A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. Zarrachalarning turli o’lchamdagi va kontsentratsiyadagi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

6.1-rasm. Zarrachalarning turli o’lchamdagi va kontsentratsiyadagi 
geometrik modellari. 


251 
6.2-rasm. Kompozitning dielektrik singdiruvchanligini elektr maydon 
kuchlanganligiga nisbatan hisoblash natijasi.
Kompozit xossalarini modellashtiruvchi dasturlardan biri 
ELCUT dasturiy paket bo‘lib, uning yordamida kompozit mate-
riallarning fizik xossalarini o‘rganish mumkin. 
Dasturning ―arxitektura‖ tuzilishi sxemasi quyida berilgan: 


252 
Ushbu dastur doirasida oddiy kompozitsion model ko‘rib 
chiqildi. Model komponentlari ya‘ni matritsa sifatida polietilen, 
armirlovchi esa ferromagnit po‘lat parda olingan (6.3-rasm). 
Qaralayotgan materialning ba‘zi fizikaviy xarakteristikalarini 
ko‘ndalang va bo‘ylama tekisliklarda aniqlangan. Bunda 
materialning tuzilmasi uning xossalariga qanday ta‘sir ko‘rsatishi 
ko‘rib chiqilgan. Berilgan model uchun: elektr qarshilik, magnit 
singdiruvchanlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, mexanik deformatsiya 
xossalari o‘rganilgan.
Kompozitsion parda modeli 
6.3-rasm. Geometrik parametrlari: Kompozitsion parda qalinligi: h=0,5 mm ; 
Po’lat parda qalinligi: b=0,1 mm.
 
6.2. Pardaning elektr qarshiligini aniqlash 
 
Pardaning elektr qarshiligini aniqlash dastlab o‘zgarmas 
elektr toklar masalalarini yechishdan boshlandi. Ushbu masala 
doirasida materialning solishtirma elektr qarshiligi bo‘ylama va 
ko‘ndalang tekisliklarda aniqlanadi. Bu qanday amalga 
oshiriladi?


253 
Bu savolga javob berish uchun, amaliyotda qanday amalga 
oshirilgan bo‘lar edi? –degan savolga javob berish kerak. 
Kompozitsion pardaga potentsiallar farqi berilib, u orqali 
o‘tayotgan tok qiymatini o‘lchanadi. Shunday qilib, tokni va 
potentsiallar farqini bilgan holda, zanjirning bir qismi uchun Om 
qonunidan foydalanib, kompozitsion parda elektr qarshiligini 
aniqlashimiz mumkin (6.4-rasm). O‘xshash tarzda ELCUT 
dasturida bajariladi. 
Ushbu masala ELCUT dasturida quyidagi ketma-ketlikda 
amalga oshiriladi:
1. Yangi masala tuziladi, bu masalaga nom beriladi va qayerda 
saqlanishi haqida yo‘l ko‘rsatiladi. Masala turi sifatida 
doimiy toklarning elektr maydoni tanlanadi. Model chuqurligi 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling