A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


bo‘yicha hisobot ishlari, to‘garak qatnashchilarining


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

bo‘yicha hisobot ishlari, to‘garak qatnashchilarining 
rejalarini tuzish, to‘garak qatnashchilarining faolligini 
oshirish yo‘llari. 
Tayanch so`z va iboralar: 
Ekskursiyalar, rahbarlik qilish, intizomga qat’iy rioya qilish, loyixalash 
vazifalari, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari, faoliyat tizimini, tarbiyaviy ishlar rejasi, 
zamonaviy tashkil etish, ijodiy jarayon.
Ekskursiyalar. Noan’anaviy dars shakllaridan biri hisoblangan ekskursiyalar 
sinf-dars tizimi, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlardan tubdan farq qiladi. Bu 
farqlar quyidagilardan iborat bo‘ladi: 

ta’lim oluvchi rejalashtirilgan va o‘tkaziladigan barcha ekskursiyalarga 
rahbarlik qilsa ham, u ekskursiya obyektlarining barcha detallarini yaxshi 
bilmasligi mumkin, bunday hollarda maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan 
ekskursovod ish olib boradi; 

ekskursiya muddati turlicha bo‘lib, unda doimiy o‘quv jadvali talablariga 
amal qilish mas’uliyati mavjud; 

ta’lim beruvchi yoki ekskursovodning rahbarlik usuli va ta’lim oluvchilar 
faoliyati turlicha bo‘lishi mumkin. 
Ekskursiyalar to‘rt yo‘nalishda uyushtiriladi.
Ekskursiya davomida ta’lim oluvchilardan intizomga qat’iy rioya qilish talab 
etiladi. Ta’lim oluvchilar obyektni kuzatish jarayonida vaqti-vaqti bilan savollar 
beradilar, zarur ma’lumotlarni yozib boradilar. Ekskursiya davomida ta’lim 
beruvchi ta’lim oluvchilarning bugungi kuzatganlarini avval o‘zlashtirilgan 
materiallarga bog‘lab suhbat o‘tkazadi. Ekskursiya materiallari asosida ta’lim 
oluvchi hisobot, bayon yoki insho yozadi. 
O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyixalash vazifalariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
- ijtimoiy moslashuv doirasini tashkil etish va o‘kuvchilarning ijtimoiy 
harakatchanligini ko‘rsatish; 


261 
- bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shart-sharoitlar 
yaratish; 
- o‘quvchilarni mustaqil ravishda ta’limni davom etgirishga yo‘naltirish; 
- har bir o‘quvchining qobiliyati, qiziqishi va ishtiyoqlarini rivojlantirish 
uchun shart-sharoitlar yaratish; 
- o‘quvchilarga bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishni va dam olishni 
o‘rgatish. 
Darsdan tashqari faoliyat tizimi ko‘p komponentli bo‘lib, o‘quvchilarning 
bo‘sh vaqtlari quyidagi tarkibda, tartibda, shaklda va joylarda amalga oshirilishi 
mumkin: 
- o‘quv guruhi tarkibida; 
- o‘quv yurti jamoasi tarkibida; 
- individual (yakkama-yakka) tartibda; 
- ijtimoiy birlashmalarda va tashkilotlarda
- klublarda, to‘garaklarda, muzeylarda; 
- mehnat jamoalarida; 
- alohida fanlarni chuqur mustaqil o‘rganish chog‘ida; 
- ta’lim muassasasidan tashqaridagi madaniy dam olishning turli shakllarida. 
O‘quvlarning darsdan tashqari faoliyat tizimining o‘ziga xosligi shundaki, 
uning har bir komponenti alohida loyihalashtiriladi va har doim ham pedagogik 
ta’sir doirasi bilan qamrab olinmaydi. 
O‘quvchilarning darsdan tashkari shakllari: 
- o‘quv yurtining ish rejasi; 
- o‘quv yurtining o‘quvchilar bilan olib boradigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar 
rejasi; 
- o‘quv guruhlari o‘quvchilari bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar 
rejasi va boshqalar. 
O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishning asosiy 
tartiblari va qoidalari: 
- diagnostik asos yaratish; 


262 
- o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, jamoaning mahorat darajasi va 
shakllanganligini hisobga olish; 
- tarbiyaviy jarayonda asosiy mazmuniy komponentlarga muvofiq faoliyatani 
qo‘yish ishlarini belgilash; 
- tadbirlarni o‘tkazish muddatlarini, kunlarini, ishtirokchilarini aniq belgilash; 
- tarbiyaviy ishlar rejasining qulayligi, hayotiyligi va aniqligi; 
- tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda 
o‘quvchilarning shaxsan ishtiroki. 
Darsdan tashqari faoliyatni zamonaviy tashkil etish ijodiy jarayon bo‘lib, 
tarbiyachidan chuqur bilim, malaka va hohish talab o‘quvchilardan ham ularning 
intilishlari va ehtiejlarini talab etadi. O‘quvchilar va tarbiyachi qiziqishlarini 
birlashtirish, tarbiyada mualliflik tizimini shakllantirishning yagona yo‘lidir. Bu 
holda, tarbiya shaxs kamolotini boshqarish jarayoni, uning ijtimoiylashuvi va rivoji 
uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish mezoni sifatida qaraladi. Darsdan tashkari 
faoliyat (dam olishni tashkil etish) esa, shaxsning ijodiy imkoniyatlarini yuqoriga 
ko‘tarish (birinchi navbatda, tarbiyachining), uning ijtimoiy faolligini amalga 
oshirish maydoni sifatida tushunilishi mumkin. 
Hordiq – insonning yangilanish, tiklanish, uning jismoniy va ma’naviy 
kuchini ko‘paytirish, dunyoqarashini boyitish, ijodiy faolligini oshirishni amalga 
oshirishga mo‘ljallangan va shu asosda rejalashtirilgan shaxsiy vaqtning bir 
qismidir. 
Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish asosiga ilg‘or 
milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va mezonlar, xalq pedagogikasi, marosimlar, 
bayramlar, o‘yinlar va boshqalar qo‘yilishi kerak. Ularni tashkil etishda va 
o‘tkazishda tarbiya texnologiyalaridan yoki inter faol uslublaridan foydalanish 
o‘quvchida o‘z yurtiga mexr-muhabbat, oilaparvarlik, kasbiy fidoiylikni 
shakllantirishga yordam beradi. 
To‘garaklar talaba-yoshlarning optimal yechimlarini izlab topishga oid 
ko‘nikma va malakalarini, egallangan bilim, kunikma va malakalarni amaliyotga 
tabid eta olish kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan Ilmiy-ijodiy uyushma 
sifatida qiziqishlari uzaro yaqin bo‘lgan bir guruh talabalarining ma’lum fan va 


263 
yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi va unga kafedra va bo‘linmalarning tajribali 
professor-o‘qituvchilari rahbarlik qilishadi. Zarur hollar- da bu ishga sohaning 
taniqli vakillari tashqaridan taklif etilishi mumkin. 
To‘garak kafedra mudiri, fakultet dekani tavsiyasi asosida rektorning buyrugi bilan 
tashkil etiladi. Unga tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qiladi va 
yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul prorektorlar nazorati ostida fakultet dekanlari 
tomonidan boshqariladi hamda fakultet Kengashiga muntazam hisobot beradi. 
To‘garak rahbarining vakolatlari: 

ilmiy va ijodiy to‘garak Nizomiga o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar kiritish 
tashabbusi bilan chiqadi; 

to‘garak a’zolarining sonini (ishtirokchilar soni 10 nafardan kam bo‘lmasligi 
kerak) belgilaydi; 

to‘garak vakolatlarini va uning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi; 

to‘garak a’zolari va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garak a’zolari tomonidan taqdim 
etilgan dasturiy xujjat, loyiha va konsepsiyalarni muhokama qiladi va ular 
yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi; 

to‘garak faoliyatini takomillashtirishga doyir turli taklif va tashabbuslar bilan 
chiqadi. 
To‘garak raxbarlarida kuyidagi me’yoriy-xuquqiy xujjatlar bo‘lishi lozim: 

OTMda qabul qilingan Nizom asosida ishlab chiqilgan to‘garak Nizomi; 

to‘garak dasturini tuzish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar; 

institut soxa prorektori hamda fakultet Kengash tomonidan tasdiqlangan 
to‘garakning yillik ish rejasi; 

ishtirokchilarning davomatini qayd qilish jurnali; 

to‘garak ish jadvali; 

to‘garak ishtirokchilarining ro‘yxati; 

to‘garak faoliyatiga oid xisobotlar. 
To‘garak yig‘ilishlari uning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Xar qanday 
xolatda ham uning haftasida kamida bir marta yigilishi shart. 


264 
To‘garak kafedra mudiri, fakultet dekani tavsiyasi asosida rektorning 
buyrugi bilan tashkil etiladi. Unga tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qiladi 
va yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul prorektorlar nazorati ostida fakultet dekanlari 
tomonidan boshqariladi hamda fakultet Kengashiga muntazam hisobot beradi. 
To‘garak rahbarining vakolatlari: 

ilmiy va ijodiy to‘garak Nizomiga o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar kiritish 
tashabbusi bilan chiqadi; 

to‘garak a’zolarining sonini (ishtirokchilar soni 10 nafardan kam 
bo‘lmasligi kerak) belgilaydi; 

to‘garak vakolatlarini va uning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi; 

to‘garak a’zolari va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garak a’zolari tomonidan 
taqdim etilgan dasturiy xujjat, loyiha va konsepsiyalarni muhokama qiladi 
va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi; 

to‘garak faoliyatini takomillashtirishga doyir turli taklif va tashabbuslar 
bilan chiqadi. 
To‘garak raxbarlarida kuyidagi me’yoriy-xuquqiy xujjatlar bo‘lishi lozim: 

OTMda qabul qilingan Nizom asosida ishlab chiqilgan to‘garak Nizomi; 

to‘garak dasturini tuzish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar; 

institut soxa prorektori hamda fakultet Kengash tomonidan tasdiqlangan 
to‘garakning yillik ish rejasi; 

ishtirokchilarning davomatini qayd qilish jurnali; 

to‘garak ish jadvali; 

to‘garak ishtirokchilarining ro‘yxati; 

to‘garak faoliyatiga oid xisobotlar. 
To‘garak yig‘ilishlari uning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Xar 
qanday xolatda ham uning haftasida kamida bir marta yig`ilishi shart. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling