353
GLOSSARIY (IZOHLI LUG`AT)
Adekvatlik
teng, o‘xshash, muvofiq kelmoq
Affekt
kuchli, jo‘shqin
va nisbatan qisqa muddatli
emotsional kechinmalar sifatida ro‘y beradigan
psixologik holat
Analogiya
psixik hodisalar va xulq-atvor
xususiyatlarining
o‘xshashligi
Anketa
metodlardan biri bo‘lib, respondent to‘g‘risida aniq
ko‘zlangan ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida
qo‘llaniladi
Apatiya
kishining tevarak
atrofdagi olamga nisbatan
befarqlik holati
Assotsiatsiya
psixik hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanish, u
ma’lum qonunlar bo‘yicha tarkib topadi
Astenik
shaxsning faolligini susaytiruvchi kechinmalar
Attraksiya
bir kishini boshqa kishi ko‘rib qolganda, idrok
etishda
yuz beradigan tafakkur turi
Audivizual idrok
shaxsning bir vaqtning o‘zida ham eshitib, ham
ko‘rib idrok qilishi
Autogen mashq
shaxsning o‘z-o‘zini ishontirish va o‘z-o‘zini
idora
qilishga asoslangan psixoterapevtik usul
«Axloq»,
«xulq»
va
«atvor»
arabcha so‘z bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham o‘z
ma’nosida qo‘llaniladi. Axloq kishilarning har bir
jamiyatga xos xulq me’
yorlari majmuidir.
Axloq
ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, hamma
soxalarda kishilarning hatti-harakatlarini
tartibga
solish funksiyalarini bajaradi.
Bakalavriat
o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi negizida oliy
354
ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha
fundamental
bilimlar beradigan, o‘qish muddati to‘rt yildan kam
bo‘lmagan tayanch oliy ta’limidir
Do'stlaringiz bilan baham: