202
daromadidan davlat byudjetiga to‘lanadigan to‘lov, joriy
normativlar bo‘yicha belgilanadi. Ushbu mablag‘lar, birinchi
navbatda, tabiat muhofazasi tadbirlariga sarflanadi.
ТADBIRKORLIK
— amalda
qabul qilingan qonunlar
doirasida korxona, firma tashkil qilish, foyda olish maqsadida
mahsulot ishlab chiqarish (yoki xizmat ko‘rsatish) bilan
shug‘ullanuvchi faoliyat. Тadbirkorlik faoliyati bir yoki bir
necha xususiy va huquqiy shaxslar mulklarini yoki qarzga
olgan mulk, to‘lov vositalarini ishga solish orqali amalga
oshiriladi. O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining sohiblari:
1)
respublika fuqarolari; 2) bir guruh fuqarolar (mehnat
jamoalari va boshqalar); 3) chet ellik fuqarolar yoki xususiy
shaxslar; 4) respublika fuqarosi bo‘lmagan shaxslar (o‘z
vakolatlari doirasida); 5) qo‘shma mulk egalari.
ТADBIRKOR
— iqtisodiy resurslarini bir-biriga qo‘shi-
lishini ta’minlaydigan tashkilotchi,
yangilikka intiluvchi,
tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan
qo‘rqmaydigan kishilar. Bunday xislatlar tadbirkorlik
qobiliyati deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: