A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
352 XULOSA O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashning mohiyati, zaruriyati, zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish talablariga mos barkamol avlodni tarbiyalash masalalari izchillik bilan tahlil etilgan, dolzarb vazifalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Shu bois, oliy o‘quv yurtlarida talabalarni hozirgi zamon talabi ruhida tarbiyalash, olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ko‘nikma, malakalarini shakllantirishga qaratilgan ko‘pgina ta’lim-tarbiya vositalari, uslubiy shakl yo‘riqlari mavjud. Jumladan, bu borada yoshlarni hayotga tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llangan usullar, vositalar, tadbir shakllari, urf-odatlar va an’analar, g‘oyalar, hayotiy tajribalardan iborat namunalar majmuasidir. Mazkur darslikda mualliflar hozirgi zamon “Kasbiy ta`lim metodikasi” fanining yutuqlari hamda uzoq yillar olib borilgan kuzatishlari, mazkur fanni o‘qitishdagi tajribalarga asoslanib, kasb ta`limining ilmiy – nazariy va amaliy – metodik asoslari xususida fikr yuritadilar. “Kasbiy ta`lim metodikasi”ning nazariy – metodologik asoslari, mazmuni, funktsiyasi, tarkibiy qismlari, ularning vazifalari, o‘quv – tarbiya jarayonini boshqarishda o‘qituvchi va talaba mahorati aniq dalillar asosida yoritilgan. Ushbu darslikda kamchiliklar, hali qiyomiga yetmagan fikrlar bo‘lishi mumkin. Shu sababdan, sizning fikr-mulohazalaringizni kutamiz va keyingi nashrlarda albatta inobatga olamiz. Maqsadimiz - o‘qituvchilarga, xususan, faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchilarga, pedagogik faoliyatga tayyorlanayotgan talabalarga kasbiy pedagogik mahoratni egallashda “Kasbiy ta`lim metodikasi” haqida ma’lumot berishimizdan iborat. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling