[a], Turaev Khayit
-reaksiya. Etilendiamin bilan o’zaro bog’langan kraxmal-NaKMS gibridini olish reaksiyasi
Download 2.31 Mb.
|
Kramal-karboksimetilselluloza gibrid Ingilizcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kraxmal-NaKMS/PAK/Mont/NGK
- Olingan yuqori bo’kuvchan gidrogellarning morfologik analizi.
- Kraxmal-NaKMS/PAK
1-reaksiya. Etilendiamin bilan o’zaro bog’langan kraxmal-NaKMS gibridini olish reaksiyasi.
6-rasm. Kraxmal-NaKMS/PAK/Mont/NGK asosli gidrogelining IQ- spektiri 6-rasmda Kraxmal-NaKMS/PAK/Mont/NGK tarkibli gidrogel IQ spektri keltirilgan. Undagi OH va NH2 guruhlari bilan bog’liq engil siljishlarni 3383,14 sm-1 yutilish chizig’ida ko’rishimiz mumkin. 2924,09 va 2852,72 cm-1 sohalarda mos ravishda СН2 va СН guruhining valent tebranishi kuzatiladi. 1716,65 sm−1 yutilish sohasi –COONa va -OH guruhlarining bo’lovchilar ishtirokida o’zaro bog’lanishi natijasida hosil bo’lgan. 1635,64 sm−1 yutilish sohasi –NH-CH2-CH2-NH- hosilalari hisoblanadi va bu –NH-CH2-CH2-NH- ning bog’ hosil qilishi natijasida kuzatilgan. 1336,17 va 1556,65 sm−1 sohada -COO− guruning valent tebranishi hisoblanadi. 1053,13 cm-1 soha Si-O-Si guruhi, 989.48 - 950,91 cm-1 soha Al-O-Al guruhlari, 555,50 cm-1 soha Al-O-Si gurihini borligini ifodalaydi. IQ analiz nahlil natijalaridan shunday xullosa qilish mumkinki Kraxmal-NaKMS/PAK/Mont/NGK'>Kraxmal-NaKMS/PAK/Mont/NGK tarkibli yuqori bo’kuvchan gidrogel muvaffaqiyatli sintez qilindi va Kraxmal-NaKMS/PAK/Mont/NGK tarkibli yuqori bo’kuvchan gidrogelning taxminiy tuzilish formulasi quyidagicha ifodalandi. (2-reaksiya). 2-reaksiya. Kraxmal-NaKMS/PAK/Mont/NGK tarkibli yuqori bo’kuvchan gidrogelning hosil bo’lish reaksiya mexanizmi. Olingan yuqori bo’kuvchan gidrogellarning morfologik analizi. Olingan gidrogelning sirt yuzasini va uning ichki tuzilishi o’rganish uchun skanerlovchi elektron mikroskopdan (SEM) foydalanildi (7-rasm). Kraxmal-NaKMS/PAK asosli gidrogelga montmorillonit va natriygidrokarbonat qo'shilgandan so’ng kuzatilgan o’zgarishlar sababli yuqori bo’kuvchan gidrogelning morfologiyasi SEM tasvirlari yordamida o’rganildi. 7 (b) rasmda Kraxmal-NaKMS/PAK asosli gidrogelining SEM tasviridan ko'rinish mumkinki, undagi g’ovaklar nisbatdan kichikroq hisoblanadi. Yuqori bo’kuvchan gidrogellarni sintezida montmorillonit va natriygidrokarbonat qo'shilganda polimer zanjirda makrog’ovaklar hosil bo’ladi (7 (c) rasm). Kraxmal, karboksimetilselluloza va montmorillonit polimerda gidrofil guruhlarni ko’paytirish bilan birga mikro g’ovaklarni ham hosil qilsa, qo’shilgan natriygidrokarbonatning parchalanishi natijasida esa hosil bo’lgan karbonatangidrid gazi atmosferaga chiqib ketish jarayonida makrog’ovaklar va tartibsiz morfologiyaning shakllanishiga yordam beradi. Gidrogellardagi gidrofil guruhlar va hosil bo’llgan katta-kichik g’ovaklar suvni gidrogelning ichki qismiga suvni tezroq kirib borishini ta’minlab uning bo’kuvchanlikini oshiradi va bo’kish vaqtini qisqartiradi.
Download 2.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling