A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

1.5. Fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va 
istiqbollari
Fan quyidagi xususiyatlarga ega: 
- universalllik - tadqiq etilayotgan ob’yekt to’g’risida mavjud 
bilimlarni ular qanday olingan bo’lsa, shunday holatga taqdim etadi; 
- fragmentarlik - ob’yektiv borliqning jamini emas, balki unga 
xos ayrim fragmentlarni yoki ularning parametrlarini o’rganadi. Fan 
o’z navbatida alohida predmetlarga bo’linadi; 
- umum ahamiyatlilik - olingan bilimlar barcha insonlar uchun 
foydalidir, chunki fan tili yagona bo’lib, u odamlarni birlashtirishga 
harakat qiladi; 
- tizimlilik - fan bir-biri bilan bog’lanmagan qismlardan tashkil 
topgan emas. U o’ziga xos tartibga egadir; 
- sinalganlik - xulosalar ma’lum qoidalarga binoan tekshirilishni 
talab qiladi va undan o’tkaziladi; 
- ratsionallik - bilimlar oqilona ish yuritish va mantiq 
qonunlariga tayangan holda olinadi, empirik daraja chegarasidan 
o’tuvchi nazariyalar va ularni asoslarini shakllantiradi. 
Tabiiy-ilmiy bilishning shakllariga - nazariy tizimning muhim 
elementlari hisoblangan muammo, gipoteza, nazariya, prinsiplar, 
kategoriya hamda qonunlar kiritiladi. 
Muammo - tadqiqotchi tomonidan anglangan, mavjud bilimlar 
javob bera olmaydigan masalalardir. Ilmiy muammoni to’g’ri tanlash 
juda muhimdir. 
Ilmiy gipoteza - bu haqiqiyligi yoki noto’g’riligi hali 
isbotlanmagan bilimlardir. Gipoteza ilmiy tadqiqot jarayonini ma’lum 
yo’nalishda yo’naltiradi, yangi-yangi dalillarni va ma’lumotlarni 
to’plashga yordam beradi. 
Nazariya - haqiqatligi isbotlangan bilimlardir. 


12 
О’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bozor iqtisodiga 
о’tish davrida ilmiy-tekshirish muassasalari olib borayotgan asosiy, 
amaliy va innovatsion tadqiqotlarga katta e’tibor qaratadi. Bugungi 
kunda yuqori bilimni talab qiluvchi mahsulotlar va ilmiy-tekshirish 
muassasalari xizmatlarini keng targ’ib qilish, muhim amaliy ilmiy 
natijalardan foydalanishning yangi yо’llari aniqlanib, hayotga tatbiq 
qilinmoqda, О’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy 
bо’limlari faoliyati takomillashtirilmoqda. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling