A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika unversiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 37.27 Kb.
bet1/3
Sana17.12.2022
Hajmi37.27 Kb.
#1025176
  1   2   3
Bog'liq
kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI
«JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI» FANIDAN


KURS ISHI


Mavzu: “Jismoniy tarbiya darslarida oʻquvchilarda tezkorlik sifatini rivojlantiruvchi mashqlardan foydalanish”


Bajaruvchi: 918-20 guruh talabasi Jabborov Ravshanbek

Ilmiy raxbar: A. Jo’rabayev


Jizzax- 2022 yil
MUNDARIJA
KIRISH..................................……………………………………………………………….…….……..……3

I-BOB. Jismoniy tarbiya darslarida oʻquvchilarda tezkorlik sifatini rivojlantiruvchi mashqlardan foydalanish

1.1. Jismoniy mashqlarning pedagogik turkumlari............................................6

1.2. Jismoniy sifatlar tushunchasi..........................................................................7

1.3.Umumrivojlantiruvchi mashqlar......................................................................11


1.4.Tezkorlik jismoniy sifatini rivojlantiruvchi maxsus mashqlar.....................................…………………….…………............................………………...8


Xulosa.......................................................................................................................9


Foydalanilgan adabiyotlar..................................................................................10

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda boʼlajak avlodni maʼnaviy va jismoniy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash negizida barkamol avlodni shakllantirish masalasi taʼlim sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosini tashkil qiladi.
Bugungi kundagi taʼlim yoʼnalishidagi islohotlar mazmuni yosh avlodni maʼnaviy yetuk, jismonan baquvvat, intellektual salohiyatli va shu kabi sifatlarga ega boʼlgan barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan boʼlib, ular taʼlim – tarbiyaning har bir qirrasida oʼz aksini topmoqda.
Respublikamizda jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari O’zbekiston Respublikasi qabul qilgan "Jismoniy tarbiya va sport haqida"gi Qonun talablaridan kelib chiqadi. Mazkur hujjatda insonni har tomonlama kamol toptirish o’zining aniq ifodasini topgan. Jismoniy tarbiya inson jismoniy va ma’naviy kamolotining muhim vositasidir, deb belgilab qo’yilgan. Jismoniy tarbiya tizimining asosiy maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonini mukammallashtirish orqali yosh avlodni jismoniy barkamol, e’tiqodli, o’z sog’ligi haqida g’amxo’rlik qilishni ijtimoiy burch deb biladigan kishi qilib tarbiyalashdan iborat.
Davlatimiz rahnamoligida yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini
keng targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sport sohasini ommaviylashtirish va
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani barchaga ma’lum. Bugungi
zamon yoshlari, bevosita ertamiz egalari hisoblangan yosh avlod vakillari
jismonan sog‘lom, kuchli irodaga ega, shu bilan bir qatorda, ta’lim va tarbiyaga ega bo‘lishi, ularni yetuk insonlar etib voyaga yetkazish, dunyoda xech kimdan kam bo‘lmagan avlodni tarbiyalashdek ezgu maqsadga yo’naltirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida sport yoshlarimiz hayotiga tobora chuqur kirib bormoqda, minglab yigit-qizlar sport bilan shug‘ullanishni kundalik vazifasiga aylantirmoqda.

Eng muhimi, sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va sport bilan
hamnafaslik qilish ularning jismoniy holatiga hamda salomatligiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, Respublikamizda aynan bolalar sportini rivojlantirish davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu borada qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash yuzasidan ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari
qatoriga aholining, ayniqsa, yoshlarning ta’lim va madaniy darajasini
oshirish, “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitish va uni
sifat jihatidan yaxshilash, sport orqali O‘zbekiston Respublikasini
jahonning taraqqiy etgan davlatlari qatoriga chiqishini ta’minlashni
kiritish mumkin.

Qabul qilingan ''Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi'' ham ko‘p jihatdan shu kabi vazifalarni yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish, o‘qitishning zamonaviy uslublarini qo‘llash va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish asosida muvoffaqiyatli hal etishga yo‘naltirilgan.
Istiqlol yillaridan boshlab Hukumatimiz tomonidan barcha jismoniy tarbiya va sport turlariga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi. Yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda ularning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan intilishlarini yanada qo‘llab-quvvatlash borasidagi keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazildi.
Jismoniy madaniyat sog‘lom turmush tarzi normalari bilan birgalikda inson salomatligini saqlash va mustahkamlashning amaliy muammolarini yechishga xizmat qiladi. Bu esa biz tanlagan mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Download 37.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling