A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

6-
mashq.
Berilgan gaplardan aniqlovchilarni topib, daftaringizga 
yozing.
1. Maqtanchoq odam hammaga ham yoqavermas ekan. 2. Mavlono 
Fazliddin uyining qayerdaligini Tohirga batafsil tushuntirdi. 3. Madrasa 
hovlisining har bir burchagiga gullar ekilgan. 4. Daladagi ishlarni 
bitirib qo‘ydik. 5. Mana shu yer bizning tug‘ilib o‘sgan zaminimiz. 
6. Ansamblning yaxlitligi jihatidan Xiva O‘rta Osiyoda yagona hi-
soblanadi. 7. Obidalarning ko‘pchiligi Amir Temur davrida bunyod 
etilgan.
5-
topshiriq.
Matnni o‘qing. Matn yuzasidan berilgan topshiriqlarni 
bajaring.
Tillashayx jome masjidi
Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod 
etilgan.
Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan 
ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning 
ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon 
qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi 
tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik 
tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki 
ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch 
http://eduportal.uz


57
Lug‘at
naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid 
ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan bosh-
qalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham 
o‘rnatilgan.
Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan 
bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil 
Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me’moriy obida atrofidagi 
e’tiborga molik obidalar ham ta’mirlandi.
(„Ensiklopediya“dan)

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling