A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

1.6. Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar 
Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan 
uzviyligi. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va pazandachilik 
asoslari yo’nalishlarida ishlab chiqarish va uning mohiyati. Ishlab 
chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro’yxati va ularning 
mazmuni. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat 
standartlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o’lchash va 
taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash 
qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, 
tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. 
Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish. 
Nazorat savollari: 
1. Texnologiya so’zining ma’nosi? 
2. Texnologiya va dizayn fanining maqsadi? 
3. Texnologiya va dizayn fanining vazifasi? 
4. Taxnologiya va dizayn fani qaysi fanlar bilan o’zaro bog’liq? 
5. Texnologika jarayon nima? 
2-MAVZU. YOG’OCHDAN TAYYORLANADIGAN 
BUYUMLARGA XOMASHYO TANLASH VA TAYYORLASH 
TEXNOLOGIYASI 
Tayanch so’zlar: yog’och, xomashyo, buyum, material, 
mahsulot, yo’g’ochdagi nuqsonlar, mix, birikmalar, duradgorlik 
dastgohlari. 


13 
2.1. Yog‘och xomashyo tayyorlash to‘g‘risida asosiy tushunchalar. 
Yog’ochning turmushda va xalq xo’jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, 
turlari, ishlatilish sohalari 
Yog’och tayyor qurilish materiali bo’lib, u xalq xo’jaligining 
turli sohalarida keng ko’lamda ishlatiladi. Yog’och duradgorlikda 
ishlatiladigan asosiy material hisoblanadi. Undan qurilish va 
inshootlarda, avtomobilsozlik, vagonsozlik, kimyo va ko’mir 
sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari tayyorlash va boshqa 
sohalarda foydalaniladi. Yog’ochning keng ko’lamda ishlatilishiga 
sabab uning texnik xossalarining yuqoriligidir. Yog’ochni ishlash 
oson, vazni yengil, puxtaligi yuqori, issiqlik va elektrni yomon 
o’tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi, ko’pchilik 
yog’ochlarning tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lib, puxta yelimlanuvchan 
bo’ladi va yaxshi pardozlanadi. Ammo yog’ochning ayrim 
kamchiliklari ham bor: temperatura, namlik o’zgarishi natijasida 
yog’och qurib tob tashlaydi, nam tortib shishadi, yeshilib-toblanadi, 
yoriladi. Yog’ochning puxtaligi, qattiqligi va boshqa mexanik 
xossalari, metallardagi singari, turli yo’nalishda turlichadir, 
yog’ochning mexanik xossalari nam ta’sirida keskin kamayadi. 
Yog’och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning yemirishiga 
qarshilik ko’rsata olmaydi.
Hozirgi kunda yog’och ishlash korxonalarida tabiiy yog’och 
o’rnini oladigan yangi tur materiallar ishlab chiqarilmoqda va 
ishlatilmoqda. Yog’och ishlash korxonalarida hosil bo’ladigan 
chiqindilardan: arra qipig’i va payraxalaridan presslash yo’li bilan 
tayyorlanadigan yog’och tayyorlanayotgan yog’och materiallar tabiiy 
yog’ochlarda uchraydigan har xil nuqsonlardan, kamchiliklardan holi, 
puxtalik jihatidan ustun bo’lib ayrim hollarda metall o’rnini ham 
olmoqda. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling