Moddalar miqdori va turli xil muhitlarning gidrogelar bo’kuvchanlikiga ta’sirini o’rganish.
Kraxmal va karboksimetilsellulozaning massa nisbatlari 1:1 va akril kislota 2 mol bo’lganda gidrogelning suv yutuvchanligi eng yuqori bo’lishi aniqlandi, bu kraxmal va karboksimetilsellyuloza tarkibidagi ko’p miqdordagi gidrofil guruhlar – gidroksil –OH, karboksil –COOH, natriykarboksilat –COONa, karbonil –COO- guruhlarning mavjudligi bilan bog'liq.
10-rasm. Kraxmal va NaKMS massa nisbatlarining gidrogel bo’kuvchanligiga ta'siri.
Kraxmal va NaKMS massa nisbati 1:1 bo’lganda gidrogellar yuqori bo’kuvchanligga ega bo’ldi. Natriykarboksimetilsellulozaning miqdori kraxmalga nisbatan oshib borishi natijasida suvda eruvchan gidrogellar hosil bo’lib, bo’kuvchanligi pasayib ketadi (10-rasm). Polimerlanish paytida polimer zanjirda -COOH, -COO-, -OH, NH2, -NH va COONa kabi gidrofil gurular ko’payadi va ular gidrogellarda kuzatiladigan yuqori bo’kuvchanligni asosiy sababchisi hisoblanadi.
Bog'lovchi kontsentratsiyasining gidrogelar bo’kuvchanligiga ta'siri.
Bog’lovchining (MBA) 0,6% dan (akril kislota massasiga nisbatan) oshib borishi natijasida gidrogelnig suv yutuvchanliki pasayib boradi (11-rasm). Bo’g’lovchi modda konsentrasiyasining oshib borishi natijasida polimer zanjirda bog’lanishlar sonining oshib ketishi va bog’lanishlar tartibsiz bo’lishi hisobiga polimerdagi tarmoqlarning zichlashib qolishi va qo'shimcha tarmoqlar shakllanishi kuzatiladi. Shu sababli uning oshib ketishi gidrogel bo’kuvchanlikini pasaytiradi. Bog'lovchi reagent gidrofil polimer zanjirlarining suvli eritmada erishini oldini olishda muhim hisoblanadi.
Kraxmal-NaKMS/PAK/Mont/NGK_bo’kuvchanligiga_tasiri.'>11-rasm. MBA konsentrasiyasining gidrogel (Kraxmal-NaKMS/PAK/Mont/NGK
bo’kuvchanligiga ta'siri.
Inisiator kontsentratsiyasining gidrogelar bo’kuvchanligiga ta'siri.
Inisiator birinchi navbatda polimerlar zvenosining tashqi qismida joylashgan gidroksil va karboksil guruhga hujum qiladi va erkin radikallarni hosil qiladi. Inisiator (KPS) konsentrasiyasi 1,5% bo’lganda (Kraxmal-NaKMS va akril kislota massasiga nisbatan) gidrogel suvni yuqori yutish xossasiga ega bo’ladi. Kraxmal-NaKMS/PAK/Mont/NGK asosli gidrogelning distillangan suvdagi yuqori bo’kuvchanligi 822 g/g ni tashkil etdi (12-rasm). Inisiator miqdorining oshishi juda ko’plab radikal markazlar hosil qiladi bu esa monomerlarning o’zaro tartibsiz bog’lanishiga olib keladi. Shuningdek, inisiatorning (KPS) miqdori oshganda reaksiya oxirigacha bormasdan reaksiya jarayoni vaqtidan oldin tugashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |