A. S. Yuldashev, M. U. Tojiboyev


Quyidagi jadvalni to’ldiring


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/88
Sana02.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#187872
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
2botanikresursshunoslikpdf

Quyidagi jadvalni to’ldiring 

№ 

Turning nomi 

Oilasi 

Hayotiy 

shakli 

Tarqalish 

mintaqasi 

Uchrash 

darajasi 



 

 

 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

11-mashg’ulot:  Tola  beruvchi  madaniy  va  yovvoyi  xolda  o’suvchi  o’simliklar  bilan 

tanishish 

Mashg’ulotning  maqsadi:  O’zbekiston  florasida  tarqalgan  yovvoyi  xolda  tarqalgan  va 

madaniylashtirilgan  tola  beruvchi  o’simliklar  bilan  tanishish  va  ularning  tavsifi,  tarqalishi, 

ahamiyati, ekologiyasi va zahiralari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish 

Nazariy qism 

Ko’plab  o’simliklar  o’zining  u  yoki  bu  qismlarida  turlicha  miqdorda  tolalar  uchraydi. 

Haqiqiy  tolali  o’simliklar  tarkibida  turli  mahsulotlar  ishlab  chiqarishda  ishlatiladigan  muayyan 

miqdorda mustaxkam tola tutadi. 




42 

Tolali  o’simliklarning  texnik  sifati  o’simlikning  ichki  tuzilishiga  bog’liq  va  bu  mexanik 

to’qimalarda joylashgan uzun yo’g’on devorli tola hujayralarining mavjudligi bilan belgilanadi. 

O’simlik  mexanik  to’qimalari  majmuasi  yoki  “o’simlik  sinchi”  lub  tolalari,  libriform, 

kollenxima, tosh va tayanch hujayralardan tuzilgan. O’simliklardan tolali sifatida foydalanishda 

lub tolalari va bargli daraxtsimon o’simliklar yog’ochligidagi libriform juda muxim. Lub tolalari 

va  libriformdan  tashqari  ayrim  o’simliklarning  tuklari  ham  ishlatiladi.  Tola  olishda 

o’simliklarning  turli  qismlaridan  foydalaniladi.  Bunda  ildizlari,  yog’ochlik  qismi,  lub  tolalari, 

daraxtsimon  o’simliklar  novdasi  va  shox-shabbasi,  o’tsimonlarning  poyasi  ham  tabiiy  xolda 

ishlatiladi.  Barg  (zubturum)dan  ham  tola  olinadi.  Faqat  gullari  tola  saqlamaydi.  Xatto  mevalar 

(kokos, baobab) tarkibida ham tolalar mavjud. O’simlik urug’laridagi tola va tuklar (g’o’za) juda 

muxim  va  amaliy  ahamiyatga  ega.  Uning  uzunligi  20  mm  dan  45  mm  gacha  bo’lgan 

prozenximatik hijayra hisoblanadi. Aynan ulardan yengil sanoatda keng foydalaniladi.  

Tolali o’simliklar o’simliklar qoplamida juda keng tarqalgan. Bunday o’simliklar suvo’tlari, 

lishayniklar,  yo’sinlar,  qirqquloqsimonlar,  qarag’aytoifalar  va  albatta  yuksak  gulli  o’simliklar 

tarkibida ko’plab topiladi. Eng yaxshi tolali o’simliklar gulli o’simliklarning magnoliyasimonlar 

sinfi  vakillari  orasida  ko’p  uchraydi  va  ulardan  to’qimachilik  va  tikuvchilikda  keng  miqyosda 

foydalaniladi. Lolasimonlardan narsalar to’qishda va qog’oz ishlab chiqarishda foydalaniladi.  

Tolali o’simliklar ulardan foydalanish xarakteriga ko’ra, quyiagi guruxlarga bo’linadi: 

1.  Ip  yigiriladigan  yoki  to’qimachilik  o’simliklari    (прядильные  или  текстильные)  – 

g’o’za,  zig’ir,  rami,  nasha,  kanop,  g’o’zag’ar,  kendir  (lub  tolalari,  urug’idagi  tuk  va 

tolalar) 

2.  To’qiladigan  o’simliklar  (плетаночные)  –  o’simliklarning  poyasi,  yog’ochligi,  bargi  va 

ildizidan shlyapalar, savatlar, pardasimon to’siqlar tayyorlanadi. 

3.  Dag’al  qilli  o’simliklar  (щеточные)  –  tolalarga  boy  bo’lgan  birlamchi  po’stloqlaridan 

tozalangan ildizi va poyasidan foydalanib chyotkalar tayyorlanadi. 

4.  Bog’lamli o’simliklar (подвязочные)  – palma  bargining tolali qavati,   jo’ka, tol, qo’g’a 

poyasining lub tolalari.  

5.  Tikiladigan  va  narsa  o’raladigan  o’simliklar  (набивочные  и  упаковочный)  –  meva 

ichidagi  vata,  urug’dagi  ipaksimon  toladan,  uzun  ingichka  barglar  va  barg  tolalaridan 

foydalaniladi.  

6.  Sellyuloza-qog’ozli  o’simliklar  –  mexanik  yoki  kimyoviy  yo’l  bilan  qog’oz  yoki 

sellyuloza hosil qilinadi.  


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling