A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
mm va uzunlikning bazis birligi mm
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELCUT
1 mm va uzunlikning bazis birligi mm bo‘ladi. So‘ngra
ELCUT dasturining grafik redaktori ochiladi. 2. Dasturning mazkur oynasida standart oddiy shakllar yordamida o‘rganilayotgan geometriyani yasash imkoni bo‘ladi. Shuningdek, foydalanuvchi geometriya jo‘natmasi- dan foydalanishi mumkin. Geometriya to‘liq shakllantiril- gandan yoki jo‘natma qilingandan so‘ng, o‘rganilayotgan model materiallarining barcha ahamiyatli parametrlarini kiritish mumkin. Diskretlashtirish qadamini avtomatik tarzda yoki qo‘l bilan kiritishimiz mumkin. 3. Dastlab polietilen, so‘ngra po‘lat parda geometriyalari chiziladi va parametrlari kiritiladi. Pardaning chegaraviy shartlari kiritiladi ya‘ni bir tomoniga musbat, ikkinchi tomoniga manfiy potentsial beriladi. 254 Barcha ahamiyatli parametrlar va chegaraviy shartlar kiritil- gandan so‘ng, o‘rganilayotgan materiallarning fizik xossalarini kiritish zarur. 1. Doimiy toklarning elektr maydoni masalasi uchun ahamiyatli materiallarning solishtirma qarshiligini, termo- elektrik qarshiliklarini kiritish zarur bo‘ladi. Polietilen dielektrik hisoblanadi va katta solishtirma qarshilikka ega. Po‘lat parda o‘tkazuvchi va kichik solishtirma qarshilikka ega. 2. Musbat va manfiy potentsiallar qiymatlari mos ravishda 50V va -50V. 3. O‘rganilayotgan materiallarning barcha parametrlari va chegaraviy shartlari berilgandan keyin cheksiz elementlar qurishga o‘tish mumkin. 4. ELCUT dasturining ―Задача‖ menyusidan ―´=Решить:‖ buyrug‘i orqali masala yechiladi. 5. So‘ngra natijalarni ya‘ni model fazosi bo‘yicha tokning to‘liq taqsimlanishini ko‘rish mumkin. 6. Shuningdek, ELCUT dasturi olingan natijalarni tahlili bo‘yicha keng imkoniyatlarga ega. Turli fizik kattaliklar: kuchlanish potentsiali, solishtirma qarshilik, issiqlik ajralishi, tok zichligi bo‘yicha ham tahlillar qilish mumkin. Natijalarni vizual grafik ko‘rinishda olish mumkin. Masalan, berilgan model fazosi bo‘yicha potentsial izolini- yasini olish, ya‘ni potentsial taqsimlanishi va tok qanday o‘tishini ko‘rish mumkin . 255 Solishtirma elektr qarshilikning hisoblash natijalarini ko‘rib chiqaylik, Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni: I U R U – qo‘yilgan potentsiallar farqi; I – materialdagi tok kuchi. Mazkur masala qo‘yilishidan kelib chiqib, pardaning bo‘y- lama va ko‘ndalang solishtirma elektr qarshiligining sonli qiy- matlari biroz farq qilmoqda: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling