi mavjud.
Harakatdagi ob'ektga boTadigan reaksiya yakkama-yakka olishish mashqlari va top oyinlarida koproq uchraydi. Masalan, darvozaga top tepilgan vaqtda darvozabonning harakatlarini qarab chiqamiz. Darvozabon quyidagilami bajarishi kerak: 1) topni korishi; 2) topning yonalishini va uning uchish tezligini baholashi; 3) qanday harakatlanish rejasini tanlashi; 4) bu rejani amalga oshirishi. Mazkur holda reaksiyaning yashirin davri mana shu tort elementdan tashkil topadi. Harakatdagi ob'ekt tosatdan paydo boTganda, bu ob'ektga reaksiya korsatish 0,25 sek - 1 sek. vaqt oladi. Harakatdagi ob'ektga reaksiya koTsatishda katta tezlik bilan harakat qilayotgan buymnni kora bilish katta ahamiyatga ega Aynan mana shu qobiliyatni ostirishga alohida e'tibor berish kerak. Buning uchun harakatdagi buyumga reaksiya ko rsatishga doir mashqlardan foydalaniladi: mashg'ulot talablari harakatdagi buyumning tezligini oshirish, ob'ektning to'satdan paydo boTishi, sportchi bilan buyiun ortasidagi masofani qisqartirish hisobiga oshiriladi. Kichik top bilan bajariladigan harakatli oyinlar juda foydalidir.
Tanlash reaksiyasi raqibi hatti-harakatlarining yoki tevarak- atrofdagi sharoitning ozgarishiga muvofiq ravishda mumkin boTgan harakatlantiruvchi javoblardan keragini tanlab olish bilan bogTiq. Masalan, himoyalanayotgan qilichboz raqibining qaysi usulda hujum qilayotganiga qarab, himoyalanishning mumkin bolgan variantlaridan birini tanlaydi. Tanlash reaksiyasining murakkabligi sharoitning ozgarish imkoniyatlarining rang- barangligiga, chunonchi, yakkama-yakka olishishda raqibining xilma-xil harakat qilishiga bogliq. Masalan, boksda real sharoitdagi olishuv vaqtida sportchilaming murakkab reaksiyasiga bolgan talab nihoyatda katta: raqibi hech kutilmaganda ham chap, ham ong qol bilan xilma-xil zarba berishga harakat qilishi mumkin.
Tezkorlik ta'sirini yaxshilash uchun shug ullanuvchilarda vaqt hissini tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Shu maqsad bilan shugullanuvchilarga izchillikning turli xildagi mashqlari taklif qilinadi:
Tezkorlik mashqi bajarilgandan keyin oqituvchi shug'ullanuvchilarga topshiriq bajarishga sarf qilingan vaqt haqida xabar beradi.
0ʼqituvchi oquvchiga vaqtni xabar qilmaydi, o'quvchining ozi vaqtni aniqlashi kerak.
0ʼquvchi berilgan vaqtda tezlik mashqini bajarishi kerak.
Harakatlantiruvchi ta'sir tezligini rivojlantirish uchun eng qimmatli mashqlar sirasiga harakatli va sport oyinlari kiradi.
Tezkorlik sifatini nazorat qilish uchun oddiy va murakkab reaksiyalami nazorat mashqlari orqali aniqlash.
Ayrim harakatlaming tczligini aniqlash: urish vaqti, topni uzatish, uloqtirish, biomexanik apparatlar yordamida va boshqalar.
Tezkorlikni aniqlash mashqlari: 30, 50, 60, 100 metrga yugurish (past va yuqori startdan).
Tezlik zahirasi - yugurishdagi etalon boʻlaklrnimi (30, 60, 100 m) butun masofani bosib otgan eng yaxshi natijasidir.

Download 37.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling