A. V. Petrovskiy o'z ishlanmalarida "individual" va "shaxs" tushunchalari bir XIL emasligidan kelib chiqadi. Shaxs bu jamiyatda shaxs tomonidan tabiatan ijtimoiy munosabatlarga kirishish jarayonida EGA bo'lgan alohi
Download 83.5 Kb.
|
SHXS 2- QISM
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX- asrning 80-90 yillarida shaxsiyat psixologiyasining rivojlanish bosqichi bo‘ldi. Bu bosqichning asosiy xususiyatlari K.Obuxovskiyning fikriga ko‘ra quyidagicha
- Rus psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning ishlarida o’z aksini topgan.
V.S Merlin (1898-1982) shaxsiyatining integral nazariyalarini ishlab chiqadi va quyidagi bosqichlarini ko‘rsatdi.
1. Biokimyoviy 2. Somatik 3. Neyrodinamik 4. Psixodinamik (temperament bosqichi) 5. Shaxsiyat 6. Jamiyatdagi ijtimoiy roli. Bu bosqichlar orasida bir tomonlama va ko‘ptomonlama bog‘liqlik bor.Ya’ni bir bosqich bir vaqtda bir necha bosqichda aloqada bo‘ladi.Temperamaent bosqichda quyidagilarni farqlaydi. Ekstreversiya- obektiv holatdan kelib chiqib, psixik o‘zini tutish. Sergaklik- to‘siq bo‘layotgan holatdaN qochish orqali reaksiyaga kirishish. Reaktivlik- xatti-harakatga shunday javob qaytarish. Impulsivlik- tezlik, Emotsiyalar xatti-harakatning kuchi-emotsiyalarni uyg‘onishi maqsadida aktiv harakat qilish. SHaxsiy faoliyat haqida gapirdanda, shuni nazarda tutganki, psixologik vositalarning tizimi shundayki, inson o‘zining shaxsiyatini ko‘rsatish uchun harakatsiz ulardan qochadi. Temperament B.S.Merlin fikricha ko‘ra, o‘zgartirish mumkin emas, chunki u genetik , lekin uni kompensatsiya qilsa bo‘ladi. Uning eng mashhur ishlaridan biri – “Temperament nazaryalari to‘g‘risidagi ocherk”, “Eksperimental shaxs psixologiyasi”, “Shaxsiyatning integral tadqiqotlari”. XX- asrning 80-90 yillarida shaxsiyat psixologiyasining rivojlanish bosqichi bo‘ldi. Bu bosqichning asosiy xususiyatlari K.Obuxovskiyning fikriga ko‘ra quyidagicha: - Haqiqiy shaxsiyatga qaratilgan tadqiqotlar -Shaxsiyat psixologiyasining etik tomonlariga tafakkur va motivatsiyaga yaqinlashgan Rus psixologiyasida shaxs tuzilishi haqida gapirilganda, uning tarkibiga qobiliyati, temperamenti, xarakteri, motiv va ustanovkalarini ham kiritadilar. Ayrim mualliflar esa shaxs tarkibiga uning irodasi va hissiyotlarini ham kritishadi. K.Obuxovskiyning fikricha: “Shaxs – odamning ijtimoiy tarixiy jihatdan shartlangan psixologik xususiyatlari tuzilmasi bo’lib, uni yaxshi bilish xatti-harakatlarini oldindan bilish (bashorat qilish) va tushuntirish imkonini beradi. Shuning uchun, har qanday nazariyaning oldida undagi psixologik va ijtimoiy jihatlarning o’zaro nisbatini aniqlash vazifasi turadi. Shaxs tizim sifatida psixologik tuzilma va ijtimoiy borliqning birligida namoyon bo’ladi, shaxsning ijtimoiy mohiyatini ifodalaydi. “Shaxs” tushunchasi yaxlit insonning individual qobiliyatlari va ijtimoiy rollarning bajarilishi birligini ifodalaydi. Ijtimoiy tabiatga ega shaxsning barcha rollari va o’zini-o’zi anglashi ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Shaxs individ sifatida jarayonlarning integratsiyalashuvi natijasi bo’lib, sub`ektning hayotiy munosabatlarida namoyon bo’ladi. XX asrning 60-yillarida rus psixologiyasida shaxsning tarkibiy qismlari haqida bahslar boshlangan. 1960 yillarning o‘rtalarida shaxsning umumiy tuzilishi haqida fikrlar berilib, unda K.K.Platonovning qarashlari o‘ziga xos bo‘lgan. Olim shaxs sifatida biosotsial ierarxik tuzilmani tushnadi. U shaxs tarkibiga uning yo‘nalganligi, tajribasi (bilim, ko‘nikma va malakalari), atrof-muhitni aks ettirishning o‘ziga xos individual xususiyatlari (sezgisi, idroki, xotirasi, tafakkuri) va nihoyat temperament xususiyatlarini ham kiritadi. Shaxs tushunchasida odamning alohida individ sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari aks etadi. Biroq shaxsning mohiyati ijtimoiy munosabatlari personifikatsiyasi (shaxsiyatlashuvi) bo’lsa, alohida shaxs o’zining ijtimoiy mohiyatini individuallik shaklida namoyon etadi. Individuallikda o’z qiyofasini yaratadi, o’z hatti-xarakatlarining “muallifi”ga aylanadi. “Agar shaxs inson xususiyatlari tarkibining eng yuqori “cho’qqisi” bo’lsa, u holda individuallik shaxs va faoliyat sub`ekining eng chuqur tuzilmasidir. Individuallikdan, o’zligidan xoli shaxs mavhum va real mavjud bo’la olmaydi. “Agar inson individi o’zining ijtimoiy mohiyatini o’zlashtirmay turib shaxs bo’la olmas ekan, u holda individuallikka ega bo’lmay turib o’z borlig`ini ham topa olmaydi”. Shunday qilib shaxs o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy, yashash usuliga ko’ra individualdir. Unda ijtimoiylik va individuallik, mohiyat va mavjudlikning birligi mujassamdir. Shaxs va individuallik tushunchalari nafaqat o’zaro bog`liq, balki bir-birini o’zaro ta`minlaydi ham. Odam shaxsi sifatlarining shakllanishi o’zini-o’z anglash bilan o’zaro aloqadordir. Alohida olingan shaxsning xulq-atvori, o’zining ijtimoiy rol va vaifalariga munosabati uning individual ongi, riovjlanish darajasi hamda individual xususiyatlariga bog`liqdir. Shunday qilib, individuallik, nafaqat shaxs bilan aloqador, balki uning eng muhim xislatini ham tashkil etadi. Shuning uchun u ham shaxsning ta`rifi tarkibiga kirishi kerak. Rus psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning ishlarida o’z aksini topgan. Keyinchalik bu masala bilan shug‘ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, rivojlanishning o’ziga xosligi boyicha yondashuvda muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va undan so’ng ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiq. Ontogenezda shaxs taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga alohida ilmiy psixologik ta'rif berish nuqtai-nazaridan yondashishni quyidagi nazariya va yo’nalishlarini ko’rsatib berish mumkin. Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan (L.S.Vigotskiy); motivasion yondashish (L.I.Bojovich); faoliyatga ko’ra munosabat (D.B.Elkonin); shaxsning ijtimoiylashuv xususiyatiga e'tiboran (A.V.Petrovskiy); shaxsning tutgan pozisiyasini hisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo. Shunday qilib, xorij va rus psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiy-metodologik asosga ega bo’lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo’lib xizmat qiladi, amaliy va nazariy muammolarni yechishda keng ko’lamda qo’llaniladi. Biz shaxs rivojlanishini o’rganar ekanmiz, asosiy e’tiborni shaxsga ta’sir etuvchi omillar sifatida faqat - biologik va ijtimoiy ta’sirlarga emas, shuningdek shaxsning hayoti davomida rivojlanish jarayoninini ta’minlovchi omillar - o’qish-o’rganish, shaxs motivlari, emotsiyalari va shaxs sog’lig’iga ham qaratish lozim. Shaxsni o‘rganishga bag’ishlangan bugungi tadqiqotlar asosiy e’tiborni shaxsning biologik rivojlanishiga va shaxsning atrof-muhitga bo’lgan munosabatiga qaratadi. Ular shuningdek shaxsga bo’lgan madaniy ta’sir shaxsning boshqalar tomonidan tan olinganlik hissi, shaxs egoizmining shakllanishiga bo’lgan ta’sirini o’rganadi, ular Freydning asosiy kashfiyoti bo’lgan ongsizlik muammosiga ham katta e’tibor qaratadi. Rossiyalik psixofiziolog Ivan Pavlov shaxs xulq-atvorini tasvirlab berishda o’z nazariyasini ilgari suradi. Uning nazariyasiga ko’ra xulq-atvor shaxslarni bir-biriga yaqinlashtiradi deb ta’kidlagan. Bu holatda insonlar atrof-muhitga nima berayotganlarini osongina tushunib yetadi va javob beradi. Uning nazariyasida faollik va ishyoqmaslik to’g’risida savollarga javoblar berilgan. Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling