A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Yog’ochning kimyoviy turg’unligini oshirish


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

9.4. Yog’ochning kimyoviy turg’unligini oshirish 
Yog’och konsentrlangan ishqor va kislota muhiti ta’siriga 
chidamsizdir. Kuchli kislotalar ta’sirida yog’och tarkibidagi 
polisaxaridlar gidrolizga uchraydi va uning tolalari bo’shashadi. 
Konsentrlanagn ishqorlar ta’sirida gemitsellyuloza va lignin eriydi, 
sellyuloza bo’kadi, natijada yog’och moddalari bo’shashadi va qisman 
eriydi. Buzilish jarayoni harorat ortishi bilan tezlashib boradi. 
Yog’ochga ba’zi gaz holatdagi moddalar ham yomon ta’sir etadi (xlor, 
vodorod xlor, azot oksidlari, sernokisliy gaz va boshqalar). Lekin 
agressiv bo’lmagan kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan 
korxonalarda yog’och jihozlardan foydalanilsa bo’ladi. Yog’ochdan 
kimyoviy jihozlar tayyorlash ustida ko’p ishlar qilingan. 
Yog’ochni shimdirish orqali 50% li sulfat kislota, 50% li fosfor 
kislota, 60% li sirka kislota, 36% li xlor kislota va boshqa kimyoviy 
moddalar ta’siriga chiday oladigan materiallar olish mumkin. 
Yog’ochni kauchuk, oltingugurt va bitum bilan shimdirish orqali 
kimyoviy turg’un yog’och olish mumkin. Kimyoviy turg’un yog’och 
olishning qisman eterefikatsiyalash usuli ham ma’lum. Kremniy 
organik birikmalarga shimdirilgan yog’och suvga, olovga chidamliligi 
va mexanik pishiqligi, hamda kimyoviy turg’unligi bilan ishlov 
berilmagan yog’ochdan farq qiladi. 
Yog’och va yog’och materiallari xalq xo’jaligining barcha 
tarmoqlarida keng qo’llaniladi. Undan qurilish va inshootlarda
avtomobilsozlik, vagonsozlik, ximiya va ko’mir sanoatida, qog’oz-
sellyuloza sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari, gugurt ishlab 
chiqarish, etil spirti, sintetik kauchuk, turli loklar, bo’yoqlar ishlab 
chiqarish sohalarida ham keng foydalaniladi. 
Yog’och materiallarning bunday keng ko’lamda ishlatilishiga 
sabab texnik xossalarining yuqoriligi va qulayligidir. Yog’ochni 
ishlash ancha oson. Vazni yengil, puxtaligi yuqori, issiqlik va elektr 
tokini yomon o’tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi. 
Ko’pchilik yog’ochlarning tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lib, puxta 
yelimlanuvchi bo’ladi va yaxshi pardozlanadi. Shunga qaramasdan, 
yogochlar turli kamchiliklardan ham xoli emas, ya’ni, temperatura, 


108 
namlik o’zgarishi natijasida yog’och qurib, tez deformatsiyalanadi 
(tob tashlaydi), nam tortib shishadi, yoriladi va hokazo. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling