A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Pardaning dielektrik singdiruvchanligini aniqlash
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Последовательные расчеты
6.3. Pardaning dielektrik singdiruvchanligini aniqlash
ELCUT dasturi yordamida elektrostatika masalalarini ham yechish mumkin. Nazariyaga asosan dielektrik singdiruvchanlik kattaligi quyidagicha aniqlanadi: ELCUT dasturida kompozit pardaning ikki qarama-qarshi chekkalariga potentsiallar beriladi. Kompozit pardada joylashgan zaryadning qiymati o‘lchanadi va dielektrik singdiruvchanlik hisoblanadi. Buning uchun dasturda yangi geometriya chiziladi yoki bazadan mavjud geometriyani olish mumkin. Avvalgi masala singari potentsiallarga qiymatlar beriladi. Dastur zaryad qiymatini hisoblaydi: 257 So‘ngra dielektrik qiymatni hisoblash mumkin. Quyidagi rasmda natijalar berilgan: 6.4. Pardaning magnit singdiruvchanligini aniqlash Magnit singdiruvchanlik masalasini aniqlash, elektr masala- larini aniqlashda qo‘llanilgan yondoshishga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi. O‘rganilayotgan kompozit bir tomoni nolinchi magnit potentsialiga, qarama-qarshi tomoni noldan farqlanuvchi magnit potentsialga ega bo‘ladi. Shunday qilib, kompozitda magnit oqim mavjud bo‘ladi. ELCUT dastur vositalari yordamida magnit oqimni o‘lchash, skalyar magnit potentsial kattaligini hisoblash va magnit singdiruvchanlik kattaligini aniqlash mumkin. Avvalgi masaladagi kompozit geometriyasi olinadi. Masala turi magnitostatikaning nochiziqli masalasi. Bunga sabab, kom- pozitdagi ferromagnit parda magnitlanish egrilikka ega. Magnit- lanish egrilanishini hosil qilish uchun ELCUT dasturidagi kuch- lanishlarning bog‘lanish jadvaliga qo‘lda kiritish mumkin, yoki ixtiyoriy matn muharriri faylidan qo‘yish mumkin. 258 Polietilen uchun magnit singdiruvchanligi birga teng. Chega- raviy shartlar: pardaning bir tomoniga nol potentsial, ikkinchi tomoniga noldan farqlovchi potentsial beriladi. So‘ngra qadam sonini kamaytirilib, induktsiya bo‘yicha magnit oqimini ko‘rish mumkin. Boshqa shunga o‘xshash ixtiyoriy masalalarda, ELCUT das- turi foydalanuvchi uchun qiziqtirayotgan fizik kattaliklarni model bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rish imkonini beradi. Shuningdek, kuchlanganlik vektorini, kuch chiziqlarini ham qurish mumkin. ELCUT dastur vositalaridan foydalanib, lokal qiymatlarni ham o‘lchash mumkin. Model fazosi bo‘yicha o‘tayotgan magnit oqim kattaligini aniqlaylik. Buning uchun ―Интегральный калькулятор‖ vosita- sidan foydalaniladi. Quyidagi rasmda magnit oqim qiymatini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, kompozitdagi magnit oqim qiymatini ko‘nda- lang va bo‘ylama holatda ham ko‘rish mumkin. Bo‘ylama holat- dagi qiymatni hisoblash uchun ham ―Интегральный калькул- ятор‖ vositasidan foydalaniladi. Magnit oqim qiymatini quyidagi rasmdan ko‘rinadi. Bunda magnit oqim armirlovchi bo‘ylab tarqalishini kuzatish mumkin. Ko‘ndalang va bo‘ylama masalalar uchun boshlang‘ich qiymatlar ya‘ni magnit oqim, skalyar magnit potentsial aniqlan- 259 gandan so‘ng kompozitning magnit singdiruvchanligini (magnit qarshiligini) hisoblash mumkin. Magnit singdiruvchanlik uchun bo‘ylama va ko‘ndalang masalalari uchun sonli qiymatlar quyida berilgan: Natijalardan ko‘rinadiki, ko‘ndalang yoki bo‘ylama masala- larning sonli qiymatlari keskin farq qiladi. 260 ELCUT dasturida shuningdek oz miqdordagi seriyali tarzda hisoblash imkoniyati mavjud bo‘lib, parametrlarni bog‘lanishini ko‘rsatib beradi, masalan ―Label Mover‖ vositasi. Bunda para- metrlarning sonli qiymatlarini, masalan: dielektrik potentsiallar, kuch, sirt haroratining kattaliklarini, modelning geometrik o‘l- chamlarini ya‘ni modelning ba‘zi bloklarini o‘zgartirish imko- niyatini beradi. Ko‘rilayotgan modelda ya‘ni ferromagnit pardaning po‘lat tolalar qalinligi materialning fizik xossalariga qanday ta‘sir qilishini aniqlash mumkin. Quyidagi rasmda kompozit material- ning modeli berilgan. Uning geometrik parametrlari: parda qalinligi va po‘lat tolalar diametri berilgan. Ushbu model uchun parda qarshiligini po‘lat tolalar qalinligiga bog‘liqligini aniqlash masalasini ko‘rib chiqamiz: Dastlab quyidagi model geometriyasi tuzib olinadi. O‘rga- nilayotgan kompozitsion pardadan o‘tuvchi tokning qiymati 261 beriladi. Har bir hisoblash qadamida ferromagnit tolalarning diametri orttirib boriladi va pardaga tushuvchi kuchlanish o‘lchab boriladi. Shunday qilib, tok qiymatini va kuchlanish tushuvini bilgan holda, ferromagnit zarralarning radiusiga mos keluvchi to‘g‘ri pardaning qarshiligini hisoblash mumkin. Rasmdagi modelning chap tomoni nol qiymatli dielektrik potentsialga ega. O‘ng tomoniga tok ulanadi va ushbu tomonda elektr potentsial o‘lchanadi. Elektr potentsial qiymati sonli ravishda kuchlanish tushuviga teng bo‘ladi. ―Label Mover‖ vositasida ushbu masalani batafsil ko‘rib chiqaylik. 1. ―Label Mover‖ vositasidan ketma-ket hisoblash, statistik tahlil va optimizatsiyani amalga oshirishi mumkin. 2. Menyudan ―Последовательные расчеты‖ (Ketma-ket hisoblash) tanlanadi va qiymatlar beriladi. Ya‘ni dasturga 262 masalaning har bir bosqichida o‘lchanadigan kattaliklar kiritiladi. 3. Modelning tok chegarasi belgilanadi va ―Средний Download 6.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling