A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
Foydalanilgan adabiyotlar
 
1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga 
quramiz. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017 yil, 488 bet. 
2. 2017-2021yillarda O‘zbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekistan Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
3. Abdiquddusov O., Rashidov H. Kasb-xunar ta’limi pedagogikasi. O‘quv


275 
qo‘llanma. O‘MKHTTKMOvaUQT instituti, T. – 2009. 120 b. 
4. Azizxo`jaeva N.N. O`qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi – 
Toshkent, 2000 
5. Nishonaliev U.N. Kasbiy ta’lim pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: TDPU, 
2007y. 
6. Olimov Q. T. Kasb ta’limi uslubiyati. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2006. 164 b.
7. Olimov Q.T.,Uzoqova L.P. va boshqalar. Maxsus fanlarni o‘qitish 
metodikasi. Ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.-
Toshkent: Fan, 2004. – 119 b. 
8. www.inter-pedagogika.ru 
9. www.didaktika.ru 
10. www.School. edu. uz 
11. www.Ppsy. ru 
12. www.Bank/referat. ru 
 
MAVZU
21. KASB TA’LIMI TIZIMIDA ISHLAB CHIQARISH 
AMALIYOTI. 
 
 
 
 
 
21.1. Ishlab chiqarish amaliyotining maqsad va vazifalari, aktiv 
va passif amaliyot. 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
Ishlab chiqarish amaliyoti, kasbiy tayyorgarlik, ishlab chiqarish korxonasi
amaliyotga raxbarlik qilish, ta’limi ustasi, tarbiyaviy ishlar, kasb faoliyati,
“Usta-talaba” tizimi, tarbiyaviy faoliyat.
 
 
O’quv maqsadi 
Ishlab chiqarish amaliyotining maqsad va 
vazifalari kasb – hunar kolleji bilan tanishish, o‘quv 
yurti rahbarlari ishlarini o‘rganish ga oid 
ma’lumotlarni nazariy jihatdan o’rganish


276 
Ishlab chiqarish amaliyoti kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichini 
tasvirlaydi va o‘qitishning sunggi oylarida o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish amaliyoti 
jarayonida yechiladigan vazifalarga quyidagilar kiradi:
- talabalarning ishlab chiqarish sharoitlariga ijtimoiy, psixologik va fiziologik 
jihatdan moslashishi;
- kasbiy bilim, ko‘nikma va maxoratlarni takomillashtirish;
- tanlangan kasb bo‘yicha ixtisoslashtirish;
- murakkab ishlab chiqarish ishlarini bajarishda mustaqil ishlash tajribasini 
to‘plash;
- progressiv texnologiyalar va zamonaviy jihozlarni, mexanizatsiyalashtirish 
va avtomatlashtirish vositalarini o‘rganish;
- yuqori unumli asbob va moslamalarni, ishlab chiqarish ilg‘orlari tajribasini 
o‘zlashtirish;
- korxona texnik va texnologik hujjatlarni, ish o‘rinlarida mexnatni ilmiy 
tashkil qilish masalalarini o‘rganish;
- ko‘nikma va maxoratni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qo‘llash, 
murakkab ishlab chiqarish vazifalarini yechishdan iboratdir. 
Ishlab chiqarish amaliyoti tayanch ishlab chiqarish korxonasi ish o‘rinlarida 
tashkil etiladi. Korxona odatda, amaliyotga rahbarlik qilish uchun muhandis-texnik 
xodimlar va malakali mutaxassislarni ajratadi. Ta’lim olishning bu davrida 
talabalar korxonada mustaqil ishlashga to‘liq tayyorlanadilar. 
Kasbiy faoliyat ob`ektlarini ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr kasb 
faoliyatining ob`ektlariga kasb-hunar kolleji va akademik litseylardagi o`qituvchilar, 
o`quv tarbiyaviy jarayonlar, pedagogik texnologiyalar va o`qitish uslublari hamda 
davlat aktsioner va xususiy firmalar, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-
tadqiqot tashkilotlari, davlat boshqaruv tizimi tashkil etadi.
Kasbiy faoliyat turlari boshqa faoliyat turlari bilan birgalikda asosan 
o`qituvchilik va o`quv-uslubiy sohaga qaratilgan bo`lib, kasb-hunar kollejlari va 
akademik litseylarda tasdiqlangan o`quv dasturi asosida umumixtisoslik, ixtisoslik 
fanlaridan o`qituvchilik faoliyatini bajaradi.


277 
Ishlab chiqarish amaliyoti bo`yicha talabalar tanishuv(passiB) va malakaviy 
(faol) amaliyotlarni o`tadilar.
Ishlab chiqarish amaliyoti tanishuv (passiB) amaliyotida: 

ishlab chiqarish muassasasi tuzilmasini; 

ishlab chiqarish muassasalariga oid direktiv me`yoriy hujjatlarni; 

ishlab chiqarish muassasalarining tayyorlov yo`nalishlarini; 

ishlab chiqarish muassasalarida olib boriladigan ish asoslarini; 

ishlab chiqarishni tashkillashtirish usullarini; 

ishlab chiqarish ishchilarining ishlarini kuzatish va tahlil qilishni; 

ishlab chiqarish muassasasida o`quv-tarbiyaviy ishlarni o`tkazishni; 

ishlab chiqarish muassasasida ishchilarning kasbiy bilim, ko`nikma va 
malakalarini nazorat qilish va baholashga qo`yilgan talablarni; 

ishlab chiqarish muassasasida mutaxassislarning ish samaradoriligini oshirish 
usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi. 
Ishlab chiqarish amaliyoti bo`yicha talabalar malakaviy(faol) amaliyotda: 

ishlab chiqarish muassasalari tuzilmasi bo`yicha faoliyat ko`rsatayotgan 
xodimlar ishlarini kuzatish, tahlil qilishni; 

me`yoriy hujjatlarni o`rganib, ulardan amaliyotda foydalana olishni; 

ishlab chiqarish o`quv tarbiyaviy ishlar bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni; 

tanlagan kasbi bo`yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish; 

ixtisoslik bo`yicha olingan texnologiyalarni amaliyotda qo`llash bo`yicha; 

tayyorlov yo`nalishlaridagi kasbiy mahorat bo`yicha; 

ishlab chiqarish amaliyotlariga rahbarlik qilish bo`yicha; 

o`tkazilgan amaliyotlar natijasida hisobotlar tayyorlash; 

ixtisoslik bo`yicha faoliyatini boshqarish va nazorat qilish, baholash 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling