A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Metall kesish dastgohlari, moslamalar, kesuvchi va


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

10.3. Metall kesish dastgohlari, moslamalar, kesuvchi va 
o’lchovchi asboblar tanlash 
Mexanik ishlov berish rejasi tuzilganda operatsiya qaysi 
dastgohda bajarilishi ko’rsatilib utiladi. Uning modeli va texnologik 
imkoniyatlari keltiriladi. Xuddi shuningdek o’lchamlari, kuvvati, 
unumdorligi, narxi ham keltiriladi. Dastgohlarning modeli asosan 
ishlab-chiqarish turiga qarab belgilanadi. Masalan, donali ishlab-
chiqarishda 
universal, 
yalpi 
ishlab-chiqarishda 
maxsus, 
avtomatlashtirilgan, agregat dastgohlardan foydalaniladi. Texnologik 
moslamalar ham dastgohlar kabi ish unumdorligini tapminlash 
maqsadida ishlab-chiqarish turiga qarab tanlanadi. Donali ishlab-
chiqarishda dastgohni o’zidagi moslamalardan foydalanilsa yalpi 
ishlab-chiqarishda maxsus moslamalar qo’llaniladi. Kesuvchi asboblar 
ham o’z navbatida ishlab chiqarish dasturi ortishiga qarab 
maxsuslashib boradi. Buning asosiy sabablari bilan biz siz bilan 
avvalgi paragrafda tanishib chikdik. Xuddi shu kabi o’lchov 
asboblarning 
standartlashgan 
universal 
turlari 
donali 
ishlab 
chiqarishda qo’llansa, yalpi ishlab-chiqarishda maxsus chegaraviy 
kalibrlar, indiqatorli qurilmalar va moslamalardan foydalaniladi. 
Ishlab chiqarish jarayoni zagotovkadan yoki chala mahsulotdan 
tayyor mahsulot olish uchun bajariladigan barcha jarayonlar (ishlar) 
yig’indisidan iborat. Ishlab chiqarish jarayoniga faqatgina asosiy 
jarayonlar: mashina detallariga mexanik ishlov berish, ularni yig’ish 
kirmasdan, balki yordamchi turdagi jarayonlar: detallarni tashish, 
nazorat qilish, kesuvchi asboblar va moslamalarni tayyorlash kabi 
jarayonlar ham kiradi. Texnologik jarayon material yoki zagotovkadan 
tayyor mahsulot olish maqsadida ularning shaklini, o’lchamlarini va 
xususiyatlarini belgilangan texnik talablar asosida ketma-ket 
o’zgartirishdan iborat. Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni 
ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni 
quyidagi davrlardan iborat bo’ladi:


113 
1) zagotovka tayyorlash – quyish, bolg’alash, shtamplash yoki 
prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish;
2) mashina detallarini yakuniy shakl va o’lchamlarga keltirish uchun 
metall kesish dastgohlarida ishlov berish;
3) yig’ma birikmalar, agregatlar yoki mexanizmlarni hosil qilish;
4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yig’ish;
5) mashina yoki mahsulotni sozlash va sinash;
6) mashina yoki mahsulotni bo’yash va ularni konservatsiya qilish.
Ishlab chiqarishda bajariladigan texnologik jarayonlarning 
barcha operatsiyalarida texnik nazorat o’tkaziladi. Texnik nazorat 
o’tkazishdan maqsad mahsulotni talab qilingan texnik shartlarga javob 
bera olishini tekshirishdan iborat. Mexanik ishlov berish texnologik 
jarayoni kam material va mehnat resurslarini sarflagan holda talab 
etilgan texnik shartlar asosida tayyor mahsulot yaratishga qaratilgan 
bo’lishi kerak. Texnologik jarayonlar GOST 1.109-73 asosida 
loyihali, ishchi, donaviy, namunaviy, standart, vaqtli, taraqqiy 
xarakterdagi (kelgusida qo’llaniluvchi), marshrutli, operatsiya uchun 
va marshrutli-operatsiyali bo’lishi mumkin.

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling