A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Parda qatlam sirtini jilvirlash yo’li bilan tekislash
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
Parda qatlam sirtini jilvirlash yo’li bilan tekislash
Jilvirlash yo’li bilan istalgan lok-bo’yoq parda qatlamining noteks joylarini tekislash mumkin. Ayniqsa bu qayta tiklanmaydigan va keyinchalik jilo berishni talab qiladigan poliefir lok-bo’yoq qoplamalar uchun katta ahamiyatga egadir. Yog’och va yog’och materiallar hamda ular yuzasidagi lok parda qatlamini tekislashda jilvirlash usuli ham muhum o’rin tutadi. Ishning unumli bo’lishi va tekislnayotgan detallar yuzasi sifatli chiqishi uchun birinchi va ikkinchi jilvirlash ishlari har tamonlama bo’lishi va shu bilan birga, ikkinchi yoki oxirgi jilvirlash yog’och tolalari bo’ylab bajarilishi kerak. Jilvirlash dastgohlari. Jilvirlash dastgohlarida ishlov berilib chiqqan detallarning shakli va o’lchamlari o’zgarmaydi. Jilvirlash jarayonida tez harakatlanuvchi jilvir qog’oz tanovorning sirtidan ko’p marta ishqalanib o’tadi. Qog’oz yoki matoga yelimlab yopishtirilgan zarrachalar parda qatlam sirtidagi g’adir budurlarni mikroskopik keskichlardek kesadi. Sanoatda jilvirlash tasmasidan harakatlanadigan dastgohlardan ko’proq foydalaniladi. Tasmaning eni 100-500 mm bo’ladi. Lok-bo’yoq parda qatlamini tekislash uchun bir tasmali jilvirlash dastgohi ishlatiladi. 170 Parda qatlam sirtini jilolash va silliqlash Yorug’lik nurini o’zidan xuddi ko’zguga o’xshab qaytaradigan yuqori sifatli yuza olish maqsadida lok-bo’yoq parda qatlam sirtlari maxsus materillar bilan jilolanadi. Jilolash materiali deb, lok-bo’yoq parda qatlamlarni silliqlash va ularni yaltiratishga mo’ljallangan tarkiblarga aytiladi. Ularga tekislovchi va jilo beradigan suyuqliklar, pastalar va nihoyat yaltiratilganidan keyin detallar ustidagi moy yuqini ketkazuvchi tarkiblar kiradi. Hozirgi vaqtda parda qatlamlarni pastalar yordamida jilolash eng samarali va keng tarqalgan usullardan biridir. Pastalar bilan jilo berishda parda qatlam sirti ishqalanishi tufayli sezilarli darajada qiziydi va yumshagan pasta qismlari jilolash elementining bosimi ostida sirtdagi noteksliklarni to’ldirib silliqlaydi. Jilo berish pastalari xuddi jilvirlash pastalari yordamida jilolash eng samarali va keng tarqalgan usullardan biridir. Pastalar bilan jilo berishda parda qatlam sirti ishqalanishi tufayli sezilarli darajada qiziydi va yumshagan pasta qismlari jilolash elementining bosimi ostidagi sirtdagi noteksliklarni to’ldirib silliqlaydi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling