A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


-rasm. Himoya-dekorativ qoplamalarning tuzilishi. a-


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

5-rasm. Himoya-dekorativ qoplamalarning tuzilishi. a-
shaffof bо’lmagan lok-bо’yoqlar; b, c-shaffof bо’lmagan 
plyonkali; d-noshaffof kombinatsiyali; f-shaffof lok-bо’yoq 
qoplama; e-yog’och yuzasiga rasm bosib, keyin loklangan; j-
yog’ochga plyonka yopishtirib, keyin loklang
1-grunt qatlami, 2-bо’yoq qatlami, 3-sidirg’a shpatlyovka 
qatlami, 4-mahalliy shpatlyovka, 5-yog’och yoki yog’och material, 
6-noshaffof plyonka, 7-yelim qatlami, 8-lok parda qatlami, 9-
shaffof grunt qatlami, 10-g’ovak tо’ldirgich, 11-yog’ochning rang 
berilgan (bо’yalgan) qatlami, 12-rasm bosilgan qatlam, 13-fon 
(tus) beruvchi bо’yoq qatlami (grunt), 14-sintetik shpon qatlami. 


160 
Parda hosil qiluvchi moddalar deb, yuzalarga yupqa suyuq 
qatlam tarzida surtilganda ma’lum sharoitda yog’och materiallariga 
yaxshi yopishib yupqa va mustahkam parda hosil qiladigan 
moddalarga aytiladi. Sintetik va tabiiy smolalar, sellyuloza efirlari va 
qotadigan о’simlik moylari shunday moddalar jumlasiga kiradi. 
Bо’yoqlar loklardan farqli о’laroq parda hosil qiluvchi moddalarning 
organik erituvchilardagi eritmasi - suspenziyasi bо’lib, tarkibida 
pigmentlar yoki pigmentlar bilan tо’ldirgichlarning aralashmasi 
bо’ladi. Yuzaga surtilgan bо’yoqlar quriganida noshaffof bir jinsli 
parda qatlami hosil qiladi. Parda hosil qiluvchi moddalarning turiga 
qarab bо’yoqlar moyli, emulsion va boshqa xil bо’yoqlarga bо’linadi. 
Emallar pigmentlar (plastifikator va sikkativlar qо’shilgan) bilan 
loklarning aralashmasidir, ya’ni emallar pigment qо’shilgan loklardir. 
Gruntovkalar deb, pardozlashda parda qatlamining ostki qatlamini 
hosil qiladigan tarkiblarga aytiladi. Ularni surtish jarayoni 
gruntovkalash (ya’ni, xomaki bо’yoq surtish) deyiladi. Gruntovkalar 
yog’och ustki qatlamiga shimilib, uni qattiq va zich qiladi hamda 
mayda g’ovaklarni tо’ldirib, asosga hamda navbatdagi lok 
qatlamlariga yaxshi yopishadi. Shpatlyovkalar deb, yog’och yuzasini 
shaffofmas himoya qatlami hosil qilish uchun tekislashga 
mо’ljallangan lok-bо’yoq materiallarga aytiladi. Ular mineral 
tо’ldirgichlar hamda pigmentlarning plastifikatorlar qо’shilgan parda 
hosil qiluvchilar bilan uchuvchan erituvchilardagi aralashmasidir. 
Shunday qilib, parda hosil qiluvchi moddalar barcha lok-bо’yoq 
materiallarning asosiy tarkibiy qismidir. Bulardan tashqari pardozlash 
materiallari tarkibiga erituvchi yoki suyultiruvchilar, bо’yoq 
moddalari, tо’ldirgichlar va ayrim hollarda parda hosil qiluvchi 
moddalar qotishini tezlatadigan birikmalar kiradi. Bular haqida 
keyinroq tо’xtalib о’tiladi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling