A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
7-rasm. Nok.
Dub (Eman). Eman yog’ochi to’q-jigar rangli, yillik xalqalari aniq bilinadi, chiroyli tabiiy gulli, yirik tolali bo’ladi. Mexanikaviy xossalari juda yuqori, ishlash qiyin, zichligi katta. Suvda chirimaydi, namga chidamli, yaxshi pardozlanadi. Shuning uchun undan yer osti qurilishlarida, mashinasozlikda, mebellarni fanerlashda, mebel korxonalarida keng ishlatiladi. 8-rasm. Eman. Chinor. Chinor daraxtining po’stlog’i qizg’ish sariq tusli, silliq, yupqa bo’ladi. Yog’ochi pishiq-puxta, qattiq, ishlash ancha qiyin, qizg’ish-qoramtir rangli, chiroyli tabiiy gulli, yaxshi pardozlanadi. Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi. 19 9-rasm. Chinor. 2.5. Daraxtlarni qisimlarga ajratish. Dumaloq yog’ochlar Daraxtning tuzilishi. Tabiatda o’sib turgan har qanday daraxtni shartli holatda uch qismdan iborat deyish mumkin. Bular: tomirlar, tana va shox-shabbalardan iborat. Daraxtning tomirlari murakkab, har tomonga tarmoqlagan ko’p funksiyali sistemadir. Tomirlar sistemasiga kiruvchi mayda tomirchalar esa tuprokdan turli mineral tuzlarni, uglekislotalarni suv orqali tortib, yirik tomirlar, so’ngra daraxtning tanasi orqali shox-shabbalariga uzatadi. Yirik tomirlar daraxtni vertikal holatda ushlaydi va uiing hayoti uchun turli ozuqalarni to’plab saklaydi. Daraxtning tanasi asosiy qism bo’lib, uni shartli ravishda ingichka (yuqori) qism va yo’g’on (pastki) qismga bo’lish mumkin (4-rasm). Daraxtning shox-shabbasi, asosan, tananing yuqori qismidagi ingichka tana qismi bo’lib, unga shox-shabbalar, barglar va boshqalar kiradi. Shox-shabbalar daraxt hayoti uchun juda katta rol o’ynaydi. Daraxt barglari esa quyosh energiyasi ta’sirida ozuqabop moddalarni hosil qiladi, bu daraxtning o’sishi uchun zarurdir, ya’ni fotosintez jarayonini amalga oshiradi. Tananing bosh qirqimlari. Har qanday daraxtda tananing qirqimi asosiy qirqimlardan biri hisoblanadi, chunki bu qirqim uning kapilliarligini, g’ovaklik, tuzilish tabiatini aks ettirgani uchun bosh qirqim deyiladi. Daraxt uchta bosh qirqimdan iborat bo’lib, uni o’zaro farq qilish kerak. Ko’ndalang qirqim daraxt tanasining o’qiga perpendikulyar tekislik bilan kesish orqali, radial qirqim tananing uzunligi va markazi (o’qi) bo’ylab o’tkazilgan tekislik bilan kesish orqali, tangental qirqimi esa tananing uzunligi va markazidan (o’qidan) o’tmagan tekislik bilan kesish orqali hosil qilinadi. 20 Shuni aytib o’tish kerakki, yuqorida qayd qilingan daraxt qismlari ham, o’z navbatida, bir necha qismlarga bo’linadi. Tananing asosiy qismlari. Har qanday daraxtning ko’ndalang va radial qismlarida uning asosiy anatomik strukturalarini, ya’ni o’zagi, mag’izi, markaziy qismi, pustlor osti, pustlorini va xokazolarni kuzatish mumkin. O’zak. Taxminan tananing markaziga joylashgan bo’lib, ko’pgina daraxtlarda u qoramtir rangda namoyon buladi, formasi esa aylanasimon bo’lib, diametri taxminan 2-5 mm (ba’zi daraxt turida 10 mm gacha) bo’ladi. O’zak nozik, tez chiriydigan bo’ladi. Chirish o’zakdan boshlansa, po’stloqqacha tarqalib daraxtni yo’q qilishgacha olib keladi. O’zak rovak hujayralardan iborat bo’lib, u butun tana bo’ylab o’tadi. O’zakdan po’stloqqa qarab o’zak nurlari o’tadi. O’zak nurlari barcha daraxt turlarida mavjud bo’lib, shakli va joylanishlariga ko’ra, bir-biridan farq qiladi. O’zak nurlari tananing har handay qirqimi bo’yicha ko’rish mumkin. Birlamchi deb ataluvchi o’zak nurlari o’zakdan boshlanib, po’stloqqa qadar davom etadi, ikkilamchi deb ataluvchi o’zak nurlari o’zakdan turlicha masofada boshlanib, po’stloqqa qadar yetib boradi. O’zak nurlarining eni 0,005-1 mm atrofida bo’ladi. O’zak nurlari tananing turli qirqimida har xil ko’rinishga ega bo’ladi. Radial qirqimda o’zakdan po’stloqqa tomon yo’nalgan ensiz chiziqlar ko’rinishida, tangensial qirqim bo’yicha uzuq-uzuq chiziqlar ko’rinishida, ko’ndalang qirqimda radius bo’yicha yo’nalgan chiziqlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling