A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
Tipik xatolar: bu qism umuman inkor qilinadi yoki, “Yoqdimi?”, “Nimalarni
bilib oldingiz?” qabilidagi ikki savoldan iborat bo'lib qoladi. Tavsiyalar: dastlabki natijalarni aniqlash uchun krossvord, kichik viktorina, berilgan savolga uzoq o'yiamay tez javob qaytarish, o'yin vaziyatlari kabi talabalarni qiziqtiradigan test xarakteridagi kontrol topshiriqlar; talabalarning egallagan tajribalarini shaxsiy hayotlarida qo'llashga doir turli tavsiyalar berish. Bu esa 274 mazkur muammoga doir kitoblarni ko'rsatish, talabalarning mashg'ulotda egallagan bilim, malaka va ko'nikmalarini qo'llashi mumkin bo'lgan vaziyatlarni muhokama qilish bo'lishi mumkin. Hosil qilingan tajribani qo'llashga doir talabalarga maslahatlar: ular o'z yaqinlariga nimalarni gapirib berishlari, mazkur mavzu yuzasidan nimalar haqida so'rash mumkin; qayerga borish, u yerda nimalarga e'tibor berish, qanday o'yinlar o'ynash, mustaqil ravishda nimalar qilish mumkin va hokazo. Yakunlovchi qismda mashg'ulot mavzusini kelgusida yana yoritib berish zarurati bormi, bor bo'lsa, buni qanday yo'l bilan amalga oshirish mumkinligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Mashg'ulotning yakunlovchi qismidan pedagog bundan keyingi guruh mashg'ulotlarini o'tkazishda talabalar tashabbusini rivojlantirish uchun ham foydalanishi mumkin. Guruhdan tashqari tarbiyaviy ishlarning individual va ommaviy shakllarini tashkil etish va o'tkazishda ota-onalar bevosita ishtirok etsalar, ularning tarbiyaviy ta'siri ancha samarali bo'ladi. Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari 1. O’quvchilar tarbiyasida darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarnini o’rni qanday? 2. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning qanday shakllari mavjud? 3. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarda to’garaklarning o’rnini izohlang. 4. To’garak turlariga nimalar kiradi? 5. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning asosiy xususiyatlariga nimalar kiradi? Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling