A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. An`anaviy dars deb nimaga aytiladi? 2. An`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida kim turadi? 3. An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq qaysi usul turadi? 4. An`anaviy dars o`tishda mashg`ulotning bosqichlarini qanday rejalashtirish mumkin? 5. An`anaviy ta`lim metodlari qanday afzalliklarga ega? 6. Modellashtirish metodi haqida nimalarni bilasiz? 250 7. Noan`anaviy ta`lim metodlari qanday afzalliklarga ega? 19.3. Darslarni aniq yo‘naltirilgan savollar asosida olib borish uslubi, guruhlarni juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish uslubi, dars jarayonida modellashtiruvchi o‘yinlarni qo‘llash, modellashtiruvchi o‘yin usulining afzalliklari, kursni o‘rganishda tadqiqot uslubi. Tayanch so‘z va iboralar: Ta’lim jarayoni, tashkiliy shakllar, hususiyatlarga binoan turlanish, asosiy o‘ziga hos jihatlar, tizimining ijobiy tomonlari, kasb ta’limining maqsad va vazifalari, zamonaviy dars, didaktik talablar, tarbiyaviy talablar, rivojlantiruvchi talablar. Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarga ta’lim berishning shakllari xilma- xildir. Masalan: nazariy bilimlar o‘quvchilarga asosan dars jarayonida ekskursiyalar, konsultatsiyalar jarayonida beriladi. Amaliy bilimlar esa, o‘qitishning boshqa shakllarini talab etadi. Bunda labaratoriya, o‘quv ustaxonalari, yer uchaskasida amalga oshiriladigan amaliy mashgulotlarga kiradi. Pedagogik amaliyot ham o‘quvchilarga ilmiy bilimlar berishning eng muhum shakllaridan biridir. O‘quvchilarga ta’lim berish shakllari qanchalik xilma-xil bo‘lmasin bular ichida yetakchi rolni dars o`ynaydi. Dars deb - o‘quvchilarning qat’iy guruhi bilan o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan mashg‘ulot turiga aytiladi. Dars qat’iy jadval va davlat dasturi asosida o‘tiladi. Dars o‘quvchilarga chuqur bilim berishnigina nazarda tutib qolmay, balki ularda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni shakllantirishni mehnat ko‘nikma va malakalar berishni ham nazarda tutadi. Ta’limning dars shakli fan asoslarini muntazam, chuqur, puxta o‘zlashtirishga yordam beradi. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarning xilma-xil ishlarini ishlarini tashkil qilish orqali yangi bilimlar beradi, ular bilimni qanchalik o`zlashtirayotganini nazorat qilib boradi va bu bilan o‘quvchilarning bilimini puxta egallashlariga erishadi. 251 Kasb-hunar kolleji amaliyotida yuqoridagilardan tashqari kino dars, muammoli dars, dars viktorina, dars KVN kabi shakllari ham qo‘llaniladi. O‘qituvchi istiqbol rejasini tuzar ekan, o‘quv materialining mazmuni va vazifalariga qarab yuqoridagi dars tiplaridan u yoki bunisini tanlaydi. Har-bir darsga tayorgalik ko‘rayotganida esa, o‘qituvchi o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan g‘oyaviy-pedagogik, fizologik-gigenik, psixologik va metodik talablarga so‘zsiz rioya qiladi. Ta’lim jarayoniga qo‘yiladigan g‘oyaviy, siyosiy, pedagogik talablar, avvalo, bilimlarning ilmiy bilishini va o‘quvchilardan ma’naviy va axloqiy xislatlar va mustahkam e’tiqodni shakllantirishni nazarda tutadi. Buning ma’nosi shuki har bir dars tarbiyalovchi harakterga ega bo`lishi lozim. O‘qituvchi dars mazmunidan foydalanib o‘quvchilarda vatanparvar va milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish va ularga axloq normalarini singdirib borishi lozim. Darsga qo‘yiladigan fizologik-gigenik talablar o‘quvchilarning jismoniy va psixologik xususiyatlariga xos gigenik sharoit yaratishni nazarda tutadi. Masalan: bo‘yi, ko‘rish va eshitish qobiliyatlariga qarab ularni partaga to‘g‘ri joylashtirish, xonani yetarli darajada yoritish va shamollatib turish, kerakli jihozlarni to‘g‘ri tanlash va joylashtirish, ko‘rgazmali qurollarning ochiq rangda yozilganligi va o‘quvchilarga ko‘rinarli bo‘lishi shular jumlasidandir. Darsga qo‘yiladigan psixologik talablarga esa, o‘quvchi tomonidan darsning maqsadi va uning amaliy ahamiyatini tushunib yetish, darsni o‘quvchilarning yoshi individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish, har bir dars davomida tegishli tushuncha hukm va xulosalar hosil qilishga erishish kabilar kiradi. Metodik talablarga esa, darsni to‘g‘ri tashkil etish xilma-xil o‘qitish metodlaridan unumli foydalanish, darsning har bir etapini bir-biriga uzviy bog‘lay olish, o‘quvchilar diqqatini materialga jalb qila bilish va to‘la tushunib olishlariga erinmaslik kabilar kiradi. Har bir dars aniq maqsad va tuzilishga ega bo‘lishi lozim. Darsning maqsadi o‘quvchiga qanday va qancha bilim berish shu bilimlar asosida ularda nimani tarbiyalash kerak degan savolga javob beradi. Darsning 252 aniq maqsadiga ega bo`lish uchun to`g`ri rejalashtirishga olib keladi. Reja asosida o‘tilgan dars bilimlar tizimining ketma-ketligiga va ular o‘rtasida uzviy bog`lanishni hosil bo‘lishiga imkon beradi. Sizningcha dars samaradorligini oshirish uchun nima ishlar qilish kerak? Dars tuzilishi deganda uning bosqichlarini va har bir bosqichning to‘g‘ri bajarilishini tushunamiz. Darsning tuzilishi o‘quvchilarning ish qobiliyatiga faol ta’sir qiladi. Shunday ekan, uni pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilishni o‘ylash lozim. Darsning har bir bosqichi uchun ajratilgan vaqt to‘g‘ri va oqilona foydalanish dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Dars jarayonida mashg‘ulot turini almashtirib turish esa, o‘quvchilar diqqatining barqaror bo‘lishini ta’minlaydi. Talabalar faolligini ta`minlovchi asosiy omillardan biri hamkorlikda ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish ekan, “Kichik guruhlar faoliyati qanday tashkil etiladi?” degan tabiiy savol paydo bo`ladi. Eng avvalo, ta`limning guruhli shakli «ta`lim beruvchi — ta`lim oluvchi» dialogidan voz kechishni va «ta`lim beruvchi — guruh —ta`lim oluvchi» ko`rinishidagi uch tomonlama o`zaro munosabatga o`tishni nazarda tutadi. O`quv guruhi, tarkibi bo`yicha harakatchan kichik guruhlarga bo`linadi va ularning har — biri o`zicha o`quv materialini o`zlashtiradi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, shu tufayli o`qituvchi bilan ta`lim oluvchilar o`rtasida ancha mustahkam aloqa o`rnatiladi, shaxsiy va bir vaqtning o`zida ta`lim jarayonida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi. Ta`lim oluvchilarning hamkorlikdagi harakati tashkillashadi, bu esa, o`quv- bilish jarayonini faollashtirishga, ularda empatiyani, kommunikativlikni shakllantirishga ko`maklashadi. Vazifani hamkorlikda bajarish jarayonida, ta`lim oluvchilarda, o`rtoqlari tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga motivatsiya paydo bo`ladi. Ta`lim oluvchilar bir-biriga savollar beradilar, shuning uchun, ular savollarni aniq shakllantirishni bilishlari zarur, javoblarni - argumentlashtirishni, tushunishga erishish uchun esa, ular bir birlarini diqqat bilan eshitishlari kerak. 253 Guruhlarda ishlash paytida, zarurati bo`lganda, ta`lim oluvchilar yordam berishlarini so`raydilar va boshqalarga yordam berishni o`rganadilar. O`rtacha qobiliyatga ega yoki xarakteri bo`yicha qo`rqoq bolalar o`z bilimlari va mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatini oladilar. Kichik guruhlarda ishlash, ularni stress holatlardan xalos etadi, ya`ni noto`g`ri javob berganda butun jamoa oddida izza bo`lishdan qo`rqishdan holi bo`ladi. Guruh a`zolari, javobni do`stona baholab, ularda o`ziga ishonch tuyg`usini uyg`otish imkonini beradilar. 4-5 kishidan iborat guruhda, qo`rqoq kishi, 25 kishilik guruh oldida o`zini tutishga nisbatan, o`zini ancha erkin his etadi. Guruhlarda ishlashga tayyorgarlik ko`rish paytida quyidagilarga e`tibor berish zarur. Birinchidan, guruhlar qanday tuzilganda yaxshi natija beradi? • Belgilari bo`yicha: - ixtiyoriy yoki noformal belgilari bo`yicha tuzilgan aralash guruhli; - yoki o`quv yutuqlari darajasi bo`yicha tuzilgan, ya`ni: baravarlashtirish, qo`llab-quvvatlash, rivojlantirish guruhlari; - yoki psixologik jihatdan bir-biriga to`g`ri kelish darajasi bo`yicha tuzilgan yoki biron-bir boshqa belgilari bo`yicha tuzilgan. • Soni bo`yicha: - 2 dan to 5 kishigacha uncha katta bo`lmagan vazifalarni bajarish uchun; - 5 dan to 7 kishigacha — murakkab vazifalar uchun. • Vaqt bo`yicha: Kichik guruhlar, belgilangan vazifani bajarish uchun qancha vaqt ajratilgan bo`lsa, shuncha vaqt faoliyat ko`rsatadi. Albatta, agar muammoli tadqiqot qilish kerak bo`lgan vazifa qo`yilsa, uni bajarish uchun bir nechta o`quv mashg`uloti kerak bo`ladi. Demak, guruhlar ham bir nechta darslarda faoliyat ko`rsatib, vazifa bajarilgach, hisobot beradilar va guruhlar sifatida faoliyatini to`xtatadi. Ta`lim oluvchilarni guruhlarda ishlashga o`rgatish o`ta muhimdir. Guruhdagi asosiy ishtirok etuvchilar: 254 • Ta`lim oluvchilar-guruh a`zolarining majburiyatlarini bilishlari va bajarishlari zarur: - har bir a`zo o`rtoqlarini fikrini eshitishi lozim. - har bir a`zo ishda faol qatnishishi va hamkorlikda ishlashdan bo`yin tortmasligi kerak; - har bir a`zo, zarurati bo`lganda yordam so`rashi kerak; - har bir a`zo, undan yordam so`rashganda, boshqalarga o`z yordamini berishi kerak; - har bir a`zo guruh ishining natijalarini baholashda ishtirok etishi kerak; - har bir a`zo o`zining rolini yaxshi tushunishi va bajarishi kerak; - har bir a`zo, konkret vazifani bajarishda, o`zining konkret vazifasini bilishi kerak. • Yetakchi: Guruhning vazifasi, to`g`ridan - to`g`ri guruh yetakchisi yoki ta`lim oluvchining rahbarligi ostida bajariladi. Guruh a`zolaridan bittasini yetakchi (skiper, tashkilotchi) etib tayinlash lozim. Uni, teng ravishda, o`z fikrini aytmaydigan va past natijalar ko`rsatgan yoki yaxshi o`zlashtiradigan va faol ta`lim oluvchilarning ichidan tanlash mumkin. O`quv jamoasining yetakchisi guruh yetakchisi rolini bajarishi shart emas. Barcha o`quvchilar, yetakchining rolini tushunishiga iqror bo`ling. U, turlifunktsiyalarni bajarishi mumkin, lekin, doimo, barcha o`quvchilarni ishni bajarishda qatnashishi ustidan nazorat qilishi kerak. Yetakchilarga, ularning roli, nafaqat guruh nomidan yakun yasashdan iborat emasligini tushunishlariga yordam berish darkor: ularga, guruh vazifalarini bajarish usullari, guruhning har bir a`zosini individual ulushi to`g`risida gapirib berish kerak. Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli ayniqsa kattadir. CHunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr almashinuvlarning boshida turmog`i kerak bo`lsa, ular faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda yo`naltirib turmog`i lozim. Kichik guruhdagidan farqli o`laroq, 255 katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruxga yon bosmasligi yoki ularni o`zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks xolda, u o`zining faoliyati bilanboshqalar tashabbusiga salbiy ta`sir ko`rsatishi va bahsning yo`nalishini buzib qo`yishi mumkin. SHuning uchun katta guruhlar uyushtiriladigan munozarannig mavzusi oldindan tanlangan va unga boshlovchi ma`lum ma`noda tayyor bo`lishi shart. Guruhlar bilan ishlashda e`tibor berilishi kerak bo`lgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni masalasidir. Vazifaning mazmuni o`qitishning an`anviy shakllariga qaraganda boshqacharoq xarakterga ega bo`lishi lozim. Masalan guruhga darslikdagi ma`lum bir paragrafni konspektini olish vazifa sifatida berish maqsadiga muvofiq emas, chunki har bir o`quvchi bu ishni o`zi, mustaqil bajarishi mumkin. Amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, muammoni nostandart qo`yilishigina, o`quvchilarni bir-biridan yordam olishga, boshqalarning ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi. Quyida «Windows operatsion tizimining tashxis dasturlari bilan ishlash» mavzusini o`qitishda talabalarning faol munosabatlarini tashkil etish uslublaridan ayrimlarini va ularni amalga oshirish texnologiyalarini tavsiya qilamiz. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling