A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Yog’ochning xossalarining lok-bo’yoq materialialarga ta’siri


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Yog’ochning xossalarining lok-bo’yoq materialialarga ta’siri 
Yog’och tarkibi murakkab bo’lgani uchun unda maxsus xossalar 
namoyon bo’ladi va ular pardozlash ishlariga ta’sir ko’rsatmay 
qolmaydi. Shuning uchun yog’ochning bu xossalarini pardozlash turi 


168 
va usullarini tanlayotganda albatta e’tiborga olinadi. Yog’och sirtidagi 
notekislik unga surkalgan lok-bo’yoq qatlam qalinligini bir tekisda 
chiqishiga imkon bermaydi.
7-rasm. Yog’och materiallar yuzasini loklash jarayoni. 
Yog’ochning o’ziga xos xususiyatidan yana biri uning 
suyuqliklar uchun kapilliar singdiruvchanligidir, u turli yog’ochlarda 
turlicha bo’ladi va bir yog’ochning o’zida tolalar yo’nalishi bo’yicha 
ham keskin farq qiladi. Kapillar singdiruvchanlik yadrosiz yog’och 
turlarida yuqori, yadroli turlarida esa juda past bo’ladi. Tolalarga 
ko’ndalang yo’nalishida singdiruvchanlik uzunasiga qaraganda bir 
necha marta kam bo’ladi. Shuning uchun lok-bo’yoq materiallarni 
tangensial va radial sirtlarga surkalganda ular yuza bo’ylab juda kam 
shimiladi. 
17.8. Lok-bo’yoq parda qatlamlarini quritish usulari va ish 
rejimlari. Pardozlashda atrof-muxitni muxofaza qilish 
Parda qatlam hosil bo’lishi bu yog’och yuzasidagi materialning 
suyuq yoki qovushqoq -oquvchan holatdan qattiq holatga o’tish 
jarayonidir. Bunda hosil bo’luvchi plyonka faqat qattiq bo’libgina 
qolmasdan balki u yog’och bilan adgeziyada bo’ladi. Ko’pchilik lok-
bo’yoq materiallarda parda qatlam hosil bo’lishi ularda ro’y beradigan 
fizik jarayonlar oqibatidir, bunday jarayonlarga erituvchilarning 


169 
bug’lanishi, 
lateks 
tipli 
bo’yoqlarning 
suvsizlanishi 
va 
suyuqlanmalarning sovushi kiradi. Lok-bo’yoq materialning boshqa 
turlarida masalan oligomer va ularning monomerdagi eritmalari, parda 
qatlam polimerlanish yoki polikondensatsiyalanish kabi kimyoviy 
jarayonlar natijasida yoki fizik kimyoviy jarayonlar bir vaqtning 
o’zida borishi bilan parda qatlam hosil bo’ladi. 
Faqat uchuvchan erituvchilari bug’lanib ketishi va qurilganidan 
so’ng yaltiroq parda hosil qiladigan lok-bo’yoq materiallarga 
termoplastik polimerlar, kimyoviy tuzilishi o’zgarmaydigan oligomer 
va polimerlar, masalan, tabiiy smolalar, polivinixlorid asosidagi 
smolalar va nitroselluloza kiradi. Parda hosil qiluvchi moddalarni 
suyuqlik holatidan qattiq shishasimon holatga o’tishi eritmalardan 
erituvchining bug’lanib ketishi, hajmining uzluksiz kichrayishi bilan 
bog’liqdir va u bir qator bosqichlarni amalga oshiradi. Tarkibida 
uchuvchan erituvchisi bo’lgan lok-bo’yoq parda qatlamlarining qurish 
vaqtiga harorat katta ta’sir ko’rsatadi, chunki harorat ortishi bilan 
bug’larning elastikligi oshadi va erituvchi molekulalarining 
bug’lanishi tezlashadi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling