[a], Turaev Khayit


-rasm. Gidrogelning (Kraxmal-NaKMS/PAK/Mont/NGK)


Download 2.31 Mb.
bet8/9
Sana28.09.2023
Hajmi2.31 Mb.
#1689040
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kramal-karboksimetilselluloza gibrid Ingilizcha

18-rasm. Gidrogelning (Kraxmal-NaKMS/PAK/Mont/NGK)
bo’kuvchanligiga natriy xlorid (NaCl ), kalsiy xlorid (CaCl2 ), alumeniy xlorid (AlCl3 ) kontsentratsiyasining tasiri.

18-rasm asosida gidrogellarning bo’kish qobiliyatiga turli xil tuz eritmalari, shu jumladan monovalent (NaCl), ikki valentli (CaCl2) va uch valentli (AlCl3) ionlarini ta’siri o’rganildi. Turli xil tuz eritmalarining turli xil konsentrasiyalarida gidrogellarning bo’kish qobiliyati 35 0C haroratda tekshirildi. Ko'rinib turibdiki, bo’kuvchanlikning kamayishi tuzning turi va undagi kationlarning valentligiga ham bog’liq hisoblanadi. Shuningdek, gidrogellar bir valentli ko’p atomli kationlari bo’lgan tuzlarda ham kam bo’kadi masalan, NH4Cl eritmasida.


Montmorillonit kontsentratsiyasining gidrogelar bo’kuvchanligiga ta'siri.
19-rasmdan ko‘rinib turibdiki, montmorillonit konsentratsiyasi 6% dan yuqori bo‘lganda polimer zanjirning bog‘lanish nuqtalariga kuchli ta’sir qiladi va zanjirning o‘sishiga to‘sqinlik qilishi natijasida polimerning molekular massasi pasayadi, natijada gidrogelning suv yutuvchanligi ham kamadi. Montmorillonit bentonitdan farqli ravishda TiO2, Fe2O3, MgO, CaO, Na2O, K2O, P2O5, SO3, FeO kabi qo‘shimcha oksidlardan qisman tozalangan. Bu oksidlar reaksiya jarayonida polimer zanjirning bog‘lanish nuqtalariga ta’sir o‘tkazib polimer molekular massasining pasayishiga olib keladi. Molekular massaning kamayishi natijasida gidrogelning bukuvchanligi pasayadi. Montmorillonit konsentrasiyasi 6% dan kam bo’lganda ham gidrogelning bo’kuvchanlikini pasaishini ko’rishimiz mumkin. Montmorillonit kam bo’lganda gidrogelda mayda g’ovaklar ham kam bo’lishi shuningdek, polimer zanjirda bog’lanishlar zich bo’lib qolishi aniqlangan. Bundan tashqari montmorillonit o’zi ham namni yaxshi saqlashi aniqlangan.


Download 2.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling