A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


-rasm. Sensorlar va aktivatorlar


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

1-rasm. Sensorlar va aktivatorlar. 
XX asr boshlarida dunyoda o‘nlab mln. shaxsiy kompyuterlar, 1 
mln.ga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha o‘n super EVM) bo‘lgan. 
Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan tarkibiy qismlar 
va ko‘rsatkichlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Murakkab 
masalalarni yechishda kuchli qurilmalar o‘rnatilgan kompyuterdan, 
hujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi bo‘lgan kompyuterdan 
foydalaniladi. Istalgan kompyuter tizimlar bloki, monitor va 
klaviaturadan iborat. Zarur bo‘lganda, boshqa qurilmalar ham ulanadi. 
Tizimlar blokida kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim 
qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni 
bajaruvchi mikrosxemalar) bo‘lib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. 
Monitor (displey) matn va turli tasvir ko‘rinishidagi axborotlarni 
ekranda aks ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq va turli 
axborotlarni kiritadi. Ko‘pincha, kompyuter tarkibiga «sichqoncha» 
manipulyatori va printer kiritiladi. «Sichqoncha» ikki yoki uchta 
tugmasi bo‘lgan qurilma bo‘lib, uning yordamida kompyuter ishini 
osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qog‘ozga tushirish uchun 
xizmat qiladi. Zamonaviy kompyuterlar, asosan, to‘rt qurilma: 
boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan 
iborat. 


222 
Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini 
muvofiqlashtiradi va boshqaradi. Protsessor kompyuterning asosiy 
qurilmasi bo‘lib, axborotlarga ishlov beradi, ya’ni hisoblash amallari, 
solishtirish va uzatish kabi arifmetik-mantiqiy amallarni bajaradi. 
Qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira 
qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat 
qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat 
saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketa, fleshka va boshqalar)da 
saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish-
chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. 
Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yo‘lida 
qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab 
chiqarishni tubdan o‘zgartirishga, hayot-faoliyatni osonlashtirishga 
imkon beradi. Turli axborotlarni yig‘ib va tahlil qilib, juda katta 
hisoblash ishlarini bajarib, qulay bo‘lgan shaklda ifodalaydi. 
Ma’lumki, kompyuterda axborotni saqlovchi, xususan, protsessor 
registrlari, registr KESH-xotirasi va boshqa juda ko‘p qismlari 
mavjud. Eng muhim qismlaridan biri operativ xotirasi va doimiy 
xotirasi bo‘lib, ularni axborot tashuvchi deb atash mumkin. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling