A. S. Yuldashev, M. U. Tojiboyev


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/88
Sana02.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#187872
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88
Bog'liq
2botanikresursshunoslikpdf

Smolali  o’simliklar  deb  to’qimalarida  smolalar  va  balzamlar  saqlaydigan  o’simliklarga 

aytiladi. Ular o’simliklardan normal fiziologik almashinuv jarayonlari natijasida po’stloglaridagi 

yoriqlardan, ba’zan maxsus qilingan yoriqlardan ajraladi. Tabiiy smolalar suyuq, qo’yiq va qattiq 

bo’ladi.  Suyuqlari  balzamlar  deyiladi.  Smola  va  balzamlarning  kimyoviy  tarkibi  murakkab  va 

xilma-xil bo’ladi. Ularning katta qismi suvda erimaydigan, organic eritmalarda qiyin ajraladigan 

aralashmali amorf xoldagi yuqori molekulyar birikmalardir.  

Tarkibida kamed bo’lgan smolalar kamedli smolalar, balzamlar – aromatic smolalar deyiladi. 

Aromatik  smolalar  tarkibida  efir  moylari,  ularda  erigan  smolalar  va  boshqa  komponentlar 

bo’ladi.  Smolalarning  quyidagi  muxim  xususiyatlari  bor:  ular  suvda  erimaydi,  organic 

erituvchilardan  spirt,  efir,  moylarda  eriydi.  Ular  qizdirilganda  yumshaydi.  Bug’lari  juda 

hushbo’y.  Smolaning  quritilgan  yupqa  pardasi  yaltiroq  va  egiluvchan.  U  bilan  biror  yuza 

qoplanganda,  unga  suvga  chidamlilik,  chirishga  qarshi  mustaxkamlik  beradi.  Uning  bu  ajoyib 

xususiyatlari sababli ishlab chiqarishda aloxida ahamiyatga ega va keng qo’llaniladi.  

Smolalar  o’simlikda  hosil  qilingan  maxsus  teshiklar  va  yoriqlar  orqali  yig’iladi  va  ajratib 

olinadi.  O’simliklar  orasida  deyarli  26  ta  oila  vakillarida  smola  tutuvchi  xossalari  aniqlangan. 

Smolalarga  boyligi,  sifatliligi  bilan  tropic  mintaqalar  o’simliklari  ajralib  turadi.    Sobiq  ittifoq 

davlatlarida smolalar asosan qarag’aytoifa o’simliklar tanasidan ajratib olinadi.  


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling