A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Yog’och va yog’och materiallarni pardozlash texnologiyasi


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

17.7. Yog’och va yog’och materiallarni pardozlash texnologiyasi. 
Yog’och materialar yuzasida parda qatlam hosil bo’lishining 
o’ziga xos xususiyatlari 
Lok-bo’yoq parda qatlamlarining shakillanish jarayoni bir necha 
bosqichni o’z ichiga oladi. Tekis va silliq qoplama hosil qiluvchi 
bosqichga parda hosil bo’lish bosqichi deb ataladi. Parda qatlam hosil 
bo’lish bosqichi lok-bo’yoq materiallarni surkash usuliga, uning 


167 
agregat holatiga va yuzada parda qatlam shakillanishida turli fizik-
kimyoviy omillarning tasir etishiga qarab har xil bo’lishi mumkin. 
Lok-bo’yoq material asos (yog’och) havo chegarasida ro’y beradigan 
fizik-kimyoviy hodisalar shunchalar murakkabki ular shu vaqtgacha 
to’liq o’rganilgan emas. Lok-bo’yoq parda qatlamining xossalari asos 
turi va unga dastlabki ishlov berish bosqichlariga ko’p jihatdan 
bog’liq. Bunda lok-bo’yoqni surkashdan avval yog’och materiallar 
yuzasini pardozlashga tayyorlash muhim ahamiyatga egadir. 
Lok-bo’yoq materialialarning ho’llovchanligi va yoyiluvchanligi 
Yog’och va yog’och materiallar yuzasida lok-bo’yoq 
materiallarining ho’llovchanlik va yoyiluvchanlik xususiyatlari sifatli 
lok pardasi olishga imkon beradi. Ho’llovchanlik- bu lok-bo’yoq 
materiallarning yog’och yuzasiga shimilib ketishi xususiyatidir. 
Yoyiluvchanlik esa lok-bo’yoq materialni yuza bo’ylab bir tekisda 
oqishi va silliq parda qatlam hosil qilishidir. Bu ikki jism chegarasida 
adgeziya hosil bo’lishining birdan bir asosiy shartidir. Qattiq jism 
yuzasida suyuqlikning ho’llash va yoyila olish xususiyati uch fazali 
sistemaning erkin energiyasi bilan aniqlanadi. Bunday sistemadagi 
kuchlar ta’sirini qattiq jism sirtiga tomizilgan bir tomchi suyuqlik 
misolida ko’rish mumkin.
 6-rasm. Yog’och materiallar yuzasini pardozlashga tayyorlash. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling