A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
Tayanch so‘z va iboralar:
Shaxsini puxta o‘rganish, individual yondashuv, ijtimoiy, psixik jihatdan 
kamolga yetish, ijtimoiy mavjudot, qarama-qarshiliklarga ega bo`lish.
Tarbiya jarayonini tashkil etishda bola shaxsini puxta o‘rganish, uning 
yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo‘lish va uning individual 
xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. 
Individual yondashuv o‘quvchining aqliy qobiliyati, bilishga bo‘lgan 
qiziqishi va iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bolaning 
harakatlari uning ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ongli ishtiroki natijasida 
shakllana boradi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va 
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs 
sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Bu ijtimoiy talabning amalga 
oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, 
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat 
qilish huquqini kafolatlaydi. 
 
 
O’quv maqsadi 
O‘quv-kasbiy faoliyatda mutaxassis sifatida shaxs 
shakllanishi va rivojlanishini maqsad qilgan, o‘quvchiga 
qaratilgan o‘ziga xos faoliyati, o‘quv-kasbiy faoliyatda 
namoyon bo`luvchi motivatsion, mazmunli, faoliyatli, 
baholovchi-nazoratli, bilim, ko‘nikma va malakalarning 
shakllanish jarayoniga 
 
oid O‘quv-kasbiy faoliyatda 
namoyon bo`luvchi motivatsion, mazmunli, faoliyatli, 
baholovchi-nazoratli, bilim, ko‘nikma va malakalarning 
shakllanish jarayoniga 
 
oid oid ma’lumotlarni nazariy 
jihatdan o’rganish



54 
Inson hayoti davomida doimo o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik 
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq 
bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Zero, rivojlanish tarbiya ta’siri ostida 
boradi. Shu sababli shaxsga xos fazilatlarni to‘g‘ri va ob’ektiv baholash uchun uni 
turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Shaxsni rivojlantirish vazifasini 
to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar va shaxs xususiyatlarini 
yaxshi bilish zarur. 
Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiya jarayonida uning shaxs 
rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsata olishi uchun ta’lim oluvchining o‘sishi va 
rivojlanishiga xos xususiyatlardan xabardor bo‘lish va inobatga olish maqsadga 
muvofiq. Binobarin, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 
Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Pedagogika, psixologiya va falsafa 
fanlarida individning shaxs sifatida rivojlanishiga irsiyat (biologik omillar), muhit 
(ijtimoiy omillar) hamda tarbiya kabi omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni 
belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etadi. 
Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishida irsiyat, ijtimoiy 
muhit va tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ta’siridagina individ shaxs 
sifatida rivojlanib boradi. 
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga jamiyatda birga yashash bilan bog‘liq 
bo‘lgan holat va hodisalar o‘rgatiladi. Bu jarayonda o‘quvchi ijtimoiy 
munosabatlarga kirishadi, jamiyat a’zolari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Har 
qanday jamiyatning rivojlanish jarayonida ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, ideallr, 
axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimi ishlab chiqiladi. Ijtimoiylashuv davrida har bir 
jamyat a’zosi mazkur qadriyat, ideal, me’yor va qoidalarning mohiyatini anglaydi, 
ularga rioya qilish asosida faoliyat yuritadi.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan 
shaxsning xatti-harakatlari, xulq-atvori jamiyat talablariga mos kelishi, u bilan 
o‘zaro uyg‘unlasha olishi, salbiy ijtimoiy hodisalarga, individual rivojlanishiga 


55 
to‘sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba’zan 
aksi ham bo‘ladi: to‘liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo 
muhitda ba’zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko‘rsatmaydigan 
odamlar ham mavjud. 
Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam-inson 
individi shaxsga aylanmog’i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyati va 
sifatlari bilan boshqalardan farq qilishi lozim.
Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o’zining xususiyati, 
qiziqishi, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat 
faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o’ziga xos 
xususiyatlari bo’lib, mazkur xususiyatlari rivojlanib, ma’lum bir bosqichga 
yetsagina, u kamol topgan shaxs sifatida namoyon bo’ladi. Shaxs ijtimoiy 
munosabatlar jarayonida qaror topada. 
Shaxsning rivojlanishi, avvalo, unda shaxsiy xislatlarning shakllanishi bilan 
boshlanadi. Rivojlanish shaxsning o’zida jismoniy va boshqa xislatlarning 
takomilini namoyon etadigan jarayon bo’lib, bunday xislatlarning tug’ma, 
ba’zilarida keyinchalik erishgan bo’ladi. 
Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak? - degan savolning tug’ulishi 
tabiiydir. Odam ijtimoiy mavjudot sifatidan shaxsga aylanishi uchun unga ijtimoiy 
-iqtisodiy hayot sharoitlari muhit va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular hamda 
shaxsning nasliy xususiyatlarining taraqqiy etilayotganligi odamning rivojlanishi, 
shaxs sifatida namoyon bo’lishini ta’minlaydi. 
Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har tomonlama kamolga 
etishi uchun tarbiyaviy ishlar metodikasi fani shaxs rivojlanishining umumiy 
qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador 
bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, bola shaxsining rivojlanishida 
faoliyatining o’rni va ahamiyatini ham o’rganishi lozim. 
Biz yuqorida “rivojlanish” tushunchasini juda ko’p ishlatdik. Endi ushbu 
tushunchaga atroflicha yondashib, ta’rif berishga harakat qilaylik. Odam biologik 


56 
mavjudot sanaladi, tarbiyaviy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita 
bo’ysunadi. 
Boshqacha qilib aytganda, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning 
hayoti 
biologiyaning 
umumiy 
qonunlariga, 
yoshlar 
anatomiyasi 
va 
fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo’ysunadi. Bulardan tashqari odamning 
komil inson bo’lib yetishida aniq maqsad asosida tashkil etilgan hatti-harakat
iroda sifatlarining kamol topishi asosida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi 
qiyinchiliklarni yengib o’tishga bo’lgan ishonchi ham muhim ahamiyatga egadir. 
Ma’lumki, hayoti davomida inson jismoniy va psixik jihatdan o’zgarib boradi. 
Lekin, bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli 
bo’ladi. 
Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o’sishi, o’zgarishi 
tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga 
muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab 
ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi.
Anatomik va fiziologik xarakterdagi o’zgarishlar jismoniy rivojlanishga 
ta’luqlidir. Odam bo’yining o’sishi, gavda og’irligining ortib borishi, gavda 
tuzulishining o’zgarishi, qon bosimi, o’pka sig’imi, tayanch-harakat apparatining 
holati va boshqalar jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlaridir. 
Ruhiy jarayonlar va bola ryhiyatidagi o’zgarishlar, chunonchi, diqqat va 
xotira darajasi, taffakur xususiyatlari, so’z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik 
darajasi va boshqalar ruhiy rivojlanishga ta’luqlidir. 
Shaxs rivojlanishida, u yoki, bu faoliyat turlari (o’yin, o’qish, mehnat va 
boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyatlar mazmuni (maqsadga yunaltirilganlik, 
harakatning ongli, rejali bo’lishi, ularning samaradorligi va h.k) shuningdek, aloqa, 
muomala hamda kishilar o’rtasidagiijtimoiy munosabatlar mazmuni, ijtimoiy-
ahloqiy me’yorlarga bo’ysunish, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan ma’sullik 
kabi xususiyatlari ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 


57 
Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va sifatlarning rivojlanib, taraqiy etib 
borishi muhim o’rin tutadi. Shaxs sifatlarini to’g’ri aniqlash uchun turli 
munosabatlar jarayonida uni o’rganish maqsadga muvofiqdir. 
Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi kadrlarning yangi avlodi taffakurini, 
ongini shakllantirishga xizmat qiladigan zarur bir soha sifatida namoyon 
bo’layotgan ekan, shaxs ta’rifi ham birmuncha oydinlashadi. Kadrlar tayyorlash 
milliy modelining tarkibiy qismiga kirgan "shaxs" quydagicha ta’riflanadi: 
Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti, ta’lim 
sohasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchisi. 
Demak, shaxs - ijtimoiy munosabatlar maxsuli bo’lib, ongli faoliyat bilan 
shug’ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o’z o’rni bor. 
Shaxsning rivojlanishi esa, barcha tug’ma va hosil qilingan xususiyatlari: 
organizmning anatomik tuzilishi, fiziologik va psixologik xususiyatlari, faoliyat va 
xatti-harakatining miqdori va sifatining o’zgarish jarayonidir. 
Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish 
mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta’sir etiladi. 
Buning natijasida muhitdagi voqealarning to’g’ri ijobiy ta’sirini amalga 
oshirish imkoni tug’iladi. Muhit bera olmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, 
hatto tarbiya tufayli shaxsda tug’ma kamchiliklarni ham o’zgartirib shaxsni 
kamolga yetkazishi mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta’siri tufayli 
tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan 
tashqarida bo’lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos 
bo’ladi. Pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat xoh o’yin, 
mehnat, o’qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. 
Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta’lim-tarbiyaga bog’lab 
o’rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to’g’ri kelmaydi. Chunki, ijtimoiy 
taraqiyotda shaxsning o’zi ham faol ishtirok etadi. 
Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiyada shaxsning o’zi faol 
ishtirok etgandagina uning tug’ma layoqatini uyg’otadi, ist`edod qobiliyatlarini 


58 
o’stira oladi. Agar, kishi o’z ishini sevsa, uning shu sohadagi ist`edodi tezroq va 
kuchliroq ro’yobga chiqa boshlaydi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling