A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
Metodik tavsiyalar: agar talabalar maksimal ravishda faol bo'lsalar,
mashg'ulotning rivojlantiruvchi, to'g'rilovchi, shakllanti-ruvchi, tarbiyalovchi, ta'lim beruvchi vazifalarini amalga oshirishda tarbiyaviy samara yuqori bo'ladi. Guruhdan tashqari mashg'ulotda talabalarni faollashtirishda darsdan farq qiladigan alohida emotsional muhitni yaratish birinchi darajali ahamiyatga ega. Masalan, talabalardan qo'llarini ko'tarish, o'rinlaridan turish talab etilmaydi. Intizomni saqlab turish uchun alohida qoidalar joriy qilinadi (kiritiladi): strelka ko'rsatgan, fant tushgan talaba javob beradi. Bir masala yuzasidan bir necha talaba o'z fikrini bildirishi eng qulaydir. Pedagogning nutqida “to'g'ri”, “balli”, “ofarin” kabi rag'batlantiruvchi so'zlarning bo'lmasligi, buning o'rniga xayri-xohlik, his-hayajon, pedagogning his-tuyg'ularini ifodalovchi, hayrat bilan aytilgan “ha”, “juda qiziqarli”, “yangi xabaring uchun rahmat”, “shundaymi?”, “buni qarang-a!” kabi iboralardan foydalanish iliq, xayrixohlik muhitining yaratilishiga yordam beradi. Agar, pedagog xulq-atvorni shakllantirishning xilma-xil metodlaridan (tarbiyalovchi mashqlardan foydalanish, o'rgatish, topshiriqlar berish) iloji boricha ko'p foydalansa, mashg'ulotga turli xil faoliyat tudari: mehnat, ijodiy ishlar, sport elementlari va hokazolarni kiritsa, asosiy qismning samaradoriigi oshib boradi. Pedagog xilma-xil faoliyat turlarini tashkil etishda talabalarni komandalarga birlashtirar ekan, ularni bir-birlari bilan erkin muomalada bo'ladigan qilib joylashtirishi, vazifalarni esa har bir ishtirokchi o'zi uchun alohida emas, balki o'zini jamoaning bir qismi deb his etadigan qilib taqsimlashi kerak. Topshiriqni bajarish uchun vaqt berishda komandaga uni bajarishni muhokama qilishga bir necha 273 daqiqa vaqt ajratish va komanda vakilidan tayyorligini so'rash lozim. Shunday taqdirdagina talabalarda faoliyatning umumiy maqsadi, xilma-xil vazifalar va hamkorlik uchun sabab (motiB)lar bo'ladi. Ongni shakllantirish metodlari talabalarda e'tiqodning, amaliy etik (axloqiy) tushunchalarning tarkib topishiga yordam berishi kerak. Bu maqsadlarda hikoya metodini talabaning axboroti, dokladi tarzida o'zgartirish, tez-tez munozaradan foydalanish yaxshi samara beradi. Guruhdan tashqari tarbiyaviy ishlarning ommaviy shakllarida talabalami munozara qoidalariga o'rgatish lozim: 1. Shuni yodda tutingki, bahslashuvchilar haqiqatni izlaydilar, ammo uni turlicha tasavvur qiladilar; bahsda umumiy mazmunni aniqlash, keyin esa qarashlardagi farqni oydinlashtirish va ularga hurmat bilan munosabatda bo'lish kerak. 2. Munozaraning maqsadi — tomonlardan birining haqligini aniqlash emas, balki haqiqatni qaror toptirishdir. 3. Haqiqatni opponent shaxsiga ayblar qo'yish bilan emas, balki faktlar yordamida qidirish zarur. 4. So'zlovchini avval diqqat bilan tinglash, keyin esa o'z nuqtayi nazarini bildirish lozim. 4. Mashg'ulotning yakuniy qismi. Pedagogik maqsad: talabalarni egallagan tajribalarini o'zlarining ta`lim muassasasidan tashqari hayotlarida amalda qo'llashga moyil qilish (xohish uyg'otish) va mashg'ulot g'oyasini amalga oshirishga qanchalik muvaffaq bo'lganligini aniqlash. Shunday qilib, yakunlovchi qism pedagogning talabaga boshqa muhitda tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishga imkon beradi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling