A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Turli sanoat tarmoqlari, aqlli materiallar va qurilmalar


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

29.2. Turli sanoat tarmoqlari, aqlli materiallar va qurilmalar 
hamda mikroelektron tizimlar yaratish va ularni noyob 
xossalarini aniqlashda sensorlar va aktivatorlar sifatida amaliy 
qo‘llash 
Sanoat, deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi 
korxonalar (zavod, fabrika, kon, shaxta, elektr stansiya, ferma va h.k.) 
majmuasiga aytiladi. Sanoat xalq xoʻjaligining muhim sohasidir. 
Sanoat

industriya 
— xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab 
chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir 
koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq 


220 
xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa 
mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib 
olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki 
qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta 
ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, 
shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial oʻsishni 
taʼminlaydi. 20-asrning 80yillarida qabul qilingan tasniflashga koʻra, 
Sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika; 
yoqilgʻi Sanoati; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft 
kimyosi Sanoati; mashinasozlik va metallga ishlov berish; oʻrmon, 
yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza qogʻoz Sanoati; qurilish 
materiallari Sanoati; qurilish konstruksiyalari va detallari Sanoati; 
oyna va chinnifayans Sanoati; yengil S; oziq-ovqat Sanoati; 
mikrobiologiya Sanoati; unyorma va aralash yem Sanoati; tibbiyot 
Sanoati; poligrafiya sanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida — ishlov 
beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi. 
Asrimiz mo‘jizasi bo‘lgan kompyuterlar yaratilishi bilan 
axborotlarni jamlash, saqlash, uzatishda juda ishonchli imkoniyatlarni 
taqdim etdi. Kompyuter (ing. computer — hisoblayman) — oldindan 
kiritilgan dastur bo‘yicha ishlaydigan avtomatik qurilma elektron 
hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xil nomga ega. Biroq, kom-
pyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari, ancha keng funksiyaga 
ega. EHM’larning rivojlanishida kompyuterning bir necha avlodlarini 
ko‘rsatish mumkin. 
Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, 
mantiqiy tuzilishi, dastur ta’minoti, texnik ko‘rsatkichlari, texnikadan 
foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy 
element elektron lampa bo‘lgani uchun hajmi ham juda katta bo‘lgan. 
So‘ngra bu lampa o‘rnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-
2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan 
kompyuter (IBM-360, IBM-370, (AQSH), ESEVM (Rossiya) va 
boshqalar, integratsiya darajasi katta bo‘lgan integral sxemalar 
o‘rnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo bo‘ldi. 
Shaxsiy kompyuter (mikro va makro EHM) tushunchasi XX asr 
70-yillarining oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy 
kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan 
foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi, 


221 
massasi ham kamaydi. 1981-yilda IBM firmasi shaxsiy kompyu-
terning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. 
Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, 
Apple firmasida esa Macintosh («Makintosh») deb ataladigan 
kompyuterlar yaratildi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling