A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Daraxtlar. Yog’och materiallarning turlari va xossalari


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

2.4. Daraxtlar. Yog’och materiallarning turlari va xossalari. 
Daraxt turlari va o’sish joylari 
Duradgorlikda bir necha xil daraxt yog’ochlaridan foydalaniladi. 
Quyida shulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz. 
Terak. Baqa va mirza terak turlari mavjud bo’lib, ular bir-
birlaridan tana va shoxlarining tuzilishi bilan farq qiladi. Baqa 
terakning po’stlog’i oq-ko’kish rangli, silliq bo’lib, tananing pastki 
qismida chatnog’i bo’ladi. Sershox, tanasi uncha to’g’ri bo’lmaydi. 
Mirza terakning po’stlog’i sarg’ish, silliq, chatnash kam uchraydi. 
Tanasi to’g’ri, baqa terakka nisbatan kam shox bo’ladi, undan yaxshi 
sifatli xoda olinadi. 
4-rasm. Terak. 
Shumtol. Shumtol yog’ochi och-qizg’ish rangli, puxta, pishiq, 
egiluvchan bo’lib, ishlash qiyin. Lekin silliq randalaniladi va yaxshi 
pardozlaniladi. Mayin tolali, yillik xalqalari aniq bilinadi, tabiiy guli 


17 
chiroyli. Bug’langan holda yaxshi egiluvchan bo’ladi. Shumtol mebel 
sanoatida, 
faner 
tayyorlashda, 
kemasozlik, 
vagonsozlik, 
samalyotsozlik korxonalarida ishlatiladi. 
5-rasm. Shumtol. 
Qarag’ay. Qarag’ayning po’stlog’i qalin, to’q jigar rang
yog’ochi oqqizg’ish rangli, to’g’ri qatlamli, yengil, puxta, smolali 
bo’lib, namga chidamli. 
6-rasm. Qarag’ay. 
Buk (qora qayin). Qora qayin sarg’ish-qizg’imtil tovlanadigan 
oqish tusli, radial qirqimi bo’yicha chiroyli tabiiy gulli, namga 
chidamsiz, qattiq qovushoq yog’ochdir. Shuning uchun undan egib 
ishlanadigan mebellar, randalangan faner, chizmachilik asboblari 
tayyorlanadi, mashinasozlik sanoatida ham ishlatiladi. 


18 
Nok. Qizg’ish-jigarrang, taramlari va chiziqlari kam seziladi. Bir 
tekis zichlikka ega, qattiq va silliq yog’och. Ishlov berish qulay. Nok 
150-300 yilgacha yashaydi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling