A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Arralangan materiallarning xarakteristikasi


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Arralangan materiallarning xarakteristikasi. Geometrik 
shakli hamda ko’ndalang kesimi bo’yicha arralangan materiallar 
bruslar, taxtalar, shpallar, pushtaxta, zagotovkalarga ajratiladi. 
Bruslar - qalinligi va kengligi 100 mm dan ortiq bo’lgan 
arralalangan materiallardir. Arralangan (tilingan) tomonlariga qarab 
bruslar ikki kantli, uch kantli va to’rt kantli bo’lishi mumkin. 
Brusoklar - qalinligi 100 mm gacha va kengligi qalinligidan 
ko’pi bilan ikki martadan ortiq bo’lmagan, yonlari tilingan arralangan 
materialdir. 
Taxtalar kengligi qalinligidan ikki marta ortiq va qalinligi 100 
mm gacha bo’lgan arralangan materiallardir. 
Shpallar - temir yo’llarning relslari uchun tayanchlar sifatida 
ishlatiladigan arralangan materiallardir. Shpallar yon chetlari olingan 
va yon chetlari olinmagan bo’lishi mumkin. 
Pushtaxta g’o’lani bo’yiga tilganda chiqadigan yon qismi. Igna 
bargli daraxt turlarining pushtaxtalari tog’ shaxtalarida va konlarida 


25 
mahkamlash materiallari sifatida ishlatilib, obapol deb ataladi. Obapol 
taxtali va pushtaxtali xillarga ajratiladi. Taxtali obapol bo’yiga 
tilingan g’o’ladan, yon qismidan chiqqan arralangan mahsulot bo’lib, 
bir yog’i arralangan va ikkinchi tomoni arralanmagan yoki to’liq 
tilinmagan sirtga ega bo’ladi. Pushtaxtali obapolda faqat bir tomoni 
tilingan bo’ladi. 
Umumiy ishlarga mo’ljallangan arralangan materiallar 
o’lchamlari bo’yicha yupqa (qalinligi ko’pi bilan 32 mm gacha 
bo’lgan) va qalin - qalinligi 35mm va undan ortiq (yaproqli daraxtlar), 
40 mm va undan ortiq (igna bargli daraxt yog’ochida) xillarga 
ajratiladi. Yaproqli daraxt yog’ochining arralangan materiallar 
uzunligi bo’yicha kalta- 0,5 dan 0,9 m gacha; o’rtacha 1,0-1,9 m uzun, 
0,2-6,5 m xillarga ajratiladi; igna bargli daraxt arralangan 
materiallarning uzunligi (0,25 m gradatsiya bilan) 1-6,5 m bo’ladi. 
Arralangan materiallarning nominal o’lchamlari namligi 15% bo’lgan 
yog’och uchun belgilangan. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling