A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL QILISH VA IQTISODIYOT
- BBK 65.9-80ya722 Тaqrizchilar: i.f.d. prof. Z.Ya.Xudoyberdiyev , t.f.n. dots. F.A.Mirbabayev
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI A.R. BAKIYEV, S.N. XASHIMOVA, I.A. BAKIYEVA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL QILISH VA IQTISODIYOT Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Тoshkent «IQTISOD-MOLIYA» 2010 Ushbu o‘quv qo‘llanmada fanning predmeti va vazifalari va xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishning o‘rni va ahamiyati, boshqarish va rejalashtirishning ilmiy asoslari, fan texnika taraqqiyoti, xodimlar va mehnatga haq to‘lash, asosiy fondlar va aylanma vositalar, mahsulot sifati va raqobatbardoshlik, tannarx hamda foyda va rentabellik kabi masalalar keng o‘rin olgan. O‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining iqtisodiyot sohasi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalari uchun mo‘ljallangan. BBK 65.9-80ya722 Тaqrizchilar: i.f.d. prof. Z.Ya.Xudoyberdiyev, t.f.n. dots. F.A.Mirbabayev © «IQTISOD-MOLIYA», 2010 ISBN 978-9943-13-218-4 65.9 Bakiyev A.R. B14 Ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma / A.R. Bakiyev, S.N. Xashimova, I.A. Bakiyeva; O‘zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. T.: «IQTISOD- MOLIYA», 2010. -208 b. Xashimova S.N., Bakiyeva I.A. KIRISH Mustaqil O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy jihatdan rivojlantirish amalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda sodir bo‘layotgan tub iqtisodiy islohotlarni bilishni taqozo etadi. Iqtisodiy qonunlarning talablari va amal qilish xususiyatlari o‘rganilmay turib muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni bilishda, fanlar, eng avvalo, bozor iqtisodiyoti asoslari va ishlab chiqarishni tashkil qilish fanining roli o‘sib boradi. Chunki u jamiyatning bazasini, ishlab chiqarishni zamonaviy tashkil qilish sir-asrorlarini, iqtisodiy qonuniyatlar va kategoriyalarning tub mohiyatlarini ochib beradi. Hozirgi kunda har bir jamiyat a’zosining oldida Bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, uning O‘zbekiston Respublikasida qanday amalga oshirilayotganini, bu qonuniyatlarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni, pirovard natijada talab darajasida xizmat ko‘rsatish va tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning sirlarini bilib olish kabi vazifalar turibdi. Ilmiy izlanishning hozirgi davrda bizning respublikamizda iqtisodiyot rivojlanish holati va barcha tarmoqlardagi strukturaviy o‘zgarishlarga mos ravishda olib borilishi iqtisodiyotda bo‘layotgan o‘zgarishlarni muvofiqlashtirishga olib kelmoqda. Ayniqsa, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangilik kiritish jarayoni bo‘yicha ko‘p muammolar paydo bo‘lmoqda va ularni o‘z vaqtida hal etish uchun kerakli kadr, moddiy texnika bazasi, tashkiliy va uslubiy tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik mexanizmi korxonalarning turli xil mulkdor shakllaridagi muammolarini nafaqat hal etishga, balki ma’lum holatda qiyin sharoitga tushib 3 4 qolishga olib keldi. Masalan, korxonalar yangilik joriy etish jarayonida, xorijdan investitsiyalar jalb etish va raqobatbardosh mahsulot chiqarish borasida hal etilmagan masalalar va vazifalar turibdi. O‘zbekiston Respublikasining kelajakda buyuk davlat bo‘lishi ko‘p jihatidan hozirgi kunda ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarga bog‘liq. Ularning ongiga hamma xildagi tarbiyani singdirish bilan bir qatorda, iqtisodiy tarbiyani qo‘shib olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda iqtisodiy tarbiyaning qo‘yidagi muhim vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin: — birinchidan, jamiyat har bir a’zosining muqaddas burchi va sharafli ishi bo‘lgan mehnatga ongli va ijodiy munosabatni tarbiyalash; — ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalarini tezda o‘zlashtirib, o‘z kundalik ish faoliyatlariga tatbiq etishni shakllantirish; — uchinchidan, bu tarbiya ishchilarning ijtimoiy tashab- buskorligini rivojlantirishga, ishlab chiqarishni, korxonani bosh- qarishda ishtirok etishiga ko‘maklashadi; — to‘rtinchidan, jamiyat a’zolarida o‘z kichik bizneslarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni shakllantiradi; — beshinchidan, eng muhimi, bu tarbiyaning vazifasi barcha ishchi-xizmatchilarda o‘z Vatanining mas’uliyatli a’zosi hamda ishlab chiqarish jabhasining xo‘jayini tuyg‘usini mustahkamlaydi. Mazkur qo‘llanma oldingi o‘rganib kelingan siyosiy iqtisod, iqtisodiyot asoslari kabi fanlarga shaklan o‘xshasa-da, mazmunan ulardan tubdan farq qiladi. Chunki, unda korxonalarning bozor sharoitidagi huquqiy-tashkiliy tuzilishlari, ularning zamonaviy ishlab chiqarishni qanday tarzda olib borilishining maqsadga muvofiqligi, yangi turdagi xususiy korxonalarni tashkil qilish, mablag‘lardan oqilona foydalanish, foydaning taqsimlanishi, mehnatga haq to‘lashning yangi shakllari, mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari, kichik biznesni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘l- 5 lab-quvvatlash kabi va bozor iqtisodiyotining boshqa muhim masalalari hozirgi zamon talablari darajasida yoritilgan. Bulardan tashqari savdo-sotiqning zamonaviy usullari haqida — marketing, boshqarishning yangi iqtisodiy usuli — menejment, raqobat- bardosh tovarlar ishlab chiqarish va fan-texnika yutuqlarini hayotga tadbiq etish orqali jahon bozoriga mos tovar ishlab chiqarish masalalariga ham katta e’tibor berilgan. 6 Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling