A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


MAVZU 26. KASB TA’LIMI O‘QITUVCHISINING METODIK ISHLARI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
MAVZU 26. KASB TA’LIMI O‘QITUVCHISINING METODIK ISHLARI. 
26.1. O‘qituvchining mustaqil metodik ishlari: o‘z siyosiy ongini o‘stirish, 
kasbi bo‘yicha bilim va tajribani kengaytirish, ta’lim – tarbiya 
sohasidagi o‘z bilim va mahoratini shakllantirish, didaktik 
materiallar tayyorlash. 

Tayanch so‘z va iboralar:
Mustaqil metodik ishlar, vazifalarni egallash, manba materiali, o‘quv 
materiallari, didaktik materiallar, vaqt va texnik imkoniyatlar, amaliy 
ko‘rsatmalar, vositalardan foydalanilani, tarqatiladigan materiallar, matnlarni 
ranglash, proektor slaydlari. 
Kasbiy - texnik ta`lim tizimining takomillashishi jarayonida o‘qituvchi 
o`zining mustaqil metodik ishlarini olib borib, shakllanib boradi. U bugungi kunda 
ko`plab tushuncha va ma`lumotlar bilan boyib, rivojlanib kelmoqda. Har qanday 
fan sohasida bo`lgani kabi u tushuncha, sifat ko`rsatkichlariga ega bo`lib, bular 
uning bilim olish asosini tashkil qiladi. 
O‘qituvchi o`zining mustaqil metodik ishlarini olib borib, kasbiy ta`limni 
tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalarni egallashga harakat qiladi: 
* o`qituvchilarning yangi, yanada murakkab tadbirlarni amalga oshirish 
maqsadida o`z kasbiy mahoratlarini oshirishda o`zining sharoitini yaratadi; 
* kasbiy-texnik ta`limning yangi konsepsiyalarini amalga oshirishning yangi 
yo`l va vositalarining yo`llarini yaratishga e`tibor qaratadi, faol-ijodkor shaxsni 
tarbiyalaydi; 
* pedagogik bilimlarni egallashga yangicha yondoshuvni yuzaga keltiradi; 
* ta`lim tarbiyaning yangi, yanada samarali shakl va metodlarini yaratadi
 
 
O’quv maqsadi 
O‘qituvchining mustaqil metodik ishlari: o‘z siyosiy 
ongini o‘stirish, kasbi bo‘yicha bilim va tajribani 
kengaytirish, ta’lim – tarbiya sohasidagi o‘z bilim va 
mahoratini shakllantirish
 
mazmuniga oid 
ma’lumotlarni nazariy jihatdan o’rganish



345 
* rivojlanib boruvchi yangi pedagogik jarayonlarni loyihalash, ta`lim 
oluvchilarning barcha imkoniyatlari va qobiliyatlarini ishga solish uchun sharoit 
yaratadi 
* kasbiy mahoratni egallashi uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirishga 
erishadi; 
* tashqi va ichki, boshqariluvchi va boshqarilishga berilmaydigan omillar 
tomonidan shaxsning shakllanish jarayonini rivojlantiradi; 
* inson shaxsining shakllanishida ma`lum maqsadga qaratilgan, o`zi tushunib 
yetib, orzu qilgan (o`zini mustaqil tarbiyalay oladigan) fazilatlar, sifatlar va 
xulqlarning shakllantirilishida katta rol o`ynaydi; 
* bolalarning maxsus tashkil etiladigan faol mustaqil, bilish - tanish, mehnat, 
estetik, jismoniy faoliyatiga, tabiiy qobiliyatlarini va psixik jarayonlarini 
rivojlantirish, tajribalar, ko`nikmalar hamda bilimlarni egallash, o`zlashtirishga 
yo`naltirilgan faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi; 
* estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy maqsadlarga muvofiq ravishda yosh 
avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o`ylab ko`rilgan, katta yoshdagilarning 
ijtimoiy zarur bo`lgan mehnatining o`ziga xos hususiyatlarini rivojlantiradi va 
boshqalar. 
 Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun manba materiali sifatida 
ishlatiladigan vositalarimiz quyidagicha farqlanadi: 
Ko‘pincha o‘quv materiallari bir paytning o‘zida didaktik materiallar 
sifatida, ya’ni o‘qitish, o‘rganish uchun ishlatiladi. 
ular amaliyot o‘qituvchilari tomonidan
darsni ko‘rgazmali o‘tkazish va bilim
berish uchun qo‘llaniladi 
ular talabalar tomonidan o‘ rganish uchun 
qo‘llaniladi va o‘qituvchisi tomonidan
tayyorlanadi 
O‘quv materiallari 
Didaktik materiallar 


346 
O‘quv va didaktik materiallarni tayyorlash deganda, o‘qituvchi 
tomonidan ularning tanlanishi va nazariy yoki amaliy mang‘ulotlar maqsadiga 
moslashtirilishi tushuniladi. 
Agar tayyor vositalar yo‘q bo‘lsa, u holda ularni o‘qituvchining o‘zi 
tayyorlashiga to‘g‘ri keladi. 
O‘quv va didaktik materiallarni tayyorlashda amaliyot o‘qituvchisi 
chegaralangan vaqt va texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda e’tiborini 
quyidagilarga qaratishi lozim: 
-ish varaqalari, tarqatmalar (bosilgan matnlar nusxalari), slaydlar, doska 
tasvirlari uchun eskizlar
-yozma topshiriqlar, yozma va og‘zaki testlar uchun so‘rov qog‘ozlari 
- baholash varagi, nazorat qog‘ozi 
- ish rejalari, tashkiliy hujjatlar 
Nazariy darslarni o‘tkazish paytida amaliy ko‘rsatmalar berilganda 
quyidagi vositalar ishlatiladi: 


347 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling