A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Polimer materiallari turlari va xoassalari. To’ldirgichlar
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’ldirgichlarga bo’lgan talablar
5.4. Polimer materiallari turlari va xoassalari. To’ldirgichlar
Plastmassa mahsulotlari tarkibiga to’ldirgichlar ham kiritilishi mumkin. To’ldirgichlar sifatida qattiq va gazsimon moddalardan keng qo’llaniladi. Bunday moddalar bilan to’ldirilgan plastmassalar nihoyatda qattiq, mustahkam va mo’rt bo’ladi. Ular yonmaydigan, elektr o’tkazuvchan va ishqalanish koeffitsientlari toza (ya’ni, to’ldirilmagan) plastmassa mahsulotiga nisbatan yuqori bo’ladi. Agar to’ldirgichlarni tayyorlash, ularga ishlov berish texnologik jarayonlari katta energiya va mablag’larni talab qilmasa, to’ldirilgan palastmassalarning narxi pasayishi ham mumkin. Ko’pgina holatlarda plastmassa tarkibiga qattiq to’ldirgichlar (masalan, grafit, yog’och kukuni, bur, turli metallar va boshqalar) kiritiladi. Qattiq to’ldirgichlar kukun shaklida ham, tola shaklida ham qo’llanilishi mumkin. Sellyuloza, SiO 2 , SaSOz, TiO 2 va boshqalar zaharsiz to’ldirgichlar hisoblanadi. Plastmassa tarkibida to’ldirgichlarning miqdori 45 - 50% ni tashkil etishi mumkin. Bunday polimer kompozitsion materiallardan asosan quti, chelak, savat, turli idishlar va likobchalar ishlab chiqariladi. To’ldirgichlarga bo’lgan talablar 1. To’ldirgichlar polimer bilan aralashib bir jinsli sistema hosil qilish qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak. 2. To’ldirgichlar polimer suyulmasi yoki eritmasida ho’llash qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak. 3. To’ldirgichlarni saqlash, ularga ishlov berish va qo’llash jarayonlarida ular o’z xossalarini yo’qotmasliklari kerak. 4. To’ldirgichlar suv, moy va boshqa suyuqliklar ta’sirida plastmassa tarkibidan ajralib chiqmasliklari kerak. 5. Ko’pgina holatlarda oziq-ovqat mahsulotlarini o’rash uchun ishlab chiqariladigan plyonkalar va umuman, o’rash mahsulotlarning estetik ko’rinishlarini yaxshilash maqsadida, ular maxsus bo’yaladi. Plastmassa mahsulotlarini ranglash uchun tabiiy va sintetik ranglardan qo’llaniladi. Bunday ranglar odatda erituvchilar ta’sirida eriydi va polimer bilan kimyoviy bog’langan bo’ladi. Ko’pgina holatlarda organik va anorganik pigmentlar ham plastmassa tarkibiga kiritiladi. Ular eruvchan emas. Anorganik ranglar biologik faol moddalar bo’lib, ularning faolligi birikma tarkibidagi elementlarga bog’liq bo’ladi. Masalan, 65 stronsiy va xrom elementlari asosida olingan ranglar zaharli hisoblanadi. Turli aminoantraxin va azoranglovchi birikmalar jigar, buyrak va markaziy asab sistemasining normal ishlash faoliyatiga salbiy zarar yetkazadi. Polimer tarkibidan ranglarni ajralib chiqishi va teri orqali yoki suv va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga oshqozonga kirib borishi umumiy zaharlanishga olib kelishi mumkin. Temir va titan elementlari asosida olingan ranglar zaharsiz hisoblanadi. Odatda plastmassa mahsulotlari tarkibidagi ranglarning miqdori 0,01 - 1,0% atrofida bo’ladi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling