A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Pardozlashda atrof-muxitni muxofaza qilish 
Mebel va yog’ochsozlik sanoatining pardozlash sexi hamda 
uchastkalaridan inson salomatligi uchun zararli va xavfli bo’lgan turli-
tuman uchuvchan eritkich va suyultiruvchi moddalar: benzin, benzol, 
ksilol, aseton, sterol, etil, metil, butyl, spirtlari, skipidar, uayt-spirt va 
boshqalar ishlatiladi. Lok - bo’yoq parda qatlamlarining qotish 
jarayonida ulardan erituvchi va suyultiruvchilar uchib ketadi. Shuning 
uchun tashqariga chiqarib yuborishdan oldin bu moddalar yetarli 
darajada tozalanmasa, ular havoni, tuproq, daryo va yer osti suvlarini 
hamda suv havzalarini ifloslantiradi. Yo’g’ochga ishlov berishda 
undan chiqadigan yog’och kukunlari, jilvirlash materiali changlari 
ham atrof muhitni iflos qiladi.
Lok-bo’yoqlar tarkibida eritkich va suyultirgichlardan tashqari 
plastifikatorlar hamda parda hosil qiluvchilar bo’ladi. Tabiiy va 
sintetik lok-bo’yoq materiallar yog’och hamda yog’och materiallarni 
pardozlashda asosiy material bo’lib ularni eritish va ish holatiga 
keltirish uchun nomlari yuqorida keltirilgan kimyoviy moddalardan 
keng foydalaniladi. 
Nitroselluloza, smola va plastifikatorlarning aralashmasi quyuq 
gelsimon massa bo’lib, ularga ishlatishdan oldin suyultirgichlar 
qo’shiladi. Toluol, butyl va etil spirtlari eng yaxshi suyiltirgichlardir. 


171 
Suyultirgichlarning fizik-kimyoviy xossalaridan biri ularning tez va 
oson uchuvchanligidir. Shuningdek ular o’z-o’zidan malum sharoitda 
alangalanib, yonib ketishi mumkin.
Eritkichlar sifatida uchuvchan moddalardan foydalanganda ish 
joyida ularning bug’lari to’planib, xavfli vaziyat vujudga keladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida ish joylaridan eritkich, lok-
bo’yoqlarning bug’lari, ayrim hollarda esa lok-bo’yoqlarning 
zarrachalari ventelatsiya sistemasi orqali atmosferaga chiqarilib 
yuboriladi. Bino ichidan tashqariga chiqarib yuboriladigan havoning 
hajmi ko’p shuning uchun atmosferaga qo’shilib ketadigan zaharli 
moddalarning umumiy miqdori ham anchagina bo’ladi. Vaholanki 
chiqarib yuboriladigan iflos havo tarkibida zaharli moddalarning 
konsentratsiyasi unchalik yuqori emas. Agar tashqariga chiqarib 
yuboriladigan havo oqimi zaharli moddalardan yomon tozalangan 
bo’lsa, korxona va unga yaqin turar joylar atrofidagi havo kuchli 
ifloslanadi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling