203
XOLDING
— (ingl.
holding — ega) — o‘zga firma, korxo-
naning nazorat paketini o‘zida ushlab turuvchi bosh kom-
paniya. X. qo‘l ostidagi
kompaniyalarni rivojlantirib, da-
romadni ko‘paytirish bilan birgalikda o‘zi ham tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanadi. Huquqiy nuqtayi nazardan
aksionerlik
jamiyati, mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki
xususiy korxona sifatida harakat qiladi.
XUSUSIYLASHТIRISH
— fuqarolarning
va davlatga
taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyekt-
larini yoki davlat aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini
davlatdan sotib olishdir.
CHAKANA BAHO
— davlat va kooperativ savdosi, deh-
qon bozorida iste’mol mollarini sotilish narxlari.
ERKIN IQТISODIY HUDUDLAR
— qo‘shma tadbirkor-
lik
hududlari, xorij kapitalini erkin amal qilishi uchun
ajratilgan
maxsus hudud, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash,
ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilish maqsadida
tashkil etiladi.
EKOLOGIK MUAMMOLAR
— insoniyat hatti-hara-
katlari va xo‘jalik faoliyati natijasida atrof-muhitga yetka-
zilgan zarar.
Do'stlaringiz bilan baham: