A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Durodgor dastgohlarini turlari va tuzilishi


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

2.2. Durodgor dastgohlarini turlari va tuzilishi 
Duradgorlik dastgohlarida yog’ochga ishlov berish jarayonlari 
bajariladi. Ma’lumki, duradgorlik dastgohlarining tuzilishi xar hildir. 
Shulardan biri 1-rasmda ko’rsatilgan. Duradgorlik dastgohlari turlicha 
bo’lsada, ularning barchasida yog’och yoki metall asos (dastgoh 
tagligi) va iskanjali yog’och qopqoq bo’ladi. Asosda stol o’rnatilgan 
bo’ladi. Stolning asosiy qismlari bo’ylama va ko’ndalang 


14 
qisqichlardan, ponalar o’rnatish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va 
asbob uskunalar qo’yish uchun moslangan novdan iborat. Har bir ish 
o’rniga individual asbob uskunalar, yog’och materiallar, dastgoh 
noviga xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda batartib 
o’rnatiladi.
Dastarra, randa, iskana, bolg’a kabi asboblarning dastalari 
ishlovchiga qaratib o’rnatiladi. Dastgohdan foydalanib arralashda 
arralanadigan taxta materialning uzun qisqaligiga, enlik-ensizligiga 
qarab tilish va qirqish turli hollarda olib boriladi. Asboblar dastgohda 
foydalanish uchun qulay holatda turishi kerak. Duradgorlik 
dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi. Uning 
yordamida vint dastgohini burab siquvchi taxtacha suriladi va ishlov 
beriladigan detal mahkamlanadi yoki bo’shatiladi. 
1-rasm. Duradgorlik dastgohi. 
Duradgorlik dastgohining poldan balandligi unda ishlovchining 
bo’yiga mos bo’lishi kerak. Buni quyidagicha tekshirish mumkin: 
Dastgoh yonida turing va qo’llaringizni cho’zib, kaftlaringizni dastgoh 
ustiga qo’ying. Agar shunda qaddingizni yoki qo’llaringizni bukishga 
to’g’ri kelmasa demak, dastgohning balandligi to’g’ri o’rnatilgan. 
Dastgohning usti shikastlanmagan, vintli iskanja oson surilishi kerak. 
Duradgorlik dastgohidan foydalanishda uning oldingi va keyingi 
iskanjalarini haddan tashqari siqish mumkin emas. Ponalarni 
dastgohdagi uyalarga faqat to’qmoq yordamida o’rnatish lozim. 
Dastgoh qopqog’ini kesuvchi va zarb beruvchi asboblar 
shikastlashidan saqlash kerak. 


15 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling