A. V. Shinga taqdimnoma


Download 25.13 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi25.13 Kb.
#1315027
Bog'liq
6.Такдимнома


NAMUNA
O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligi
A.V.Shinga
TAQDIMNOMA
(lavozimga tayinlash)

Hozirgi vaqtda Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi Tojieva Muqaddas Talabovna O‘rta Chirchiq tumanidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudira lavozimiga tayinlash uchun




TAVSIFNOMA

Tojieva Muqaddas Talabovna, 1990 yil 4 avgust kuni Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, 2010 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Milliy istiqlol g‘oyasi, ma’naviyat va xuquq asoslari” fakultetini bakalavr bosqichini, 2012 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika Universitetining magistratura bosqichining “Psixologiya” yo‘nalishini tamomlagan. 2015 yildan buyon ta’lim tizimining turli lavozimlarida ishlab kelmoqda.


Maktabgacha ta’lim sohasidagi mehnat faoliyatini 2015 yilning sentyabr oyidan Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi 173-sonli umumta’lim maktabining “Milliy g‘oya” fan o‘qituvchi lavozimidan boshlab, 2019 yilning 1 apreldan Yunusobod tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 228-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti psixolog lavozimida va 2019 yil 2 apreldan mudira vazifasini vaqtincha bajarib kelmoqda.
2018 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti xuzuridagi Xalq ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish xududiy markazida “Milliy g‘oya turkumidagi fanlar o‘qituvchisi yo‘nalishi” bo‘yicha malaka oshirish kursini tugallagan.
Tojieva Muqaddas Talabovna egallab turgan lavozimida o‘zini intizomli, kasbiga sadoqatli, tashkilotchilik qobiliyatiga ega xodim sifatida ijobiy tomondan ko‘rsatib, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hamda rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishga xarakat qilib keldi, muassasada va tuman miqyosida o‘tkazib kelinayotgan barcha ommaviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib keladi.
Tojieva Muqaddas Talabovna o‘tgan davr mobaynida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatishga harakat qildi. Ish faoliyatini qonunchilikka rioya qilgan holda tashkillashtirdi. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatiga ta’lluqli bo‘lgan farmoyish, qaror, buyruq, ko‘rsatma va boshqa me’yoriy hujjatalarini yaxshi biladi va ulardan kundalik xizmat faoliyatida to‘g‘ri foydalanib kelmoqda.
Tojieva Muqaddas Talabovna ishini kundalik reja asosida tashkillashtirgan, rahbariyat tomonidan qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida puxta bajarilishini ta’minlashga xarakat qilib, soxaviy bilimlarini o‘zlashtirish bo‘yicha tinimsiz izlanib kelmoqda.
Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga rahbarlik qilishi davomida maktabgacha ta’lim tashkiloti 2019-yilda qurilgan bino va inshoatlar texnik soz holatda saqlash, bolajonlarning ta’lim olishlari va mazmunli xordiq chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida davlat byudjeti mablag‘lari va xomiylarning moddiy ko‘maklaridan samarali foydalanib, intizomli, kasbiga sadoqatli, tashkilotchilik qobiliyatiga ega rahbar sifatida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatib kelmoqda.
Tojieva Muqaddas Talabovna 2019 yilning aprel oyidan hozirgi kunga qadar tashkilotni ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Jumladan:
- 2019 yil iyun oyida tashkilotning bolalarni yozgi maydonchalari xomiylar hisobidan yangidan ta’mirlandi;
- 2019 yil iyul oyida tashkilotda bolajonlar uchun taekvando to‘garagi tashkil etildi.
Talabchan rahbar, mehnat jamoasida sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhit shakllangan bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy adolat, o‘zaro mehr-oqibat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya bilan bog‘liq milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish hamda asrab avaylashda alohida namuna ko‘rsatmoqda
Tojieva Muqaddas Talabovna 2019 yil aprel oyidan buyon barcha tashkilot pedagog xodimlarning malakasini oshirishiga va ustoz-shogird ishlarini yo‘lga qo‘yishiga amaliy yordam ko‘rsatib, o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda.
Yagona interaktiv Davlat xizmatlari markazining 2019 yil 14 avgustdagi ma’lumotnomasiga asosan, Tojieva Muqaddas Talabovnaga nisbatan qoralovchi ma’lumotlar aniqlanmagan.
2018 yil 02 oktyabrdagi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 02-07-3071/02-sonli xatiga asosan Tojieva Muqaddas Talabovna nomiga berilgan diplomlar haqiqatdan ham uni uning nomiga berilganligi tasdiqlandi.
Yuqoridagalarga inobatga olib, Tojieva Muqaddas Talabovnani rahbarlik lavozimida to‘plagan boy amaliy tajribasi, iqtidori, kasbiga sadoqatliligi va tashkilotchilik qobiliyatini hisobga olib, O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan, 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini takomillashtirish, jumladan, tashkilotdagi 100 nafar bolalarning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash, jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash, jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash, o‘z vaqtida inklyuziv maktatabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish, bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish, bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash, bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang‘ich ta’limga tayyorligini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish, hamda tashkilot xodimlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashda amaliy yorlam ko‘rsatish, ish faoliyati jarayoni yanada yaxshilash, maktabgacha ta’lim tizimiga taalluqli barcha normativ huquqiy xujjatlarni tartibga solish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash va boshqa salbiy holatlarni kelib chiqishini oldini olish maqsadida hamda O‘rta Chirchiq tumanidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashi tomonidan 2019 yil ___ fevral kuni o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra Tojieva Muqaddas Talabovnani O‘rta Chirchiq tumani 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudira lavozimiga tayinlash uchun taklif kiritamiz.
Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim
boshqarmasi boshlig‘i: S.R.Baratova

Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim


boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari: N.Nam
Toshkent viloyati Kadrlar
bo‘limi boshlig‘i v.b: J.Yusupov

O‘rta Chirchiq tuman maktabgacha


ta’lim bo‘limi mudiri: X.F.Do‘smatov

O‘rta Chirchiq tuman maktabgacha


ta’lim bo‘limi mudiri o‘rinbosari: B.N.Nigmatullaev

O‘rta Chirchiq tuman Davlat va nodavlat


maktabgacha ta’lim muassasalari
faoliyatini hamda o‘qitishning muqobil
shakllarini tashkil etish sho‘‘basi mudiri: _______________

O‘rta Chirchiq tuman kadrlar
bo‘yicha mutaxassis: F.Yuldasheva

Chiqish raqami №_______


2020 yil « »__________
Download 25.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling