A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

Formaldegidli mochevina – yog‘och tolali plitalar (DVP) va 
mebel ishlab chiqarishda adgezivlar (birlashtiruvchi) sifatida 
keng qo‘llaniladi. 


266 
Fragment – (lotinchadan fragmentum- bo‘lak, qism) – 
butunning biror – bir qismi yoki bo‘lagi. 
Gel hosil bo’lishi (jelatinlash, ilvirlamoq) – polikon-
densatsiya yoki polimerlanishni erimaydigan mahsulotlari. Gellar 
– eritmalarda bo‘kib, choklangan chiziqli polimerlar va 
polimerlar eritmalari bo‘lib, ular kimyoviy yoki vodorod bog‘lar 
bilan barqarorlashgan fazoviy molekulyar to‘rlar hosil bo‘lishi 
evaziga o‘z oquvchanligini yo‘qotgan bo‘ladi. Reaksiyalanuvchi 
aralashmaning o‘sib bo‘ruvchi polimer zanjirlarini choklanishi 
natijasida o‘z oquvchanligini yo‘qotgan vaqti gel hosil bo‘lish 
nuqtasi yoki gel-nuqta deyiladi. 
Gelkout – dekorativ – himoyalovchi qoplama. Kompozit 
sirtiga, uni atrof-muhit, ultrabinafsha ta‘sirlardan himoya qilish 
va unga dekorativ xossalar berish uchun qoplanadi. To‘yinmagan 
poliefir smolalarga asoslangan gelkoutlar eng istiqbolli 
hisoblanadi.
Gidrofil – moddaning suv bilan molekulalar o‘zaro ta‘sir 
intensivligining xarakteristikasi, suvni shimib olish qobilyati
shuningdek suv bilan sirtlarning yuqori ho‘llash. 
Gidrofob – suv bilan tutashuv bo‘lmaslikka ―intiluvchi‖ 
molekulaning fizik xossasi. Ushbu holatda molekula gidrofob 
deyiladi. 
Gidrogel – gidrofil makromolekula asosdagi kimyoviy 
polimer bo‘lib, suvda va suvli eritmalarda muvozanatli va qaytar 
bo‘kish qobiliyatiga ega. 
Globula – o‘lchamlari <10-15 nm va fazoviy to‘rni kichik 
zichlikdagi sohalari bilan ajragan ustmolekula. Bo‘g‘inlar 
konsentratsiyalarining fluktuatsiyasi kichik bo‘lgan polimer 
zanjir holati (konformatsiyalar to‘plami). 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling